Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 21
qolardilar». Ya’ni, olimlar insonlarni ilm o‘rgatish yo‘li bilan hayvonlik darajasidan insonlik martabasiga ko‘taradi. Ikrima: «Bu ilmning qiymati – bahosi bor», dedilar. «Uning bahosi nima?» deb so‘rashganda, «Uning haqqini ado etadigan, zoe’ ketkazmaydigan kishiga o‘rgatishingdir», deb javob berdilar. Yahyo ibn Muoz: «Olimlar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ummatlariga otaonalaridan ham mehribondirlar», dedilar. «Nima uchun?» deb so‘rashdi. «Ota-onalar farzandlarini dunyo otashidan himoya qiladi, olimlar esa, ularni oxirat olovi – do‘zaxdan muhofaza etadi», deb javob berdilar. Aytiladiki, ilmning avvali sukut qilish, keyin tinglash, keyin uni yod olish, keyin unga amal qilish, keyin esa, uni tarqatish – boshqalarga ham o‘rgatishdir. Ulug‘ zotlardan biri aytadi: «Bilmaydiganga bilganinni o‘rgat, bilmaydiganingni biladigandan o‘rgan, shunday qilsang, bilmaganingni bilib olasan, bilganingni muhofaza qilasan». Muoz ibn Jabal ilm o‘rganish va o‘rgatish haqida aytadilar: «Ilm o‘rganinglar, zero, uni o‘rganish – Allohdan qo‘rqish, uni talab qilish – ibodat, muzokarasi – tasbih, uni izlash – jihod, bilmaganga o‘rgatish – sadaqa, uni o‘z ahliga bildirish – Allohga qurbatdir. Ilm tanholikda hamroh, xilvatda do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dalil, xursandligu xafalik paytida ko‘makchi, do‘stlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin do‘st va jannat yo‘lining minorasidir. Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qo‘yadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e’tiborli bo‘ladi. Har bir quruq va ho‘l narsalar, hattoki dengizdagi baliqlaru hasharotlar, yovvoyi va barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istig‘for aytadi».58 Zero, ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi ro‘za tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir. Allohga toat-ibodat, tavhidni anglash, Allohni ulug‘lash va taqvo qilish ilm bilan bo‘ladi. Ilm bilan qarindoshlik aloqalari bog‘lanadi, harom bilan halol ajratiladi. Ilm peshvo-imomdir, amal unga ergashadi. Ilmdan bahramand insonlar baxtli, mahrumlar esa, baxtsizdir. Allohdan husni tavfiq so‘raymiz. 58. Abu Shayx ibn Hibbon rivoyati. Ibn Abdulbar bu hadisni isnodi kuchli emas degan. Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling