Ihyou ulumid-din
oxiratda ham yaxshilik ato et»
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
oxiratda ham yaxshilik ato et» (Baqara surasi, 201), oyatini shunday tafsir qiladilar:
«Dunyodagi yaxshilik ilm va ibodat, oxiratdagisi esa, jannatdir». Bir donishmanddan: «Qaysi narsalarni jamlasam, yaxshi bo‘ladi?» deb so‘rashganida, «Kema halokatga uchraganda o‘zing bilan qoladigan narsani jamla», deb javob berdi. Bu bilan ilmni nazarda tutdi. Olimlardan biri aytadi: «Kim ilm va hikmatni qo‘liga yugan qilib ushlasa, odamlar uni o‘ziga imom qilib oladi. Kim ilmu hikmat bilan tanilsa, boshqalar unga hurmat bilan qaraydi». Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Ilmdan nasibador kishilar ozgina olgan ilmiga xursand bo‘lib, birgina narsani unutganda xafa bo‘lishi ilmning sharafiga yetarli dalildir». Umar (r.a.) aytadilar: «Ey insonlar, ilm o‘rganinglar, Alloh taoloning huzurida Uning o‘zi sevgan bir libos bo‘lib, ilmning bir bobini o‘rgangan kishiga u libosni kiygizadi. Agar olim Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 15 bir gunoh qilsa, libos undan olinmasligi uchun, unga uch marta tanbeh beradi. Garchi, bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay, tanbeh berilaveradi)». Ahnaf ibn Qays (r.a.) aytadilar: «Olimlar ehtiromga loyiq buyuk insonlardir. Ilm bilan mustahkamlanmagan har qanday ulug‘likning oqibati xorlikdir». Salim ibn Abul Ja’d aytadilar: «Meni bir ulug‘ zot uch yuz dirhamga sotib olib, qullikdan ozod etdi. Shundan so‘ng men ilm o‘rganishga qaror qildim. Hech qancha vaqt o‘tmasdan, shahar amiri ziyoratimga keldi, men unga huzurimga kirishiga ruxsat bermadim». Zubayr ibn Abu Bakr aytadilar: «Otam Iroqdan menga yozgan bir maktubida shunday deb nasihat qilgan edi: «Ilm o‘rgan, zero, faqir chog‘ingda u mol, boy vaqtingda jamol – ziynatdir». Luqmon (a.s.) o‘g‘liga bunday nasihat qilganlar: «Ey o‘g‘lim, sen olimlar bilan o‘tir. Ularning orasiga kir, chunki Alloh taolo yerni osmon suvi bilan tiriltirgani kabi, qalblarni hikmat nuri bilan tiriltiradi». Hukamolardan biri aytadi: «Agar olim kishi vafot etsa, uning vafotiga suvdagi baliqlar, osmondagi qushlar yig‘laydi. Uning jismi yo‘q bo‘lsa-da, chiroyli zikri nomi unutilmaydi». Zuhriy aytadilar: «Ilm mardlikdir. Uni faqat mard erkaklar sevadi». Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling