Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 41
bilib olay», dedilar. Tiyish va idora qilish qiyin bo‘lgan tilga nisbatan u kishining ehtiyot bo‘lishlariga boq. Ko‘rinib turibdiki, u zot faqatgina fazilatga yetishish va savob uchun gapirganlar yoki sukut qilganlar. Ahmad ibn Yahyo ibn Vazir aytadilar: «Bir kuni Imom Shofe’iy chiroq bozoriga chiqdilar, biz ham u kishi bilan birga chiqdik. Bir payt (bozorda) kimdir bir ilmli kishini so‘ka boshladi. Imom Shofe’iy (r.a.) shunda bizlarga burilib: «Tillaringizni fahsh so‘zlashdan saqlaganingiz kabi, quloqlaringizni ham fahshni eshitishdan saqlanglar. Zero, fahshni eshitib turuvchi odam (gunohda) so‘zlovchi bilan sherikdir», dedilar». Binobarin, aqlsiz kishi o‘zining idishidagi (ya’ni, qalbidagi) eng jirkanch narsani sizlarning idishingizga ham ag‘darishga harakat qiladi. Agar aqlsizning so‘zi rad etilsa, yomon so‘zni so‘zlovchi badbaxt bo‘lgani kabi, uni rad etuvchi baxtiyor bo‘ladi. Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Bir donishmand boshqa donishmandga maktub yozib, shunday debdi: «Senga ilm berildi. Endi sen ilmingni gunohlar zulmati bilan kir qilma. Agar kir qilsang, ahli ilm o‘z ilmlari nuri bilan sayr qiladigan kunda sen zulmatda qolib ketasan». Imom Shofe’iyning zohidliklariga to‘xtalsak, o‘zlari bu haqda aytadilar: «Kim dunyo muhabbati bilan Xoliqning muhabbatini bir qalbda jamladim, desa, yolg‘on so‘zlabdi». Hamidiy aytadilar: «Shofe’iy (r.a.) ba’zi valiylar bilan birga Yamanga bordilar. So‘ng u yerdan Makkaga qaytdilar. U kishiga shahardan tashqariroqda chodir qurib berildi. Odamlar ziyoratga kela boshlashdi. U zotning yonlarida o‘n ming dirham bor edi, shu pulning hammasini ziyoratchilarga ulashib tugatmagunlaricha u yerdan ketmadilar. Bir kuni hammomdan chiqar ekanlar, hammomchiga ko‘pgina mol berdilar. Bir safar qo‘llaridan qamchilari tushib ketgan edi, bir odam qamchilarini olib berdi, u zot olib bergan kishiga ellik dinor berdilar». Imom Shofe’iyning saxovatlari hikoya qilayotganimdan ko‘ra mashhurdir. Zotan, zuhdning boshi saxovatdir. Kim nimani yaxshi ko‘rsa, uni mahkam ushlaydi. Molk-mulk faqat ko‘ziga dunyo arzimas bo‘lib ko‘ringan odamgagina qiymatsizdir, uni qiyinchiliksiz tarqatib yubora oladi. Bu ish aynan zuhddir. U zotning saxovatpeshaliklari zuhdlarining kuchiga, Alloh taolodan qo‘rqinchlarining qattiqligiga dalolat qiladi. Oxirat dardi bilan mashg‘ul ekanliklariga esa, quyidagi voqea misol bo‘ladi. Sufyon ibn Uyayna «Raqoiq»dagi bir hodisani rivoyat qilganlarida, Imom Shofe’iy hushlaridan ketdilar. Shunda odamlar Sufyonga: «Shofe’iy o‘lib qoldi», deyishdi. Sufyon (r.a.): «Agar u o‘lgan bo‘lsa, zamonasining eng afzal kishisi o‘libdi», dedilar. Abdulloh ibn Muhammad Baloviy rivoyat qilib aytadi: «Umar ibn Nabota bilan birga zohid va obid zotlarni zikr qilib o‘tirgan edik, Umar menga: «Men Muhammad ibn Idris Shofe’iydan ko‘ra taqvoliroq va faqihroq kishini ko‘rmadim», deb shuni so‘zlab berdi: «Men Horis ibn Labid bilan Safo tog‘iga chiqdim. Horis Solih Marriy degan zotning shogirdi bo‘lib, xush ovoz edi. U Qur’oni karimni o‘qiy boshladi: Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling