D.S. Chayqatilsin va 10 ml dan siydik pufagiga yuborilsin.
Aralashma – Mixtura - bu suyuq dori moddalar turi bo‘lib, qaysiki suyuqliklarda (suvda, spirtda, glitserinda, o‘simlik moyida va boshqada) erigan qattiq moddalarni yoki bir necha turdagi suyuq moddalarning (eritmalar, tindirmalar, qaynatmalar hamda ekstrakt va boshqalar) aralashmasidir. Eritmalarga qiyom, shilliq yoki dori xidi yo‘qotish uchun korrigenslar qo‘shilganda ham aralashmalar xosil bo‘ladi. Aralashmalar 3 va undan ortiq ingredientlardan iborat bo‘ladi. Aralashmalar tiniq bo‘lishi mumkin, loyqa va hatto cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin. Oxirgisini ishlatishdan oldin chayqatish kerak. Bunday aralashmalar – Mixturae agitandae deyiladi (chayqatish talab qilinadigan aralashmalar). Ular asosan ichish uchun, kam hollarda sirtga ishlatish uchun tavsiya etiladi.
Retseptda aralashmalar kengaytirilgan va yarim qisqartirilgan shaklda yoziladi. Bunda aralashmaning tarkibiy qismlari va miqdori ko‘rsatiladi, shundan keyin M.D.S. (Misce. Da. Signa. - Aralashtir. Ber. Belgila) deb yoziladi. Aralashmalar ichish uchun choy qoshiqda, desert qoshiqda, osh qoshiqda berilib 12 marta ichishga yetadigan qilib buyuriladi. Qisqartirilgan shaklda bir qism ingredientlar qisqartirilgan formada beriladi. Bular eritmalar, qaynatmalar, damlamalar, emulsiyalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Qolgan ingredientlar esa xuddi kengaytirilgan shakldagiga o‘xshab yoziladi.
Misol. 180 ml aralashma yozing. Tarkibida kofein-natriy benzoati (td - 0,1) va amidopirin (td - 0,25) bo‘lsin. 1 osh qoshiqdan ichish uchun tavsiya etilsin.
Hisob: kofein-natriy benzoati uchun: 0,1 x 12 = 1,2
amidopirin uchun: 0,25 x 12 = 3,0
erituvchining (suv) miqdori: 15 ml x 12 = 180 ml
Rp.: Coffeini natrio-benzoatis 1,2
Amidopyrini 3,0
Aquae destillatae ad 180 ml
Do'stlaringiz bilan baham: |