´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги


Takrorlash uchun savollar


Download 1.17 Mb.
bet4/42
Sana21.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1373451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Kerakli

Takrorlash uchun savollar:

  1. Farmakopeya nima?

  2. Farmakopeyada dorilarga tegishli qanday ma’lumotlar keltiriladi?

  3. Dorixona nima?

  4. Dorixonalarni qanday turlari mavjud?

  5. Ochiq dorixonalarni tarkibi qanday?

  6. Yopiq turdagi dorixonalar qanday?

  7. Doza va uning qanday turlari mavjud?

  8. Og‘irlik o‘lchov birligi qilib nima qabul qilingan?

  9. Bolalarga dorilarning terapevtik dozasi qanday hisoblanadi?

  10. Qari yoshdagi bemorlar uchun dorilarning terapevtik dozasi qanday hisoblanadi?



RETSEPT VA UNING TUZILISHI


Retsept – bu shifokorning dorixonaga dori tayyorlash to‘g‘risidagi
yozma murojati bo‘lib, bunda bemor ushbu doridan qanday foydalanish kerakligi haqida ma’lumot ham beriladi.
Retsept maxsus, o‘lchami 150 x 85 mm bo‘lgan blankada siyoh bilan aniq va ravshan qilib yozilishi kerak. Chunki u tibbiy yuridik hujjatdir. Imtiyozga ega bo‘lgan bemorlar uchun retsept yozilganda retsept blankasiga bu xaqida ma’lum muhr (“bepul”, “imtiyozli”) bosiladi va albatta shifokorning imzosi, muassasa rahbari imzosi va yumoloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Narkotik moddalarni maxsus hisobda turadigan tartib raqamiga ega bo‘lgan blankalarda (qizil rangli) yoziladi. Bunday blankalar bosh shifokorda, seyfda saqlanadi.
Retsept quyidagi tarkibdan iborat:

  1. Inscriptio I – boshlangich qism bo‘lib unda davolash muassasasining nomi, manzili va telefon raqami ko‘rsatiladi.

  2. Nomen aegroti - bemorning ismi-sharifi, yoshi (ayniqsa bolalar va qarilarning) ko‘rsatiladi.

  3. Inscriptio II – bu bo‘limda retsept yozilgan sana ko‘rsatiladi.

  4. Nomen medici – retsept yozgan shifokorning ismi-sharifi.

  5. Invocatio – shifokorning dorini tayyorlash bo‘yicha farmatsevtga murojaati bo‘lib - Recipe - “Olgin”, qisqacha “Rp.:” yoziladi.

  6. Designatio materiarum – ushbu retseptda keltirilgan dori tarkibi. U quyidagilardan iborat: remedium basis - dori tarkibidagi asosiy modda; remedium adjuvans - yordamchi vosita bo‘lib, asosiy moddani ta’sirini kuchaytiradi; remedium corrigens - asosiy moddani ta’mi va hidini to‘g‘irlaydi; remedium constituens - doriga ma’lum shakl beradigan modda. Adjuvans va corrigens faqat zarur xolatdagina asosiy moddaga qo‘shiladi.

  7. Subscriptio – dorini kerakli shaklda tayyorlash, miqdori va qanday idishda berilishi bo‘yicha farmatsevtga ko‘rsatma.

  8. Signatura – dorini qanday va necha marta qo‘llash bo‘yicha bemor yoki tibbiyot xodimiga ko‘rsatma (asosan bemor tushinadigan tilda yoziladi).

  9. Nomen medici – shifokor imzosi va muhri.

Retseptning 5, 6, 7 qismlari lotin tilida yoziladi, qolganlari davlat tilida. Dori tarkibiga kiruvchi moddalar retseptda lotin tilida (qaratqich kelishigida) yoziladi.


Namuna:
10-poliklinika – Inscriptio I


Navoiy ko‘ch., 15, tel. 46-45-46
Bemorning ismi-sharifi va yoshi
Yusupov Yusuf, 12 yosh - Nomen aegroti
Sana 3 may 2005 - Inscriptio II
Shifokorning ismi-sharifi Azizov A.A. - Nomen medici
Rp.:. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . - Invocatio
Natrii benzoatis 3,6 - Basis
Liquoris Ammonii anisati 3 ml - Adjuvans
Sirupi simplicis 60 ml - Corrigens
Aquae destillatae ad 180 ml - Constituens
M.D. - Subscriptio
S. 1 osh qoshiqdan ichilsin - Signatura
Shifokorning muhri
Shifokorning imzosi Azizov A.A. - Nomen medici

Agar bemorga dorini tez tayyorlab berish kerak bo‘lsa shifokor retsept blankasining yuqori qismiga ko‘rinib turadigan joyiga Cito - tez yoki Statim - darhol degan so‘zni yozib beradi va bunday retseptga dorixonada navbatsiz xizmat ko‘rsatiladi.


Retseptda 2 ta yoki bir necha modda bir xil miqdorda yoziladigan bo‘lsa, doza usha preparatlar oxirgisining qarshisiga qo‘yiladi, undan oldin ana yoki qisqacha aa so‘zini yozib qo‘yiladi, bu babbaravar degan ma’noni bildiradi.
Agar bemorga beriladigan dorini takrorlash zarurati tug‘ilsa, shifokor buni retseptning ko‘rinib turadigan joyiga yozib qo‘yish lozim. Masalan, Repetatur takrorlansin, Bis repetatur ikki marta takrorlansin.
Bitta retseptur blankada 2 ta retsept yozilsa ular bir-biridan # belgi bilan ajratiladi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling