Ii- bob. Mashinasozlikda aniqlik reja 1 Aniqlik ahamiyati


Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar


Download 80.75 Kb.
bet3/4
Sana12.10.2023
Hajmi80.75 Kb.
#1700943
1   2   3   4
Bog'liq
2-maruza PSMT

Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar


Ishlov berish natijasida olingan detal aniqligi ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi va quyidagilar bilan aniqlanadi:
-detal yoki ayrim elementlarni geometrik shakldan og’ishi;
-haqiqiy o’lchamlarni nominalidan og’ishi;
-detal yuza va o’qlarini o’zaro aniq joylashuvidan og’ishi (masalan, paralellik, perpendikulyarlikdan og’ishlar).
Ishlov berishni mehnat hajmi va tannarxi bevosita talab etilayotgan aniqlikka bog’liq bo’ladi va o’zgarmas boshqa sharoitlarda, aniqlikni oshishiga mos holatda tannarxi ham kattalashadi (2.2-rasm).
2.2-rasm. Detall joizligi va tannarxni orasidagi bog’liqlik
Ishlab chiqarish sharoitlarida ishlov berish aniqligi ko’plab omillarga bog’liqligi sababli, dastgohlarda ishlov berishni erishiladigan emas, balki iqtisodiy aniqlik bilan olib boriladi.
Mexanik ishlov berishdagi iqtisodiy aniqlik me’yorli ishlab chiqarish sharoitlarida, kerakli moslamalar va asboblarni dastgohlarda ishlatish, vaqtni me’yorli ketkazish, yetarlicha malakadagi ishchilardan foydalanish orqali minimal tannarxda ishlov berish natijasida amalga oshiriladi.
Erishiladigan aniqlikka ishlov berish tannarxini hisobga olmasdan, ko’p xarajat, yuqori malakali ishchilardan foydalanish, ko’p vaqt sarflash orqali erishiladi.
Metallqirquvchi dastgohlarda ishlov berish aniqligiga quyidagi asosiy omillar ta’sir ko’rsatadi.

    1. Dastgohlarni geometrik noaniqligi. Ular dastgohni asosiy detallari, qismlarini noto’g’ri tayyorlash va yig’ish, detallarni ishqalanuvchan yuzalarni yeyilishi, o’qlarni o’zaro perpendikulyarligi va paralelligini buzilishi, yo’naltiruvchilar, yurish vintlari va boshqalarni noaniqligi yoki nosozligi oqibatida kelib chiqadi.

    2. Kesuvchi asbobni tayyorlash darajasi va uni ish jarayonida yeyilishi.

    3. O’lchamga asbobni o’rnatish va dastgohni sozlash noaniqligi.

    4. Ishlov berilayotgan tayyorlamani moslamaga o’rnatishdagi xatolik.

    5. Ishlov berish jarayonidagi kesuvchi kuch ta’sirida dastgoh-moslama-asbob- detal (DMAD) texnologik tizimini yetarlicha bikr bo’lmasligi sababli dastgoh detallari, moslama, asbob va detalni qayishqoqli deformatsiyalanishi.

    6. Ishlov berish jarayonidagi ishlov berilayotgan detal, dastgoh detallari va kesuvchi asbobni issiqlik deformasiyalanishi. Detal materlalini ichki kuchlanishlari ta’sirida paydo bo’ladigan deformatsiyalar.

    7. O’lchov asbobini noaniqligi, undan foydalanish, temperatura va hokazolar ta’sirida o’lchamdagi xatoliklar.

    8. Ish bajaruvchini xatoliklari.

Download 80.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling