77
II. AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI:
2.1.FARMATSEVTIK BIOETIKANING TARIXI VA ZAMONAVIY
HOLATI
I.
Mavzuningmaqsadi: talabalarda farmatsevtik
huquq va bioetika fani,
uning tarixi va hozirgi kundagi holati haqida nazariy bilim berish.
II.
Mavzuning ahamiyati: talabalarda farmatsevtik huquq va bioetika fani,
uning tarixi va hozirgi kundagi holati haqida nazariy bilim, ko’nikmalarni
shakllantirish.
III. Vazifalar
Talabalar farmatsevtik huquq va bioetika fani, uning tarixi va hozirgi kundagi
holatihaqida ma’lumot oladilar.
Farmatsevtik huquq va bioetika fanining kelib chiqish sababalari bilan
tanishadilar.
Farmatsevtik huquq va bioetika tarixi mavzusidan vazifalarni bajaradilar.
Topshiriqlar va vazifalarni tugallagan talaba
natijalarni ish daftariga
rasmiylashtiradi.
IV. Talaba bilishi lozim:
-farmatsevtik huquq va bioetikafanining tarixini
-mazkur fanning tushunchalarining ta’rifini
-bioetikaning yaratilishiga sabablar haqida ma’lumotlarni.
V. Talaba bajara olishi lozim:
- ishchi daftarga mavzu yuzasidan berilgan vazifa va topshiriqlarni bajaradi va
ishchi daftarga qayd etadi.
VI.Fanlararovafanichidagibog’liqlik:
Mashg’ulotdavomidaolinganbilimlardanFarmatsevtikaishinitashkilqilishfanihamda
tarix, psixologiya fanilarinio’zlashtirishdafoydalanishmumkin.
VII. Mashg’ulotning mazmuni: Farmatsevtik bioetikaning tarixi va zamonaviy
holati
VIII. Tayanch atama va iboralar. Farmatsevtika,
bioetika, tarix, Potter,
Gippokrat qasamyodi,
global bioetika, tibbiyot etikasi,
paternalizm, patotsentrizm,
evtanaziya, Nyurnberg jatumani, Xelsink deklaratsiyasi, odam ustida sinovlar.