Rp.: Tincturae Valerianae 20 ml
D.S. 20 tomchidan ichilsin.
Tindirmalarni o‘zaro aralashtirib, 1 ta retseptda yozib berish mumkin.
Misol. td = 20 tomchi bo‘lgan valeriana tindirmasi va td = 10 tomchi bo‘lgan marvaridgo‘l tindirmasining aralashmasiga retsept yozib berilsin va 30 tomchidan ichish buyurilsin.
Rp.: Tincturae Valerianae 20 ml
Tincturae Convallariae 10 ml
M.D.S. 30 tomchidan ichilsin.
EKSTRAKT
Ekstrakt bosh kelishik birlik sonda - Extractum, qaratqich kelishik birlik sonda - Extracti.
Ekstraktlar deb o‘simliklardan spirt, efir yoki suv yordamida tayyorlangan, kontsentrlangan ajratmalarga aytiladi. Tarkibidagi suyuqlik miqdoriga karab ular suyuq (Extracta fluida), quyuq (Extracta spissa) va quruq (Extracta sicca) ekstraktlarga bo‘linadilar.
Suyuq ekstraktlar rangli suyuqlik bo‘lib odatda 1:1 nisbatda tayyorlanadi. Shuning uchun ham tindirmalarga nisbatan ta’sir etuvchi modda kontsentratsiyasi ularda yuqori bo‘ladi. Suyuq ekstraktlar ofitsinal bo‘lib, bo‘limagan dori shakli hisoblanadi. Ichish uchun tomchilarda beriladi. Retsept yozish usuli tindirmalarnikidek, Extracti deb boshlanadi, so‘ngra o‘simlik nomi va albatta ekstraktning turi ko‘rsatiladi. So‘ngra ekstraktning bemorga berilishi lozim bo‘lgan mikdori ko‘rsatiladi. Agar suyuq ekstrakt bo‘lsa, ml larda belgilanadi. So‘ngra signaturada bir gal ichishi lozim bo‘lgan tomchilar soni ko‘rsatiladi.
Misol. Suyuq itshumrut ekstraktidan 30 ml ga yozib berilsin, 30 tomchidan ichish uchun buyurilsin.
Rp.: Extracti Frangulae fluidi 30 ml
D.S. 30 tomchidan ichilsin.
Quyuq ekstraktlar quyushqoq (xamirsimon) massa bo‘lib tarkibida namlik 25% dan ko‘p bo‘lmaydi. Kuchli qovushqoqligi tufayli ular hap (pilyulya) tayyorlashda yoki korrigens sifatida qo‘llanishi mumkin.
Quruq ekstraktlar sochma ko‘rinishiga ega bo‘lib namligi 5% ortiq bo‘lmaydi. Ular ekstraktlarni eng ratsional xili hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda ularning soni ko‘payib bormoqda. Quruq ekstraktlarni sochma dori, tabletka, kapsula, hap dori va shag‘amcha tayyorlashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |