M.D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
Qisqartirilgan shaklga misol: 12 marta ichish uchun aralashma yozib berilsin. Tarkibida 1 : 30 adonis o‘tidan tayyorlangan damlama, shuningdek har bir qabul qilish uchun 0,3 dan natriy bromidi va 0,01 dan kodein fosfat saqlangan bo‘lsin. 1 osh qoshiqdan ichish buyurilsin.
Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis ex 6,0 - 180 ml
Natrii bromidi 3,6
Codeini phosphatis 0,12
M.D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
MODDALARNING TA’MI, HIDI VA MAZASINI BARTARAF ETUVCHI VOSITALAR (CORRIGENS)
Suyuq dorilarning mazasini yaxshilash uchun qiyomlar (Sirupus simplex – shakar qiyomi; Sirupus Cerasi – olcha qiyomi; Sirupus Rubi idaei - malina qiyomi va boshqalar), hidini yaxshilash uchun xushbo‘y hidli suvlar (Aqua Menthae – yalpiz suvi, Aqua Foeniculi – shivit (ukrop) suvi) retseptda distillangan suv o‘rniga kushiladi. Ta’sirlantiruvchi moddalar enteral yo‘l bilan qo‘llash uchun retsept yozilganda ularga shilimshiqlar (Mucilagines) qo‘shiladi. Masalan: Mucilago semenis lini – zig‘ir urug‘i shillig‘i; Mucilago radicis Althaeae – gulxayri ildizini shillig‘i; Mucilago Amyli - kraxmal shillig‘i. Barcha shilimshiqlar ofitsinaldir. Shu munosabat bilan retseptda shilimshiqlarning nomi va miqdori ko‘rsatiladi. Qiyomlar va shilliqlar aralashmalarda 1/3 hajmda qo‘shiladi.
Misol. Xloralgidrat (td = 1,0) dan 4 mahal, 1 osh qoshiqdan ichish uchun, shilimshiq va qiyom qo‘shilgan aralashmaga retsept yozing.
Hisob: xloralgidrat 1,0 x 4 marta = 4,0
1ta osh qoshiq - 15 ml x 4 = 60 ml
shilimshiq - 60 ml : 3 = 20 ml
qiyom - 60 ml : 3 = 20 ml
Rp.: Chlorali hydrati 4,0
Mucilaginis Amyli
Do'stlaringiz bilan baham: |