Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 58
92. Mavzu’ hadis. Ushbu hadislarni usti yaltiroqlar nafslarini poklashga hujjat qilib olishdi va o‘zlarining xurofotlariga tazkir nomini berib, haqiqiy mahmud bo‘lgan zikr yo‘lidan g‘aflatda qolishdi. Natijada turli ixtilofli, nuqsonli va uzundan-uzun qissalar bilan ovora bo‘lishdi. Qur’oni karimda kelgan qissalar chegarasidan chiqildi, ularga qo‘shimchalar qo‘shildi. Ularning orasida manfaat beradiganlari, rost bo‘lsa ham, zarar keltiradiganlari bor. Kim nafsi uchun ushbu qissalar eshigini ochsa, rost bilan yolg‘onni, foyda bilan zararni aralashtirib yuboradi. Shuning uchun ham qissa aytishdan qaytarilgan. Shuning uchun ham Ahmad ibn Hanbal (r.a.): «Odamlar rostgo‘y qissaxonga juda muhtoj», deganlar. Agar qissa payg‘ambarlar qissalaridan bo‘lib, ularning din ishlariga aloqador va qissaxon rostgo‘y, rivoyati sahih bo‘lsa, unda zarar yo‘q deb bilaman. Qissaxon yolg‘on to‘qishdan, yengil-elpi va xato holatlar haqidagi hikoyalarni aytishdan saqlansin. Chunki olim shu qissa sababli xatolarda o‘zini oqlaydi, uzr tayyorlaydi va bu qissa falonchifalonchi mashoyixlardan hikoya qilingan, barchamiz gunohkormiz, hechqisi yo‘q, agar men Allohga gunoh qilgan bo‘lsam, buyuklar ham gunoh qilgan, deb gunohdan tap tortmaydi. O‘zi bilmagan holda Allohga gunohkor bo‘lishga jur’at qiladi. Demak, ushbu hazar qilinadigan holatlardan uzoq bo‘linsa, qissa aytishining zarar yo‘qdir. Ana shunda Qur’oni karimda kelgan qissalar va sahih kitoblarda rivoyat qilingan xabarlarga qaytiladi. Ammo ba’zi odamlar toat-ibodatga targ‘ib qiluvchi hikoyalar to‘qishga ijozat so‘rashadi va bu bilan xalqni haqqa da’vat etishni da’vo qilishadi. Aslida bu ish shayton vasvasasidandir. Zero, rost so‘zdagina yolg‘ondan saqlanish imkoni bor. Alloh taolo va Uning Rasuli zikr etgan narsalarni va’z qilishda yolg‘on to‘qishga hojat yo‘q. Har qanaqasi bo‘lmasin, so‘zda qofiya keltirishga urinish makruh bo‘lib, soxtakorlik sanaladi. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) Ibn Umar saj’ – qofiya qilayotganini eshitib, unga: «Bu aytayotganing menga seni yomon ko‘rsatyapti. Tavba qilmaguningcha, ishingni hal etib bermayman. (Ibn Umar u kishining huzurlariga bir ish yuzasidan kelgan edilar.) Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abdulloh ibn Ravohaga: «Ey Ibn Ravoha, saj’ qilishdan saqlan», deganlar»,93 dedilar. 93. Bir oz bundan boshqacharoq rivoyatni Imom Ahmad, Abu Ya’lo, Ibn Sunniy, Abu Nu’aym va Buxoriylar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. Qaytarilgan yasama saj’ ikki kalimadan ziyod qofiyali so‘zdir. Bir odam go‘dakning xuni haqida: «Ichmagan, yemagan, ovoz chiqarmagan, tug‘ilganida yig‘lamagan go‘dakka qanday qilib xun to‘laymiz», deb gapini uzaytirganida, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «A’robiylarning saj’i kabi saj’mi?» deganlar.94 She’rni mav’izalarda ko‘p aytish ham mazmumdir. Alloh taolo: Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling