Ii – bob. O‘zbekiston o‘simliklarini muhofaza qilish
O‘simliklarni iqlimlashtirish va madaniylashtirish
Download 280.71 Kb.
|
O\'zbekistonning o\'simliklari
O‘simliklarni iqlimlashtirish va madaniylashtirish. О‘zbekistonda о‘zga о‘lkalar florasiga mansub bо‘lgan dorivor о‘simliklarni mahalliy sharoitga introduksiya qilish va kо‘paytirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish bir asrdan ziyod tarixga ega.
О‘simliklar introduksiyasi sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarning natijasi hozirgi kunda, dorivor о‘simliklarning introduksiyasi va iqlimlashtirilishi ilmiy yо‘nalishidagi muhim muammolarni hal etishda poydevor bо‘lib xizmat qildi. Dastlab, О‘rta Osiyo Davlat universitetining (hozirgi О‘zbekiston Milliy Universiteti) Botanika bog‘i olimlari tomonidan mahalliy va chet el florasiga mansub dorivor о‘simliklar introduksiya sharoitida о‘stirilib, mazkur dorivor о‘simliklarning pitomnigi yaratilganligi ahamiyatga molik ish bо‘ldi. Dorivor va efir-moyli о‘simliklarning 24 turi geografik jihatdan ekib sinashdan о‘tkazildi. Bu ilmiy tadqiqot ishlari S.N.Kudryashov tomonidan О‘rta Osiyo Davlat universitetining Botanika bog‘ida, Toshkent atrofida, Bо‘zbozorda, Janubiy-G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ oldi adirliklarida, Xо‘jandda va Chimyon tog‘liklarida 1930-1934 yillar mobaynida olib borildi. Ekiladigan urug‘lar va kо‘chatlar Nikitin Botanika bog‘idan (Yalta) va Butunittifoq dorivor о‘simliklar ilmgohi (Moskva, VILAR) dan olindi. Bu ilmiy jarayonda dorivor о‘simliklarning turli geografik sharoitlarda о‘sishi, rivojlanishi, biologiyasi va biologik faol moddalarning о‘rganilishi xususida dolzarb kuzatishlar bajarildi. Keyinchalik, О‘zbekistonda dorivor о‘simliklarning introduksiyasi va ularning iqlimlashtirilishi bо‘yicha kompleks ravishda ilmiy tadqiqotlar О‘zR FA “Botanika” IICHM (hozirgi О‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti) akad.F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘ida amalga oshirildi. A.A.Abdurahmonov va S.P.Valixо‘jayeva (1980) lar Sharqiy Osiyo floristik oblastiga mansub bо‘lgan 25 tur о‘simlikning introduksiyasini о‘rgandilar. Bulardan kо‘plari xalq tabobatida dorivorligi bilan qadimdan foydalanilgan. I.V.Belolipov tomonidan 1965-1986 yillarda kо‘pgina о‘simliklar, asosan Rhus L. turkumi, Chenopodiaceae Vent., Lamiaceae L. (oilaning О‘rta Osiyo florasida uchraydigan 12 ta yovvoyi turi) oilasiga mansub bо‘lgan о‘simliklarning Toshkent sharoitiga introduksiyasi о‘rganilib, ularning eko-introduksion о‘rganish usullarining nazariy asoslari ishlandi. Bu tadqiqotlardan sо‘ng 500 dan ortiq dorivor о‘simliklar turlaridan iborat kolleksiya Toshkent sharoitida tashkil qilindi va ularning ayrimlarini madaniy holda о‘stirishni agrotexnologik parametrlari ishlab chiqildi. Jumladan, Y.M.Murdaxayev tomonidan 1965-1990 yillarda Nymphalaceae Dc., Nelumbonaceae Salisb. oilasiga mansub Trapa L., Menthaea L. turkumiga va Brasenia schreberi J.F.Gmel., Sophora japonica L., Orthosiphon stamineus Benth., Solanum laciniatum Ait., Rhaponticum carthamoides (Willd.) Iljin., Mandragora turcomanica Mizgir., Aerva lanata (L.) Juss. va boshqa о‘simliklar introduksiya qilindi, Sharqiy Osiyo florasiga mansub bо‘lgan dorivor о‘simliklarning mavsumiy rivojlanishi turli sharoitlarda (soyada, yarim soyada va quyoshda) о‘rganildi va 35 turdan ortiq dorivor о‘simliklar maxsus xо‘jaliklarda sinashdan о‘tkazildi. Murdaxayev kо‘p yillik izlanishlari va olib borgan tadqiqotlari natijasida kо‘plab ilmiy asarlar yaratdi. Masalan, 1990 yilda “О‘zbekistonda vatan topgan о‘simliklar”, 1992 yilda “Introduksiya lekarstvennix rasteniy v Uzbekistan”, 2001 yilda “Vostochniy bazar: lekarstva i pryanosti” asarlari shular jumlasidandir. T.S.Safarov (1982-1988) о‘zining ilmiy ishlarida Janubiy-G‘arbiy Tyan-Shan о‘rta tog‘ qismlarida uchraydigan bir necha dorivor daraxt va buta о‘simliklarning introduksiyasi bilan shug‘ullanadi. N.A.Toshmatova va YE.YE.Girshevichlar (1975-1986) – Hyssopus L., Lavandula L. introduksiyasi va T.T.Tursunovlar (1987-1989) – esa Sophora korolkovii Koehne. turlarining introduksiya sharoitida о‘sishi va rivojlanishidagi о‘zgarish jarayonlarini ilmiy jihatdan qayd etdilar. K.X.Xо‘jayev О‘zR FA “Botanika” IICHM (hozirgi О‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti) akad.F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘ida Salvia officinalis va Salvia sclarea turlarini о‘rganadi. Samir Sayed El-Ganayni 1995 yilda Toshkent sharoitida ortosifon (Buyrak choyi-Orthosiphon stamineus) ning biologiyasini о‘rganadi. Shuningdek B.YO.Tо‘xtayev (1991-2006) tomonidan 111 tur dorivor о‘simliklar о‘rtacha (Buxoro vohasi) va kuchli (Mirzachо‘l) shо‘rlangan tuproqlarida introduksiya qilindi. Introduksiya qilingan dorivor о‘simliklarning 68 turida urug‘ unuvchanligi va kо‘kat kо‘karuvchanligi kuzatilib, ularning 47 turi shо‘rlangan tuproqlarda chidamli dorivor introdusent о‘simliklar sifatida tanlandi. B.X. Boysunov (1999-2002) о‘z ilmiy tadqiqotlarida Janubiy О‘zbekistonga introduksiyalashtirilgan Melia L. turkumi vakillarining bioekologik xususiyatlarini о‘rganish bilan shug‘ullanadi. E.E.Abdunazarov Toshkent vohasi sharoitida dorivor valeriana - Valeriana officinalis L. ning introduksiyasi, ontogenezi, gullash biologiyasi, suv rejimi, fitokimyoviy tarkibi va ko'paytirish usullarini o'rganish bo'yicha ilmiy tajribalar olib bordi va 2010 yilda ilmiy tadqiqotlarini himoya qildi. F.M.Dusmuratova dorivor belladonna - Atropa belladonna L. ning bioekologik xususiyatlarini о‘rganish ustida О‘zR FA “Botanika” IICHM (hozirgi О‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti) akad.F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘i sharoitida 2004-2007 yillarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. A.M.Begmatov Surxondaryo viloyati sharoitida introduksiya qilinayotgan Stevia rebaudiana bertoni ning bioekologik xususiyatlari о‘rganish borasida ilmiy tadqiqotlar olib bordi va natijalarini 2012 yil muvaffaqiyatli himoya qildi. 2.3.O’ZBEKISTONDA YUKSAK O’SIMLIKLARNING XILMA-XILLIGI Oʻsimliklar dunyosi: Oʻzbekiston oʻsimliklar dunyosi xilma-xil boʻlib, xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti (Botanika ilmiy-i. ch markazi)da olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, oʻlkada 166 oilaga mansub 4500 ga yaqin yuksak oʻsimlik turlari borligi maʼlum boʻldi. Bularning aksariyat qismini qoqioʻtdoshlar (260 ga yaqin tur) karamdoshlar, yalpizdoshlar, shoʻradoshlar, loladoshlar, chinniguldoshlar, yoronguldoshlar, govzabondoshlar, raʼnodoshlar kabi yirik oilalarning vakillari tashkil etadi. Oʻzbekiston florasi paydo boʻlishi, tarqalishi, tur, turkum va oilalarining ummumiy oʻxshashligi jihatidan Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar, xususan, Eron, Afgʻoniston oʻsimliklar dunyosiga juda yaqin turadi. Oʻzbekiston florasi uzoq tarixga ega. Paleobotanik tadqiqotlar respublika xududida quruqlikdagi yuksak oʻsimliklarning (ksilofitlardan tortib) barcha evolyutsion davrlarga oid oʻsimlik qoldiqlari borligini koʻrsatdi. Hatto hozirgi Qizilqum choʻllaridan bir vaqtlar bu yerlarda oʻsgan xurmo, chinor, terak kabi daraxt va butalarning qoldiqlari topilgan. Oʻzbekistonda oʻsimliklar oʻsmaydigan joy yoʻq. Ularni tekislikdagi qumli choʻllardan tortib, qorli baland togʻlargacha boʻlgan turli relʼyef va tuproq sharoitida uchratish mumkin. Oʻzbekiston oʻsimliklarning tarqalishini yoritish uchun tavsiya etilgan 4 tik (vertikal) mintaqa (choʻl, adir, togʻ, yaylov) asos qilib olindi. Har bir mintaqa oʻziga xos relʼyef, iqlim, tuproq va oʻsimliklar dunyosiga ega. 1. O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni tiklash va saqlash — ekologik xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning barqaror rivojlanishi, shuningdek, iqlim o‘zgarishining yuz berayotgan jarayonlariga moslashishning ishonchli yo‘li. O‘zbekiston Respublikasi 1995-yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda BMT deb ataladi) Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyasining Tomoni hisoblanadi va o‘ziga quyidagi majburiyatlarni olgan: biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishning yoki mavjud rejalar va dasturlarga moslashtirishning milliy strategiyalari, rejalari va dasturlarini ishlab chiqish; biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish uchun uning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini belgilash; biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash maqsadida mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish; tanazzulga uchragan ekotizimlarni tiklash hamda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rish. Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Birinchi milliy strategiya va Harakatlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-apreldagi 139-son qarori bilan ma’qullangan edi. Mana shu tufayli biologik xilma-xillikni saqlash sohasidagi ko‘plab loyihalar Global ekologik jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda GEJ deb ataladi), Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (keyingi o‘rinlarda BMTTD deb ataladi), Yovvoyi tabiatni qo‘riqlash jahon jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu Strategiya doirasida atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bir qator milliy va mahalliy dasturlar va rejalarga biologik xilma-xillikni saqlash masalalari kiritildi va biologik xilma-xillikni saqlash sohasida qirqqa yaqin xalqaro loyihalar amalga oshirildi. Natijada yerlarning tanazzulga uchrashini sekinlashtirishga, cho‘llanish jarayonlarini qisqartirishga, tabiiy resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa salbiy oqibatlarini susaytirishga erishildi. Erishilgan natijalarga qaramay, tabiiy ekotizimlarga va yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar ko‘payishiga salbiy omillarning ta’siri davom etmoqda. Biologik xilma-xillik komponentlari samarali muhofaza qilinishini davom ettirish uchun tizimli yondashuvni qo‘llash talab qilinadi, ham hayvonlarning o‘zini, ham ular yashash joyini muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish zarur. 2. Ushbu 2019 — 2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Strategiya deb ataladi) ustuvor yo‘nalishlarni, maqsadlar va vazifalarni, rejalashtirishni, ularga samarali erishish usullarini, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolga biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish sohasida barqaror tizimni shakllantirish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi bosqichlarini belgilashga qaratilgan. 3. Strategiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” va “O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asoslanadi. Xulosa Prezidentning «iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Hujjat o‘zada e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2022 yil 1 iyundan boshlab o‘simlik yog‘i, shu jumladan paxta, kungaboqar yog‘i va urug‘i hamda boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari va mevalarini o‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish vaqtincha taqiqlandi. Ushbu mahsulotlarni eksport qilish uchun 2022 yil 1 iyunga qadar shartnomalar imzolanib, oldindan to‘lovlar amalga oshirilgan holatlar bo‘lsa, shuningdek, o‘zbekiston «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimida qayta ishlangan mahsulotlar bo‘lsa, ularning eksporti taqiqqa uchramaydi. Farmonga ko‘ra, kungaboqar urug‘lari hamda boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari va mevalarini qonunchilikda belgilangan holatlarda eksport qilish imkoni mavjud. O‘z navbatida, ushbu mahsulotlar eksporti vazirlar mahkamasi tomonidan ichki bozorda yetarli bo‘lgan taqdirda qayta tiklanishi mumkin. Shuningdek, farmon bilan 2023 yil 1 yanvarga qadar: Vazirlar mahkamasining 2021 yil 29 yanvardagi «mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tug‘risida»gi 41-son qarorida nazarda tutilgan davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi; O‘zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtincha to‘xtatiladi. Avvalroq xabar berganimizdek, tegishli ravishda 2023 yilgacha 22 ta turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etilmoqda. Shuningdek, oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo‘llash to‘xtatib turiladi. Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling. Avvalroq, go‘sht, o‘simlik yog‘i va kartoshkani olib kirish va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi muddati 2022 yil oxirigacha uzaytirilgandi. Shuningdek, mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar 2031 yilgacha ayrim soliqlarni 1 foizda to‘laydi. Qishloq xo’jaligi yetishtirilayotgan mahsulotlarning turlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ikkita yirik tarmoqqa: o’simlikchilik va chorvachilikka bo’linadi. O’simlikchilik qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lib, unda ko’p turdagi mahsulotlar yetishtiriladi. Yetishtirilayotgan mahsulotlarning turlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’simlikchilik tarmog’i o’z navbatida quyidagi kichik tarmoqlarga bo’linadi: donchilik (bug’doy, arpa, makkajo’xori, sholi va hokazo); texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki, qand lavlagi, moyli ekinlar va hokazo); kartoshkachilik; sabzavotchilik (piyoz, sabzi, bodring va hokazo); polizchilik (qovun, tarvuz va hokazo); mevachilik (olma, o’rik, shaftoli va hokazo); uzumchilik; chorva ozuqasi ekinlari yetishtiruvchi va boshqa tarmoqlardan iboratdir. O’simlikchilik tarmoqlarining mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashdagi o’rni beqiyosdir. Chunki, aholi tomonidan kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida o’simlikchilik tarmog’idan olinadigan mahsulotlar asosiy o’rinni egallaydi. Shu sababli o’simlikchilik aholining birlamchi ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlar yetishtirib beruvchi muhim tarmoq hisoblanadi. Bundan tashqari, o’simlikchilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlar sanoatning ko’pgina sohalari uchun xomashyo bo’lib hisoblanadi. To’qimachilik, yog’-moy, oziq-ovqat kabi yo’nalishlardagi sanoat korxonalarining faoliyati o’simlikchilik tarmoqlarining faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Shu bilan birga, o’simlikchilik tarmoqlari chorva mollari uchun ozuqa ham yetkazib beradi. Bizga ma’lumki, chorvachilikni rivojlantirish uning mustahkam ozuqa bazasi bilan ta’minlanishiga bog’liq. Shu jihatdan, chorvachilikning rivoji ham o’simlikchilik tarmog’iga bevosita bog’liqdir. Download 280.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling