Rp.: Kalii permanganatis 0,4
Aquae destillatae 150 ml
M.f. solutio
D.S. 1 osh qoshiq eritmani 1 stakan suvda suyultirib, tamoq chayishga ishlatilsin.
Misol. Furatsilinning 1:5000 nisbatda suvli eritmasidan 200 ml primochka holda yezib berish buyurilsin
Rp.: Solutionis Furacilini 1:5000 – 200 ml
D.S. Primochka uchun.
Misol. Kaliy permanganatning 1:10000 kontsentratsiyadagi eritmasi 10 ta sprintsevanie uchun retsept yozing. 1 ta sprintsevaniega 1 l eritma buyuriladi.
Demak, 1 sprintsevanie uchun qancha miqdorda dori kerak bo‘lishini aniklaymiz.
1:10000 yoki 1,0 – 10 l
1,0 – 10 l x = 1 x 1 = 0,1
x - 1 l 10
Kontsentirlangan eritmani osh qoshiqlarda yozamiz.
Hisob: 1 ta sprintsevaniega 0,1 0,1 x 10 = 1.0
10 ta sprintsevaniega 1,0
Erituvchi distillangan suv 1 ta sprintsevaniega 15 ml (1 osh qoshiq) 10 ta sprintsevaniega 150 ml.
Rp.: Kalii permanganatis 1,0
Aquae destillatae 150 ml
M.f. solutio
D.S. 1 osh qoshiq eritma 1 litr suvda suyultirib
sprintsevanie uchun ishlatilsin.
KO‘ZGA TOMIZISH UCHUN MO‘LJALLANGAN TOMCHILAR
(Guttae ophthalmicae)
Shifokorlarning ish faoliyatida ko‘z tomchilari keng ishlatiladi. Ular suvli yoki yog‘li eritmalar yoki dori moddalarning yupqa suspenziyasi hisoblanib, shox pardaga tomizish uchun ishlatiladi.
Ko‘z tomchilari sterillangan bo‘lishi kerak, ularni aseptik sharoitda tayyorlanadi, chunki bunda ko‘zga qo‘shimcha yuqumli narsalar tushmaydi, bunda ko‘zning shox pardasi zararlanmaydi. Ko‘z tomchilariga retsept yozayotganda, agarda ular zaharli moddalar saqlangan bo‘lsa, ularning terapevtik dozasidan oshirish kerak emas, chunki ko‘zning shilliq pardasi kuchli so‘rish kobiliyatiga ega.
Retsept yozayotganda dori moddalarining kontsentratsiyasi va qanday miqdorda kerakligini bilish kerak. Retseptlar kengaytirilgan, qisqartirilgan hamda foizli ko‘rinishda yoziladi. Ko‘z tomchilari 20 marta qabul qilishga yetadigan qilib yozib beriladi.
Misol. Md = 0,01 bo‘lgan pilokarpin gidroxloridi ko‘z tomchisi uchun retsept yozilsin. 2 – 3 tomchidan 2 la ko‘zga (5 tomchi) tomizilish buyurilsin.
Hisob: Md = 0,01 0,005 x 20 = 0,1
td = 0,005 5 t x 20 = 100 t = 5 ml
1 usul: Rp.: Pilocarpini hydrochloridi 0,1
Do'stlaringiz bilan baham: |