Ii- bob. Mashinasozlikda aniqlik reja 1 Aniqlik ahamiyati
Download 80.75 Kb.
|
2-maruza PSMT
II- BOB. MASHINASOZLIKDA ANIQLIKReja2.1 Aniqlik ahamiyati2.2 Mashinasozlikda aniqlikka erishish usullari2.3 Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar2.4 Texnologik tizimni kesish kuchi ta’sirida qayishqoqli deformatsiyalanishidan paydo bo‘ladigan xatoliklarAniqlik ahamiyati Mashinasozlikni ko’pchilik mahsulotlarini aniqligi ularni sifatini muhim belgisi hisoblanadi. Zamonaviy yuqori quvvatli va yuqori tezlikka ega paxta sanoati texnologik mashinalarini tayyorlashdagi yetarli aniqlik ta’minlanmasa ishlay olmaydilar, chunki aniqlikni kamligi mashinalarni bir tekis ishlashiga xalaqit beruvchi va ularni buzilishiga olib keladigan qo’shimcha dinamik yuklamalar va titrashlarni paydo bo’lishiga olib keladi. Detallarni tayyorlash va qismlarni yig’ish aniqligini oshirish mashinalar va mexanizmlarni ishlash muddatlarini va ekspluatatsiya qilishdagi ishonchli oshiradi, shuning uchun mashinalar va detallar tayyorlashda aniqlikka bo’lgan talab uzluksiz oshib bormoqda. Agar yaqin vaqtgacha tarmoq mashinasozligida millimetrni bir necha yuzli ulushlardagi joizlik doirasida tayyorlangan detallar aniq hisoblansa, hozirgi vaqtda esa ba’zi aniq buyumlar uchun jozligi bir necha mikrometr yoki hatto mikrometrni o’nli ulushiga teng bo’lgan detallar talab etilmoqda. Sharikopodshipnik detallarini aniqligi oshganda va uni tirqishi 20 mkm dan 10 mkm gacha kamayganda ishlash muddati 740 dan 1200 soatgacha oshadi. Aniqlikni oshishi buyumlar ishlab chiqarish jarayoni uchun ham muhim ahamiyatga ega. Tayyorlamalarni aniqligini ortishi mexanik ishlov berishdagi mehnat sarfini kamaytiradi, detallarga ishlov berishdagi quyimlar o’lchamlarni kamaytiradi va metalni iqtisod etishga olib keladi. Mexanik ishlov berish aniqligini oshirish yig’ishda qo’shimcha sozlash ishlarini yo’qotadi, detal va qismlarni o’zaroalmashuvchanlik tamoyilini amalga oshirish imkonini beradi. Mashinasozlikda aniqlik muammosini hal etish uchun texnolog quyidagilarni ta’minlashi kerak: konstruktor talab etayotgan detallarni tayyorlash va mashinani yig’ish aniqligini; bir vaqtda tayyorlashdagi yuqori unumdorlik va tejamkorlikka erishish orqali amaldagi ishlov berish aniqligini o’lchash va nazorat etish uchun kerakli vositalarni; texnologik operatsiyalararo o’lchamlar joizliklarini va boshlang’ich tayyorlamalar o’lchamlarini o’rnatish va ularni texnologik jarayon bo’yicha bajarilishini. Bundan tashqari, o’rnatilgan texnologik jarayonlarni amaldagi aniqligini tadbiq etish, ishlov berish va yig’ishda xatoliklarni paydo bo’lish sabablarini tahlil etishi kerak. Detalni aniqligi deyilganda, chizma talablari yoki namunasiga o’lchamlari, geometrik shakli, ishlov beriladigan yuzalarni o’zaro joylashuvini to’g’riligi va ularni g’adir-budurlik ko’rsatkichlari bo’yicha mos kelish darajasi tushuniladi. Download 80.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling