´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги
DORIXONA (grek so‘zi - Apotheke - ombor)
Download 1.17 Mb.
|
Kerakli
DORIXONA (grek so‘zi - Apotheke - ombor)Dorixona – bu dori moddalarini tayyorlash, saqlash va tarqatishga mo‘ljallangan muassasadir. Hozirgi vaktda dorixonalarda asosan magistral va tezda buzilishi mumkin bo‘lgan (qaynatmalar, damlamalar, shilimshiqlar) dori moddalari tayyorlanadi. Bundan tashqari dorixonada retseptsiz bersa bo‘ladigan tayyor dorilar ham sotiladi. Bundan tashqari bemorlarni davolash jarayonida ishlatiladigan ba’zi anjomlar mineral suvlar, bog‘lov materiallari, ko‘zoynaklar va boshqalar chakana mollar sifatida sotiladi. Dorixonalar 2 turda bo‘ladi: Ochiq turdagi dorixonalar; Yopiq turdagi dorixonalar. Dorixonada farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar ishlaydi. Ochiq turdagi dorixonalarda quyidagi xonalar mavjud: qabul xonasi, retseptura xonasi, assistentlar xonasi, koktoriy, sterilizatsiyalash, zaxira va yuvish xonalari. Bulardan eng muhimi retseptura bo‘limidir. Bu yerda retseptlar qabul qilinadi va tayyor dorilar beriladi, oliy farmtsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan nazoratchi–retseptor shu ishlarni bajaradi. U dori moddalarini yozilish qoidalarini, ularni dozalarini, dorilar aralashtirilganda bir-biriga mos kelishi va boshqalarni bilishi kerak. Retseptura xonasi maxsus aylanma shkaflar bilan jihozlangan bo‘lib, tayyorlangan dorilar shu shkafda saqlanadi. Assistentlar xonasida dorilar tayyorlanadi, buni odatda 2 ta assistent bajaradi. Ular o‘zlari tayyorlagan dorilarning sifatiga to‘la javobgardir. Assistentlarning ish joylari tayyorlanadigan dori turiga qarab jihozlanadi. Masalan, 1 joy qattiq dori turi – sochmalarni, 2 – dori eritmalarini, 3 yumshoq dori turlari – malhamlar va boshqa dorilarni tayyorlash uchun jihozlangan bo‘ladi. Bundan tashqari assistentlarning xonasida zaharli va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan dori moddalari saqlanadigan javonlar ham bo‘ladi. Assistentni ishini nazoratchi-retseptor tekshirib boradi. Steril bo‘lishi shart bo‘lgan dorilar alohida xonada aseptik sharoitda tayyorlanadi. Sterilizatsiya xonasi nihoyat darajada toza bo‘lishi kerak. Damlama va qaynatmalar tayyorlanadigan xona koktoriy deb ataladi. Distillyatorlar ham shu xonada bo‘ladi. Yuvish xonasi. Dorixonadagi hamma idishlar shu yerda yuviladi. Bu xona 2 yoki 3 sektsiyali yuvish mashinalari, quritish javonlari va toza idish saqlanadigan javonlari bilan jihozlangan bo‘ladi. Qabul bo‘limi retsept talab qilinmaydigan tayyor dori turlarini, bemorlarni parvarishida qo‘llaniladigan buyumlarni sotishni bajaradi. Ushbu bo‘limning material xonasi bo‘ladi. Kechasi aholiga xizmat qilish uchun navbatchi dorixonalar ishlaydi. Unda tajribali provizorlar ishlaydi, bundan tashqari katta shaharlarda dorilar to‘g‘risida ma’lumot beradigan maxsus ma’lumot byurolari kechayu-kunduz telefon aloqa tarmog‘i orqali muloqatda bo‘ladi. Bunday dorixonalarda dorilarni berishdan tashqari vrach kelguncha birinchi yordam ko‘rsatish ham mumkin. Yopiq turdagi dorixonalar ma’lum davolash muassasasi tarkibida bo‘lib unda davolanayotgan bemorlarni dori-darmonlar bilan taminlaydi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling