Suspenziya bosh kelishik birlik sonda - Suspensio, qaratqich kelishik birlik sonda - Suspensionis.
Suspenziyalar qattiq dori moddalarining suyuqlikdagi muallaq zarrachalardir. Ular ichish va sirtga ishlatish uchun buyuriladi. Ishlatishdan oldin chayqatiladi. Sterillangan suspenziyalarni mushaklar orasiga yuborish mumkin. Suspenziyalar retseptda kengaytirilgan va qisqartirilgan shaklda yoziladi. Suspenziya tayyorlashda suyuqlik o‘rnida odatda suv ishlatiladi, bunday hollarda suspenziyalar retseptda qisqartirilgan shaklda yoziladi.
Misol. 100ml oletetrin suspenziyasi yozing va 2 choy qoshiqdan ichish buyurilsin.
Rp.: Suspensionis Oletetrini 100 ml
D.S. Chayqatilsin va 2 choy qoshiqdan ichilsin.
Misol. 0,5% li gidrokortizon atsetatning suvdagi suspenziyasidan 10 ml yozib berilsin. Ko‘zga 2 tomchidan kuniga 4 mahal tomizib turish buyurilsin.
Rp.: Suspensionis Hydrocortisoni acetatis 0,5%-10 ml
D.S. Chayqatilsin va ko‘zga 2 tomchidan kuniga 4 mahal
tomizilsin.
Magistral suspenziyalar – dorixonalarda tayyorlanadi, shakl hosil qiluvchi moddalar sifatida glitserin, vazelin moyi va boshqalar ishlatiladi. Bunday suspenziyalar kengaytirilgan shaklda yoziladi. Retseptda suspenziyalar tarkibiga kiruvchi barcha ingredientlar va ularning miqdori yoziladi, so‘ngra M.f. suspensio va D.S. yoziladi.
Misol. Tarkibida 0,5% trixomonatsid bo‘lgan vazelin moyida tayyorlangan steril suspenziyadan 50 ml yozing. 10 ml siydik pufagiga yuborishga buyurilsin. Ishlatishdan oldin chayqatilsin.
Rp.: Trichomonacidi 0,25
Olei Vaselini ad 50 ml
M.f. suspensio
Sterilisetur!
Do'stlaringiz bilan baham: |