Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 25
Mufassir va muhaddislar esa, barcha ilmlarning asosi bo‘lgan Qur’on va sunnat ilmini farzi ayn sanashadi. Mutasavviflar, farzi ayn tasavvuf ilmi, deb da’vo qilishadi. Ular bu masalada bir necha qismga bo‘linadilar. Ba’zilari banda Alloh azza va jalla huzurida turishni bilishi farzi ayn, desa, ayrimlari, ixlos va nafs ofatlarini bilish, insondagi malakiy va shaytoniy nasibani ajrata olish ilmi, deydi. Ba’zi tasavvuf olimlari, u botin ilmi bo‘lib, layoqati bor kishilarga xosdir, deyishadi. Ular farzi ayn lafzini umumiylikdan chiqarib, xos ma’noga burganlar. Abu Tolib Makkiy aytadilar: «Farzi ayn bo‘lgan ilm Islom asoslarini qamrab olgan hadisni bilishdir. U quyidagi hadis: «Islom dini besh narsa ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh» kalimasini aytish...».59 Zero, bu besh vojib narsa bilingach, ularni bajarish kayfiyati va vojib bo‘lish jihatini o‘rganish ham vojib bo‘ladi». Bu borada shubha qilinmaydigan qat’iy xulosani quyida zikr qilamiz: Ilm, muomala va mukoshafa ilmlariga bo‘linadi. Farz bo‘lgan ilmdan maqsad muomala ilmidir. Aqlli, balog‘atga yetgan bandaga yuklatilgan muomala ilmi uch qismdan iborat: e’tiqod, fe’l (bajarish), tark qilish. Agar bir bola ehtilom bo‘lish yoki belgilangan yoshga to‘lish bilan balog‘atga yetsa, unga birinchi farz bo‘ladigan narsa shahodat kalimasi «La ilaha illalloh Muhammadur rasululloh»ning ma’nosini o‘rganishdir. Uni bahs, tadqiqot va qiyos bilan o‘rganib bilishi shart emas. Balki, ikkilanmasdan, hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmaydigan tarzda qat’iyat bilan e’tiqod qilsa kifoyadir. Bu shakldagi e’tiqod gohida taqlid yoki eshitish yo‘li bilan ham hosil bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) arab johillarining tasdiq va iqrorini kifoya bilganlar.60 59. Muttafaqun alayh 60. Bu haqda siyrat va hadis kitoblarida mashhur rivoyatlar keltiralgan. Sahihi Muslim «Masalan»dagi, Zamom ibn Sa’labaning musulmon bo‘lish qissasi. Balog‘atga yetgan kishi shu vazifani bajarsa, o‘sha vaqtda unga farzi ayn bo‘lgan amalni bajargan sanaladi. Bu vaqtda unga bundan boshqa biron amal vojib emas. U o‘sha paytda vafot qilsa, Alloh taolo amriga itoat etgan, osiylik qilmagan holda vafot topgan bo‘ladi. Shahodat kalimasidan boshqa narsalar ham farz bo‘lishi uchun lozim sabablar vujudga kelishi zarur. Ammo har bir shaxsda bu sabablar ko‘rinishi shart emas, gohida inson ulardan xoli bo‘lishi ham mumkin. Sabablar gohida fe’lda (amalda), gohida tark qilinishi kerak bo‘lgan amalda, ba’zida esa, e’tiqodda bo‘ladi. Fe’lga taalluqli bo‘lgan sabablar quyidagilardir: Ertalab balog‘atga yetgan bola peshin vaqti kirgunicha yashasa, unga tahorat, namoz ilmini, (garchi oldin bilgan bo‘lsada), qayta o‘rganish farz bo‘ladi. Agar sog‘lom kishi peshin vaqti kirganida ham tahorat va namoz ilmini o‘rganishga, ham peshin namozini o‘qishga ulgurmaydigan bo‘lsa, vaqt kirmasdan oldin tahorat va namoz ilmini o‘rganish vojib bo‘ladi, deyish mumkin. Amal qilish vojib bo‘lganidan so‘ng uning ilmini o‘rganish ham vojib bo‘ladi, deyish ham Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling