Ii. Amaliy mashg‘ulot materiallari


O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtikani rivojlanish tarixi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1063635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1мавзу Семинар

O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtikani rivojlanish tarixi 
O‘zbekiston Respublikasi dori vositalarining ta’minoti tarixi Oktyabr 
to‘ntarilishigacha (1917 yilgacha), Sobiq Ittifoq davri (1917-1991 yillar) va 
mustaqillikning dastlabki 20 yilidagi davrlarga bo‘lingan holda Erkin 
Raximovich Toshmuxamedov va uning shogirdlari tomonidan chuqur va puxta 
o‘rganilgan. Mazkur bo‘limda Prof. E.R. Toshmuxamedovning bir qator ilmiy 
maqolalarida chop etilgan ma’lumotlar keltirilgan. 
“O‘rta Osiyoni Rossiyaga qo‘shib olingunga qadar Turkiston o‘lkasida 
shifoxonalar va dorixonalar bo‘lmagan. Bemorlarni davolash bilan tabiblar, 
baqsilar, shamanlar, eshonlar, mullalar, folbinlar va boshqalar shug‘ullanganlar. 
Bular orasida tabiblarning faoliyati e’tiborga loyiq. Tabiblar ayrim jarrohlik 
operatsiyalarini o‘tkazganlar, chipqon, rishta kasalliklarini davolaganlar, zuluk 
solganlar, tishlarni, singan va chiqqan a’zolarni muvaffaqiyatli davolaganlar. 
Tabiblar atirgullar, yalpizlar, anis va ukroplarni suv bug‘i orqali haydab 
efir moylarini olganlar.
Dori vositalarini haltachalarda, shisha idishlarda, qutichalarda saqlab, har 
bir idish ustiga arab va fors tillarida yozib qo‘yganlar. 
Bozorlarda attorlar o‘z do‘konlarida har xil dori-darmonlar bilan savdo 
qilganlar, ular orasida o‘simliklardan, hayvonot olamidan olingan, minerallardan 


83 
tayyorlangan dori vositalarini ham uchratish mumkin bo‘lgan. Attorlar zaharli 
va kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan ham, Yevropadan keltirilgan dori 
vositalari bilan ham savdo qilganlar. 
R. Palm Turkiston xalq tabobatida ishlatiladigan va tabiblarning dorixona 
do‘konlarida sotiladigan 200dan ortiq dori vositalarni yozib qoldirgan. G.G. 
Dragendorf – 240 dori vositalarini, N.V.Solonin – 120, V.I. Kushilevskiyg‘ 140, 
B.A. Fedchenko esa – 35 dori vositalarini yozib qoldirgan. Bu dori 
vositalarining hammasi Turkiston xalq tabobatida keng qo‘llanilgan va Sharq 
xalqlari dorixonalarida savdoda bo‘lgan.
1868 yil Toshkentda harbiy lazaret ochildi, 1870 yili u harbiy gospitalga 
aylantirildi va 415 o‘ringa ega edi. Keyinchalik harbiy lazaret va gospitallar 
Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Tokmak, Pishpek, Qorako‘l, 
Sergiepol, Norin va boshqa Shaharlarda ochildi. Harbiy lazaretlar qoshida 
dorixona bo‘lib, ular mahalliy aholiga ham pulga dori sotar edilar. 
O‘sha davrda mahalliy aholi orasida yuqumli kasalliklar: chechak, o‘lat, 
vabo, sil, zaxm, bezgak, rishta, traxoma va boshqa kasalliklarning tarqalishi 
harbiy qismlarga ham xavf solar edi. Shu sababli, Turkiston general-
gubernatorligi o‘lkaning yirik Shaharlari – Toshkent, Samarqand va boshqa 
Shaharlarida kasalxonalar tashkil qilishga majbur bo‘ldi. 
1883-1890 yillarda mahalliy aholini ayollari va bolalari uchun Toshkent, 
Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xo‘jand, Namangan, Marg‘ilon va boshqa 
Shaharlarda davolash ambulatoriyalari ochildi. Bu davolash muassasalarida 
faqat ayollar xizmat ko‘rsatar edilar. 
1868 yildan boshlab har bir uezd-bo‘lisda kasallarni qabul qiladigan 
xonalar ochildi. Kasallar qabulxonasida bir nafar shifokor va bir nafar doya 
ishlar edi. Undan tashqari dorixona punkti ham bor edi. Bu dorixona punktida 
tayyor dorilar asosan pulga, o‘ta kambag‘allarga tekinga berilar edi. 
Har bitta uezd kasallar qabulxonasi 70 000 dan 130 000 gacha aholiga 
tibbiy yordam ko‘rsatar edi. 
1874 yilning may oyida Toshkent Shahar hokimiyat tomonidan Shahar 
dorixonasi ochildi. Dorixonada kambag‘al mahalliy va rus aholisiga dori-
darmonlar bepul berilar edi. 1878 yilning sentyabr oyidan Shahar dorixonasi 
Shahar Dumasi tassarrufiga o‘tkazildi va dorilarni bepul berish man qilindi. 
1880 yil 25 yanvarda provizor I.I.Krauze Toshkentning ruslar 
yashaydigan qismi Sobor ko‘chasida (Orifxo‘ja passaji binosida) xususiy 
dorixona ochdi. Bu butun Turkiston o‘lkasida birinchi xususiy dorixona edi. 
1901 yil Toshkentda provizor G.F.Kaplan xususiy dorixona ochadi. Bu 
dorixonaning filiali 1903 yil Toshkentning Eski Shahar qismida ham 
ochildi.1878 yil iyul oyida Samarqand Shahar kasalxonasi qoshida dorixona 
ochildi. Bu dorixona ham aholiga dori-darmonlarni pulga, kambag‘al aholiga 
esa bepul berar edi. 
1900 yilgacha Samarqand viloyatida bitta dorixona bo‘lib, uezdlarda esa 
aholi dori-darmonlarni kasallar qabulxonalari dorixonalaridan pulga sotib olar 
edi. 


84 
Farg‘ona vodiysida birinchi dorixona 1892 yil Qo‘qonda, ikkinchisi – 
1894 yil may oyida Marg‘ilonda, uchinchisi – Andijonda 1896 yil sentyabrda, 
to‘rtinchisi esa Namanganda 1901 yil avgustda ochildi. 
Buxoroda birinchi dorixona 1889 yil yanvarda Buxoroning Eski Shahar 
qismida ochildi. 1895 yil esa Buxoroning YangiShahar qismida “Ermans savdo 
uyi” tomonidan xususiy dorixona ochildi. 1903 yil Buxoroning Eski Shahar 
qismida ikkinchi xususiy dorixona ochildi. 
1906 yilda dorixona ochishning Yangi qoidasi joriy qilindi va unga 
binoan xar 10 000 aholiga bitta dorixona ochish mumkin bo‘lgan. 
1900 yillarda Toshkent temir yo‘li qurilishi munosabati bilan Toshkentga 
Rossiyadan ko‘pchilik aholi ko‘chib keladi. 1911 yilning may oyida Turkiston 
general-gubernatori Toshkentning ruslar yashaydigan qismida yana 7 ta 
dorixona ochishga ruxsat berdi va bu dorixonalar 1912 yil davomida ochildi. 
Ushbu dorixonalar Yangi ochilgan ko‘chalar nomiga qo‘yildi: Privokzalnaya, 
Obuxovskaya, Mariinskaya, Romanovskaya, Moskovskaya, Sergievskaya, 
Kuylukskaya va boshqalar. 
Shunday qilib, 1913 yil Toshkentning 70 000 ruslar yashaydigan qismida 
11 dorixona mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 170 000 aholi yashaydigan Eski Shahar 
qismida faqat Shu yili aprelida yagona xususiy dorixona ochildi. 
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1904 yilda, Marg‘ilonda 
esa 1908 yil may oyida xususiy dorixonalar ochildi. 
1914 yilda O‘zbekistonning qishloq erlarida 138 o‘rinli 23 shifoxona, 10 
feldsherlik punkti, 6 dorixona bo‘lib, ularda 19 shifokor, 48 feldsher, 2 doya va 
6 farmatsevt ishlar edi. Xiva shahrida birinchi dorixona 1915 yilda ochildi. 
Oktyabr to‘ntarishiga qadar hozirgi O‘zbekiston hududida 46 ta dorixona, 
jumladan 43 ta Shaxsiy dorixonalar bor edi. Toshkent Shahar va viloyatida 17 ta 
dorixona, Shulardan 12 ta xususiy dorixona Toshkent shahrida, 5 dorixona uezd 
va qishloqlarda joylashgan edi. Shuningdek, 64 kasalxona, 65 ambulatoriya 
mavjud bo‘lgan. Ularda 80 ta farmatsevt, 102 ta shifokor: 39ta tish shifokori va 
234 ta o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari faoliyat olib borganlar.
Farg‘ona viloyatida 13 ta dorixona bo‘lib, Shulardan 9 tasi Shaharlarda: 
Qo‘qonda – 2 ta, Andijonda – 2 ta, Namanganda – 2 ta, Farg‘onada – 1 ta, 
Marg‘ilonda – 1 ta, O‘shda – 1 ta, 4 tasi esa Chust, Asaka, Shahrixon, Jalolobod 
qishloqlarida joylashgan edi. Samarqand viloyatida 10 ta dorixona bor edi, 
Shulardan 4 ta dorixona Shaharlarda, 6 tasi qishloqlarda joylashgan edi.Buxoro 
shahrida – 3 ta, Surxondaryo viloyatida – 1 ta, Qashqadaryo viloyati Beshkent 
shahrida – 1 ta dorixona bo‘lgan.” 
“1920 yilning sentyabr oyidan boshlab, Shaharning markaziy dorixonasi 
dori-darmon saqlanadigan omborxona vazifasini ham bajargan. Barcha turdagi 
dorilar va boshqa tibbiyot mollari Shu markaziy dorixonada mujassamlangan 
edi. Boshqa hamma dorixonalar dori va boshqa mollarni farmatsiya bo‘linmasi 
ruhmsati bilan Shu erdan olishgan. 
O‘lkadagi iqtisodiy tangliklar va mamlakatning “Yangi iqtisodiy siyosat” 
(NEP)ga o‘tishi munosabati bilan dorixonalar ishini Yangicha tashkil qilishni 


85 
taqozo qilar edi. 1922 yil 1 avgustda Toshkent shahrida Turkiston ASSRning 
Sog‘liqni saqlash halq komissariyati qoshida dorixona boshqarmasi tashkil 
etildi. 1924 yil 27 oktyabr oyida O‘zbekiston SSR tashkil topdi, 1925 yilning 
fevralida esa Sog‘liqni saqlash xalq komissariyati qoshida Dorixona 
boshqarmasi ochildi. Unga xo‘jalik hisobidagi 34 dorixona, markaziy dorixona 
omborxonasi, nazorat-tahlil laboratoriya va galen-qadoqlash laboratoriyasi kirar 
edi. 
Dorixonalar tizimi taraqqiy etishi natijasida 1938 yili Dorixona 
boshqarmasi O‘zbekistonning Bosh dorixona boshqarmasiga aylantirildi. 
Dori-darmon xizmatini aholiga yaqinlashtirish maqsadida, O‘zbekistonda, 
qishloq tibbiyot muassasalari qoshida 1938 yildan boshlab dorixona punktlari 
tashkil qilindi. 1940 yilga kelib dorixonalar soni 172 ga etdi. 1940 yilning 
oxirida O‘zbekistonda 172 ta dorixona, 398 ta dorixona punktlari, 20 ta dorixona 
do‘konlari, 76 ta dorixona shaxobchalari, 5 ta omborxona, 6 ta nazorat-tahlil 
laboratoriyasi va bitta galen-qadoqlash laboratoriyasi mavjud edi.” 
1942 yilning oxirida O‘zbekistonda 113 ta evakuatsiya gospitali 
joylashgan edi. Urushning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Dorixonalari 
bosh boshqarmasi o‘z ishini xarbiy holatga moslashtirdi. Urushgacha 
O‘zbekistonda kimyo-farmatsevtika sanoati bo‘lmagan edi. Zudlik bilan 
mahalliy resurslardan dori-darmonlar ishlab chiqarish zarur bo‘lib qoldi. Tez 
fursatda kimyogar olimlar kam uchraydigan materiallar o‘rnini bosuvchi va turli 
chiqindi materiallaridan qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish usullarini 
topdilar. Dorixonalar boshqarmasi korxonalarida turli xil sanoat chiqindilari, 
yarim tayyor mahsulotlar va o‘simliklar xom ashyosidan bir qator dori vositalari 
va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 
Dori-darmon ishlab chiqarish sohasidagi ishlar muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Urush yillari xarakatdagi harbiy qismlarga 392,7 tonna narkoz uchun 
efir, 18,7 ming tonna gips, 166,7 ming tonna xo‘jalik sovuni, 46,6 ming 
sanitariya palatkalari, 9630 dezinfeksiya vositalari va boshqalar etkazib turildi. 
Ushbu tibbiy yordamga O‘zbekiston farmatsevt-olimlari ham o‘z ulushlarini 
qo‘shishdi. Hususan, 1942 yilning boshida Toshkentda dezinfeksiya vositalari 
ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushdi. So‘ngra galen farmatsevtik laboratoriya 
asosida Toshkent kimyo-farmatsevtika zavodi tashkil etildi, unda narkoz uchun 
efir, xlorid kalsiy, kofein-benzoat natriy, fitin, glyukoza poroshogi, keyinchalik, 
xolosas, astmatol, qora qand (barbaris) ekstrakti ishlab chiqraish yo‘lga qo‘yildi. 
Maxalliy sanoatda gips, shina, qo‘ltiqtayoq, sanitariya zambillari ishlab 
chiqarildi. 
O‘rta Osiyo universitetining kimyo fakultetida urush davri tibbiyoti uchun 
zarur bo‘lgan narkoz efiri, xlorli kalsiy, kofein, streptotsid, sulfitsin, nikotin 
kislotasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
Samarqand viloyatida yodning spirtli eritmasi, yalpiz, valeriana, evkalipt, 
ermon nastoykalari, kamfora, ixtiol va Vilkinson surtmasi, ruxli, borli, skipidarli 
malhamlar, kamforaning moyli eritmasi, xantal, chumoli, sovun spirtlari va 
lakrichniy kukun dorilari va boshqalar ishlab chiqarildi. 


86 
Urush yillari Respublika dorixonalar Bosh boshqarmasi asosiy e’tiborni 
harbiy gospitallar, bolalarni davolash muassasalari va sanoat korxonalarining 
tibbiyot-sanitariya bo‘limlarida ochilgan dorixona va uning shahobchalarini 
dorilarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirishga qaratdi. 
1942 yil 28 avgustda “Pravda Vostoka” gazetasi Toshkent farmatsevtika 
institutining xodimlari mahalliy xom ashyodan 15 ta Yangi dori preparatlarini 
ishlab chiqarishga topshirdilar, deb yozgan edi. 
Urush yillari kimyo-farmatsevtika vositalarining tanqisligini inobatga olib 
Ittifoq Sog‘liqni saqlash vazirligi uni o‘simliklar xom ashyosi bilan to‘ldirishni 
ma’qul deb topdi. 
Respublika Fanlar Akademiyasi akademigi S.Yu. Yunusov rahbarligida 
O‘zbekiston alkoloidli o‘simliklarning hususiyatlarini o‘rganish yuzasidan katta 
ishlar olib borildi. 
Respublika 
botaniklari 
yovvoyi 
tarzda 
o‘sadigan 
kauchukli 
o‘simliklarning boy changalzorlarini topdilar, bedadan va sholining tozalash 
sanoati chiqindilaridan vitaminlar olish usullarini ishlab chiqdilar. Engil 
sanoatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradigan o‘simliklar xom 
ashyosi bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirdilar. 
“Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda dorixonalar tizimi tez sur’atlar 
bilan rivojlana boshladi. Faqt 1959-1975 yillar mobaynida respublikamizda 888 
ta Yangi dorixonalar ochildi, ulardan 652 tasi qishloq joylarda edi.” 
Yangi dorixonalar asosan namunali loyihalar asosida qurilib, 1971 yildan 
1977 yilgacha Respublikamizda 140 ta namunali dorixona qurilib foydalanishga 
topshirilgan, 130 ta dorixona Yangitdan ta’mirlangan binolarga ko‘chirildi. 
1981 yil boshlarida, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi dorixonalar 
Bosh boshqarmasi tizimida 1500 ta dorixona (ulardan 1016 ta dorixona qishloq 
joylarda), 25 ta dorixona do‘konlari, 14 ta dorixona omborxonalari va 14 ta 
nazora-tahlil laboratoriyalari mavjud bo‘lgan . 
Dorixona tarmoqlarini yanada rivojlantirish va dori-darmon yordamining 
sifatini oshirishda, farmatsevt kadrlarni tayyorlab berish xal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo‘ldi. 1958 yilda Respublika dorixona tizimida 1490 ta farmatsevt faoliyat 
olib bordi. Ulardan 553 nafari oliy ma’lumotli farmatsevtlar(provizor) edi. 
1981 yilga kelib, O‘zbekistonda 3150 ta oliy ma’lumotli va 2970 ta o‘rta 
ma’lumotli farmatsevtlar aholiga dori-darmon yordamini ko‘rsatganlar. 
1984 yildan boshlab har bir tumanda markaziy tumandorixonasi tashkil 
qilindi. Shu jumladan, Toshkentda 9 ta Markaziy tuman dorixonalari barpo 
etildi. 
1987 yili respublikamizda 1995 ta ho‘jalik hisobidagi dorixona, Shu 
jumladan 1333 ta qishloq joylarida va 6477 ta dorixona filiallari mavjud 
bo‘lgan. 
1988 yil Respublikaning Bosh dorixona boshqarmasi “Farmatsiya” 
Respublika ishlab chiqarish birlashmasiga o‘zgartirildi. 
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin, dorixona 
korxonalarining ish faoliyati tubdan o‘zgara boshladi. Dorixona faoliyatini 


87 
tartibga soluvchi, O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtik 
faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunga binoan, hukumat 
tomonidan, dori-darmonlar muomalasini tartibga soluvchi va dorixona 
faoliyatini bir tizimga keltiruvchi, bir qator farmonlar qabul qilindi. 
1994 yil 11 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan, “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 
dorixonalarni davlat tassarufidan chiqarish va xusussiylashtirish to‘g‘risida”gi 
139-sonli qarori qabul qilindi. 
Xususiylashtirishning boshida O‘zbekistonda 2552 ta davlat dorixonalari 
faoliyat ko‘rsatgan. 1994 yilning oxirida, Shular asosida, 352 ta kasalxona 
ichidagi dorixonalar, 239 ta ochiq aksiyadorlik jamiyati, 290 ta jamoa 
dorixonalari va 1059 ta xususiy dorixonalar tashkil qilindi. 1995 yili 
O‘zbekistonda 2571 ta farmatsevt faoliyat olib borgan. 1996 yilga kelib, 
ularning soni 3980 dan oshib ketdi. 
1992 yili O‘zbekistonda farmakologiya va farmakopeya qo‘mitalari 
tashkil qilindi. Ularning faoliyati tibbiyotga zarur bo‘lgan uskunalarni ishlab 
chiqarishga yo‘naltirilgan. 1993 yili “O‘zfarmsanoat” konserni tashkil etildi. 
1996 yilga kelib Respublikamizda 2200 ta dorixona hususiylashtirildi, 839 
ta dorixona aksionerlik jamiyatiga aylantirildi. 2002 yilga kelib, farmatsevtik 
faoliyat bilan Shug‘ullanish uchun 3945 ta yuridik shaxslarda litsenziya bo‘lgan. 
Shu jumladan, 61 ta ishlab chiqarish korxonalari, 171ta ulgurji muassasalar, 
3712 ta dorixona va 1286 ta dorixona filiallari.”

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling