´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги
Download 1.17 Mb.
|
Kerakli
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Oliy va o‘rta tibbiy ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslub idorasi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
- Tuzuvchilar
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Oliy va o‘rta tibbiy ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslub idorasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Umumiy retseptura (tibbiyot oliy o‘quv yurtlari barcha fakultetlari talabalari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent-2012 y. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Oliy va o‘rta tibbiy ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslub idorasi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Umumiy retseptura (tibbiyot oliy o‘quv yurtlari barcha fakultetlari talabalari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent-2012 y. Qo‘llanma oliy tibbiy o‘quv yurtlarining barcha fakultetlari 3-kurs talabalariga umumiy retseptura bo‘limini bo‘yicha tasdiqlangan dastur asosida tuzilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmasida davlat farmakopeyasi, dorixona, dori moddalari to‘g‘risida tushuncha, retseptlarning tuzilishi, dori shakllari va ularga retsept yozish qoidalari keltirilgan. Har bir bo‘limda retsept yozish uchun topshiriqlar va mustaqil tayyorlanish uchun savollar berilgan. Tuzuvchilar: Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. Z.Z. Xakimov, t.f.d., prof. M.M. Azimov, t.f.n., dots. O.A. Zaytseva, t.f.n., kat. o‘qit. Sh.J. Radjapova Taqrizchilar: Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy fanlar kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. X.U. Aliev; Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik farmakologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. A.V. Yaqubov O‘quv-uslubiy qo‘llanma Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot institutining markaziy uslubiy xay’ati tomonidan (24.06.2005. 10-bayonnomasi) ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. DAVLAT FARMAKOPEYASIFarmakopeya – dori moddalar sifatini belgilaydigan, tibbiyot va farmatsiya qonunlarining umumdavlat standartlar va nizomlar to‘plamidir. Har bir davlatning o‘z farmakopeyasi bo‘ladi. Ular jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga qarashli Xalqaro farmakopeya talablari asosida ish ko‘radi. Davlat farmakopeyasi rasmiy dastur bo‘lib, uning talablariga dori moddalar ishlab chiqaradigan, sotadigan va qo‘llaydigan muassasalar rioya qilishlari shart. Farmakopeyada dori moddalarining nomlari, kimeviy formulalari, fizik-kimeviy xossalari, sifati, saqlash qoidalari, bir martalik va sutkalik miqdor (doza)lari beriladi. Unda zaharli (A) va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan (B) dori moddalarning ro‘yhati keltiriladi. Farmakopeyaga kiritilgan dori moddalar – ofitsinal (officina - dorixona) dorilar, farmakopeyaga kiritilmagan, shifokorning ko‘rsatmasiga binoan dorixonalarda tayyorlanadigan dori moddalar magistral (magister - o‘qituvchi) dorilar deb ataladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling