Ii. Amaliy mashg‘ulot materiallari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1063635
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1мавзу Семинар

Evtanaziya muammolari 
Odamlarning yashash va tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi barcha 
ilg‘or mamlakatlarning qonunlari bilan kafolatlangan boshqa huquqlar orasida 
eng ustuvor va muhim huquqlar hisoblanadi. Shuning uchun ham jamiyatda 
ko‘pchilik vrach umidsiz xasta odamni barcha hollarda xalos etishi shart, bu 


95 
vrachning kasbiy burchi va tibbiyotning vazifasi, deb hisoblaydi. Ammo, saraton 
kasalligidan o‘layotgan, kasallik oxirgi bosqichga etgan bemorni nima qilib 
bo‘lmasin hayotga qaytarish yoki bosh miya po‘stlog‘i funksiyasi buzilishiga 
olib kelgan og‘ir davom etgan asfiksiya holatida tug‘ilgan chaqaloqni 
tiriltirishga intilish o‘rinlimi, degan savolga javob berishga hech kim harakat 
qilmaydi. Tabiiyki, bunday tiriltirish behuda ish. Xo‘sh, bunday hollarda vrach 
yordam berishning iloji bo‘lmagan bemorning azob-uqubatlarini mumkin qadar 
kamaytirish va ayni paytda Gippokrat qasamyodini buzmaslik uchun nima 
qilishi kerak? Evtanaziya o‘lim (hayotni to‘xtatish) muammosini tibbiy 
yo‘nalishda hal qilishning Yangi usuli sifatida hozirgi zamon sog‘liqni saqlash 
amaliyotiga ikki asosiy omilning ta’sirida kirib kelmoqda.
Birinchidan, tibbiyot taraqqiyoti, jumladan, bemor o‘limining oldini olish 
imkonini beradigan, ya’ni o‘lishni boshqarish rejimida ishlaydigan 
reanimatologiyaning rivojlanishi ta’sirida. Ikkinchidan, hozirgi sivilizatsiyada 
qadriyatlar va ma’naviy ustuvorliklarning o‘zgarishi, «inson huquqlari» g‘oyasi 
birinchi o‘ringa chiqishi natijasida. Tibbiyot xodimlarining kasbiy ongi va 
faoliyatining qadriyatlarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, ular, bir 
tomondan, hayot va mamot chegarasida boshi berk ko‘chalarga kirib 
qolmoqdalar, boshqa tomondan esa, umumiy sivilizatsion ijtimoiy jatumanlarda 
ishtirok etmoqdalar. Evtanaziya muammosi bugun va qo‘qqisdan yuzaga kelgani 
yo‘q. Uning ildizlari qadimiyatga borib taqaladi.
Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) engil og‘riqsiz o‘limni 
belgilash uchun «evtanaziya» (Yunoncha «euthanasia», «eu» – yaxshi, 
«thanatos» - o‘lim), ya’ni azob-uqubatlarsiz, yaxshi, oson va engil o‘lim 
atamasini muomalaga kiritdi. Sobiq SSSRda evtanaziya muammosi deyarli hech 
qachon keng jamoatchilik orasida izchil muhokama qilinmagan, ammo 
mutaxassislar orasida hamisha qizg‘in bahslarga sababchi bo‘lgan. 
Evtanaziyaga ruxsat berishni talab qiluvchilar harakati 1935 yili, 
AQSHda S.K. Millard «Evtanaziya jamiyati»ni tuzganidan keyin boshlandi. XX 
asrning boshida yurist Binding va psixiatr Goxe «noraso» hayotlarni yo‘q 
qilishni evtanaziya deb nomlashni taklif qildi. Oradan 30 yil o‘tganidan keyin 
vujudga kelgan fashistlar davlati ularning mazkur rejalarini amalga oshirdi. 
Fashizm mafkurasi «rahmdillikka asoslangan evtanaziya»dan juda tez 
«mafkuraviy maqsadlarga asoslangan evtanaziya»ga o‘tdi va «noraso xalqlar»ni 
omaviy tarzda qirg‘in qildi. Evtanaziyani bedavo dardga yo‘liqqan «oriy»lar 
uchun imtiyoz sifatida ma’qullashdan boshlab, 1939 yilning sentyabrida Gitler 
«yashashga nomunosib bo‘lgan barcha hayot shakllari»ni evtanaziya yordamida 
yo‘q qilish to‘g‘risidagi maxfiy farmonga imzo chekdi. «Nomunosiblik» 
masalasini har bir muayyan holatda vrachlar «uchligi» hal qilar edi. Natijada 2 
yil ichida, turli manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 100 000-275 000 
odam qirib tashlandi. 1941 yil 3 avgustda episkop Klemens fon Galen o‘z 
xutbasida natsistlarning evtanaziya dasturini «qip-qizil qotillik» deb ataganidan 
so‘ng dastur rasman yopib qo‘yildi. Nyurnberg xalqaro harbiy tribunali 
natsistlarning mazkur faoliyatini insoniyatga qarshi jinoyat deb tasnifladi. 


96 
Xullas, nemis natsional-sotsialistlari har qanday evtanaziya g‘oyasini ancha 
jiddiy obro‘sizlantirdilar. Shundan beri evtanaziya muxoliflari asosiy dalillardan 
biri sifatida suiste’mol qilish, Shu jumladan barcha muomalaga layoqatsiz 
odamlarni qirib tashlash imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadilar. Faol 
evtanaziyaning asosiy xavfini butun dunyo jamoatchiligi aynan mana Shunda 
ko‘radi.
XX asrning 60-yillarida evtanaziya muammosi jamoatchilik orasida butunlay 
boshqa nuqtai nazardan ko‘tarildi. 70-yillarda Delfte shahri (Niderlandiya)dagi 
katoliklar kasalxonasi onkologiya bo‘limining anesteziolog-vrachi P. Admiral 
«Evtanaziya davolash jatumanidagi so‘nggi amal bo‘lishi mumkin», deb aytdi. 
Uning taxminiga qaraganda: «Evtanaziyani insonning tabiiy huquqi deb e’tirof 
etish zaruratini bizdan keyingi avlod tuShunib etadi». U Niderlandiyada 
evtanaziyani qo‘llash holatlariga birinchi bo‘lib ochiq baho berdi va har yili 
evtanaziyani qo‘llash bilan bog‘liq 3000 tagacha holat (mamlakat aholisi – 15 
mln. kishi) sodir bo‘lishini ko‘rsatdi. «Evtanaziya» atamasi o‘ta ziddiyatliligi 
bilan ajralib turadi.
Atamaga berilgan ta’rifga qarab evtanaziya muammosiga yondashuv ham 
o‘zgaradi. Passiv va faol evtanaziya farqlanadi. Passiv evtanaziya (uni yana 
«Chetga olib qo‘yilgan shprits usuli» deb ham ataydilar) Shunday namoyon 
bo‘ladiki, hayotni uzaytirishga yo‘naltirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish 
to‘xtatiladi va bu tabiiy o‘limni tezlashtiradi – bu bizning mamlakatimizda ham 
ancha ko‘p uchraydi.
Evtanaziya haqida so‘z yuritilganida ko‘pincha faol evtanaziya nazarda tutiladi. 
Aktiv evtanaziya (uni yana «to‘ldirilgan shprits usuli» deb ham ataydilar) 
deganda o‘layotgan bemorga o‘limning tez va og‘riqsiz kelishiga sabab 
bo‘ladigan biron-bir dori yoki boshqa vositalarni kiritish yoki boshqa shunga 
o‘xshash harakatlar tushuniladi.
Faol evtanaziya quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: 
1) «Rahmdillikka asoslangan odam o‘ldirish» – vrach umidsiz xasta odam 
chekayotgan azob uqubatlarni ko‘rib, ularni bartaraf eta olmaganligidan
aytaylik, unga og‘riq qoldiruvchi preparatni me’yordan ortiq miqdorda kiritadi 
va natijada bemor vafot etadi. 
2) «Vrach yordamida o‘z joniga qasd qilish» – bunda vrach bedavo 
dardga yo‘liqqan bemorga o‘z joniga qasd qilishga ko‘maklashadi.
3) Shaxsiy faol evtanaziya – vrach yordamisiz ham sodir bo‘lishi mumkin. 
Bunda bemor uning tez va og‘riqsiz vafot etishiga olib keladigan uskunani o‘z 
qo‘li bilan ishga tushiradi, ya’ni o‘z joniga o‘zi qasd etadi.
Xullas, aktiv evtanaziya muammosining mohiyati vrachning bemorni 
unga rahmi kelganidan yoki o‘layotgan odamning yoki uning yaqinlarining 
iltimosiga ko‘ra hayotdan ayirishidan iborat. Bunday aktiv evtanaziya nafaqat 
bizning mamlakatimizda, balki boshqa davlatlarda ham qattiq qoralanadi. Chet 
elda vrachlar va yuristlarning aksariyati bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib 
bo‘lmaydigan, hatto «rahmdillik»dan yoki o‘lishi tayin bo‘lgan bemorning 
iltimosi bilan qilingan taqdirda ham jinoiy javobgarlikka loyiq qilmish deb 


97 
qaraydilar. Shunga qaramay, evtanaziyaga hatto yuridik huquqlar berilgan 
mamlakatlar ham bor. Xo‘sh, ular buni nima bilan izohlaganlar? Evtanaziyaga 
tibbiy va ma’naviy-axloqiy nuqtai nazardan ziddiyatli qarashlar mazkur 
hodisaga yuridik jihatdan ham har xil baho berilishiga sabab bo‘ldiki, bu bir 
qancha mamlakatlarning qonun hujjatlarida o‘z aksini topdi. Gollandiyada 
evtanaziya uchun, agar vrach bemorning roziligini olgan, boshqa vrachlar bilan 
maslahatlashgan, bemor bedavo kasalga chalinganligi va qattiq azob-uqubat 
chekayotganligini isbotlagan bo‘lmasa, 12 yilgacha muddatga qamoq jazosiga 
tortiladi.
Evtanaziyaning quyidagi turlari farqlanadi: Faol evtanaziya – bu, mohiyat 
e’tibori bilan, sof evtanaziya bo‘lib, unda bedavo dardga chalingan bemorning 
o‘limini engillashtirish uchun biron-bir dori yoki amal qo‘llaniladi. Passiv 
evtanaziya – bunda vrach bedavo dardga chalingan bemorning hayoti uchun 
kurashni to‘xtatadi, ammo uning o‘limini tezlatish uchun hech qanday chora 
ko‘rmaydi. To‘g‘ri evtanaziya – bunda vrach bemorning umrini qisqartirish 
maqsadini ko‘zlaydi. Egri evtanaziya – bemorning o‘lishi vrachning boshqa 
maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarining bilvosita (nojo‘ya) ta’siri sifatida 
tezlashadi.
Ixtiyoriy evtanaziya – bemorning o‘z iltimosiga ko‘ra uni hayotdan 
mahrum etish. Majburiy evtanaziya – bu haqda so‘rash yoki unga rozilik 
berishga layoqatli bo‘lgan, ammo bunday qilmagan bemorni o‘ldirish. Turli 
olimlar va yuristlar faol va passiv, to‘g‘ri va egri, ixtiyoriy evtanaziya bilan bir 
qatorda, bir qator chegaradosh tuShunchalar – distanaziya, ortotanaziya va 
yatrotanaziyani ham ajratishga harakat qilmoqdalar. Distanaziyaning etimologik 
ma’nosi – o‘limni inkor etish. Distanaziya deganda terminal holatdagi har bir 
bemorni xalos etish mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish tuShuniladi. 
Gollandiyada uzoq munozaralardan so‘ng passiv evtanaziyaga qonun yo‘li bilan 
ruxsat berishga qaror qilindi. Bunda, tabiiyki, hech qanday suiste’mollarga yo‘l 
qo‘ymaslik nazarda tutiladi. Masalan, AQSHning 37-prezidenti Richard 
Niksonning evtanaziyasini jamoatchilik ijobiy qabul qildi. Birinchi insultdan 
keyin Nikson o‘z davolovchi vrachlaridan miyasiga qayta qon quyilishi 
natijasida u o‘z xohish-irodasini ifoda eta olmaydigan holatga tushib qolsa
uning hayotini sun’iy tarzda uzaytirish usullarini qo‘llamaslikni so‘radi. Saraton 
kasalligining oxirgi bosqichida bo‘lgan Fransiya prezidenti Fransua Mitteran 
ham shaxsiy vrachi bilan maslahatlashganidan va vasiyatnoma tuzganidan keyin 
dori-darmonlar qabul qilishni to‘xtatdi. Bu holda ham o‘z taqdirining egasi 
bo‘lishni xohlagan mashhur bemorning jasorati matbuotda olqishlandi.
Bugungi kunda evtanaziya hamma erda, u qonunda ruxsat etilganmi, 
yo‘qmi, qat’i nazar, qo‘llanilmoqda. Amerika vrachlar uyushmasining 
ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH kasalxonalarida har kuni 6 ming kishi hayotdan 
ko‘z yumadi. Ularning ko‘pchiligi o‘z ixtiyoriga ko‘ra tibbiy xodimlar 
yordamida jon beradi. San-Fransiskodagi gospitalning intensiv davolash 
bo‘limida bemorlarning 50% (jami o‘lganlarning yarmi) hayot bilan ta’minlash 
tizimidan uzib qo‘yilishi natijasida vafot etgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, bu 


98 
qarorni vrach bemorning oilasi bilan bamaslahat qabul qilgan. Vaholanki, 
bemorning xabardorlikka asoslangan ixtiyoriy roziligi evtanaziyaning umumiy 
qabul qilingan majburiy sharti hisoblanadi. Adabiyotlarda keltirilgan 
ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha holatlarning 
40% ga yaqini vrachlar hayotni to‘xtatish haqida qaror qabul qilishi natijasida 
yoki davolashdan bosh tortish yo‘li bilan yoki o‘limni tezlashtiruvchi dorilar 
yordamida sodir bo‘ladi. 
Evtanaziya taqiqlangan, ammo oshkoralik bo‘lmagan, demak, 
evtanaziyani g‘ayriqonuniy qo‘llash himoyalanmagan mamlakatlarda ahvol juda 
ham yomon deb xulosa chiqarish uchun barcha asoslar bor. Evtanaziyani 
taqiqlovchi qonun qabul qilinganligiga qaramay, uni qo‘llash hollari ko‘payib 
borayotir. Buni vrachlarning o‘zi ham tan olmoqda. Masalan, BMT ning tibbiyot 
bo‘yicha sobiq direktori, amerikalik vrach Maykl Gorvin o‘zining 50 nafar 
bemoriga hayotdan ko‘z yumishda yordam berganligini tan oldi. 39-chi Jahon 
tibbiyot assambleyasida (Madrid, Ispaniya, 1987 yil oktyabr), evtanaziyaning 
faol va passiv shakllaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga nisbatan 
tabaqalashtirilgan 
yondaShuv 
qo‘llanildi va «Evtanaziya to‘g‘risida 
Deklaratsiya» qabul qilindi. «Evtanaziya, bemorni atayin hayotdan mahrum 
qilish amali sifatida, hatto u bemorning o‘z iltimosiga binoan yoki uning 
qarindosh-urug‘larining Shunday iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan bo‘lsa ham, 
axloqqa ziddir». Shunga qaramay, evtanaziya o‘ziga yo‘l topmoqda. 1994 yilda 
u Oregon shtati (AQSH)da, 1995 yil 25 mayda esa – Avstraliyaning Shimoliy 
viloyatida qonuniylashtirildi, to‘g‘ri, bu erda oradan 9 oy o‘tgach qonun bekor 
qilindi. Niderlandiyada evtanaziya uzoq vaqt qonun bilan taqiqlanib kelindi.
Ixtiyoriy evtanaziya yuridik jihatdan Yaponiya ham ruxsat etilgan, ammo 
amalda juda kam uchraydi. Shveysariyada evtanaziya 1937 yildan ruxsat etilgan, 
Germaniyada esa u hech qachon qonunga zid bo‘lmagan, ammo jamoatchilik 
fikri evtanaziya o‘tkazilishini yoqlamaydi. 2001 yilda evtanaziya Belgiyada ham 
qonuniylashtirildi.
1992 yilda Ispaniyada bo‘lib o‘tgan 44-chi Jahon Tibbiyot 
Assambleyasida o‘z joniga qasd qilishda vrachlarning ishtirokchiligi to‘g‘risida 
maxsus Bayonot qabul qilindi. Unda «vrachlar ishtirokida o‘z joniga qasd qilish 
holatlariga jamoatchilik so‘nggi vaqtda katta e’tibor berayotganligi» qayd etildi. 
«Vrachlar tomonidan yasalgan uskunalardan foydalanish, bedavo dardga 
chalingan bemor o‘z joniga qasd qilish uchun mazkur uskunadan foydalanishi 
uchun vrach unga yo‘l yo‘riq ko‘rsatishi holatlari uchrab turibdi. Evtanaziya 
singari, vrach ishtirokchiligida o‘z joniga qasd qilish ham axloqqa zid bo‘lib, 
jamoatchilik tomonidan qoralanishi lozim». 
Adabiyotlarda Belgiya, Niderlandiya, Germaniya, AQSH va Avstriyada 
o‘z bemorlariga evtanaziya usullarini qo‘llagan vrachlar ustidan bo‘lib o‘tgan 
sud jatumanlari haqida ma’lumotlar mavjud. Venada to‘rt nafar tibbiyot 
hamshirasi ustidan bo‘lib o‘tgan sud jatumani katta shov-Shuvga sabab bo‘ldi. 
Sud majlisida «rahm-shafqat hamshiralari» 1983-1989 yillarda 50 bemorni 
kuchli ta’sir ko‘rsatadigan uyqu dorilari yordamida o‘ldirganliklariga iqror 


99 
bo‘ldilar. Ayrim olimlarning fikricha, evtanaziyani huquqiy tartibga solish tibbiy 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling