´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги
RETSEPTDAGI MUHIM QISQARTMALAR
Download 1.17 Mb.
|
Kerakli
- Bu sahifa navigatsiya:
- DORI SHAKLLARINING TASNIFI
- SUYUQ DORI SHAKLLARI
- ERITMALAR
- ICHISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN ERITMALAR
- DAMLAMA, QAYNATMA
- ZAHARLI TA’SIR KO‘RSATUVCHI O‘SIMLIKLAR (DIT)
- KUCHLI TA’SIR KO‘RSATUVCHI O‘SIMLIKLAR (CVASS)
RETSEPTDAGI MUHIM QISQARTMALAR
Takrorlash uchun savollar: Retsept nima? Retsept qanday tarkibiy qismlardan iborat? Retseptning qaysi qismlari lotin, qaysilari davlat tilida yoziladi? Qanday retseptlar davolash muassasasining ““ “Retseptlar uchun” va qaysilari yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi? Retsept bo‘yicha dori olishni tezlashtirish uchun yoki retseptni qayta qo‘llash uchun retseptga qanday so‘zlar yozilishi kerak? DORI SHAKLLARINING TASNIFIDori shakli – dori moddasini qo‘llash uchun eng qulay holga keltirilgan shaklidir. Chunonchi dori shakllarining quyidagi turlari tafovut qilinadi: Suyuq dori shakllari Yumshoq dori shakllari Qattiq dori shakllari SUYUQ DORI SHAKLLARISuyuq dori shakllariga quyidagilar kiradi: Eritma – Solutio Damlama – Infusum Qaynatma – Decoctum Tindirma – Tinctura Aralashma – Mixtura In’yektsiyalar uchun ishlatiladigan dori shakllari – Formae medicamentorum pro injectionibus Ekstrakt – Extractum Emulsiya – Emulsum Shilimshiq - Mucilago Suspenziya – Suspensio ERITMALAREritma bosh kelishik birlik sonda - Solutio, qaratqich kelishik birlik sonda - Solutionis. Eritmalar bitta dori moddasini erituvchida eritish yo‘li bilan hosil qilinadi. Ular tiniq suyuqlik bo‘lib, saqlanganda cho‘kma hosil qilmaydilar. Demak, eritma 2 ta tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: eruvchi va erituvchi. Erituvchi sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin: Distillangan suv – Aqua destillata Etil spirti – Spiritus aethylicus Glitserin – Glycerinum Vazelin moyi – Oleum Vaselini Zaytun moyi – Oleum Olivarum Shaftoli moyi – Oleum Persicorum Eritmalar ichish, sirtga ishlatish, shuningdek in’yektsiyalar uchun ishlatiladi. ICHISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN ERITMALARIchish uchun tavsiya etiladigan eritmalarni odatda darajalarga bo‘lingan stakanchalarda, choy qoshiqlarda, desert qoshiqlarda, osh qoshiqlarda, shuningdek tomchi holida taqsimlash tavsiya etiladi. Qoshiqlar bilan beriladigan eritmalar 1 choy qoshiq 5 ml, 1 desert qoshiq 7,5 – 10 ml va 1 osh qoshiq 15 ml hajmga ega. Qoshiqlarda taqsimlanadigan eritmalar odatda kuniga 3 mahal, ichish uchun 4 kunga hammasi bo‘lib 12 marta qabul qilishga yozib beriladi. Eritmalarni retseptda 3 xil shaklda yozish mumkin: Kengaytirilgan shakl. Bunda barcha dori moddalarining tarkibiy qismlari, ya’ni dori modda va erituvchi moddaning nomi, ularning miqdori (og‘irligi yoki hajmi) ko‘rsatiladi. Misol. Natriy bromid (Natrii bromidum) td = 0,3 eritmasi 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahaldan 4 kunga ichish uchun yozib berilsin. 3 mahal x 4 kun = 12 marta td = 0,3 natriy bromid – 0,3 x 12 = 3,6 “Erituvchi sifatida suv olingan. Suv 1 osh qoshiqda 15 ml. 12 marta – 15 ml x 12 = 180 ml. Rp.: Natrii bromidi 3,6 Aquae destillatae 180 ml M.f. solutio D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin. Qisqartirilgan (“ex” – nisbatda) shakl, bunda retsept eritma so‘zi bilan boshlanib, so‘ngra dori moddaning nomi, uning eritmadagi gramm miqdori, butun eritma miqdoriga bo‘lgan nisbati ko‘rsatiladi. Agarda erituvchi sifatida suv olingan bo‘lsa, u holda suvdagi eritma ekanligi ko‘rsatilmaydi. Lekin yog‘li eritma bo‘lsa (oleosae), spirtli eritma bo‘lsa (spirituosae) ko‘rsatilishi kerak. Rp.: Solutionis Natrii bromidi ex 3,6 – 180 ml D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin. Qisqartirilgan foyz shakl – eritmaning kontsentratsiyasi foizlar hisobida ko‘rsatiladi: 100 ml erituvchida eritilgan moddaning miqdori (pro centum - lotincha yuzda qancha). Hisob: 3,6 – 180 ml x = 3,6 x 100 = 2% x - 100 ml 180 Rp.: Solutionis Natrii bromidi 2% - 180 ml D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin. Takrorlash uchun savollar: Dori shakli nima? Necha xil dori shakllari mavjud? Suyuq dori shakllariga nimalar kiradi? Qanday dori shakli eritma deb ataladi? Eritmalarni tayyorlash uchun erituvchi sifatida qanday moddalar qo‘llaniladi? Erituvchisiga ko‘ra eritmalar necha xil bo‘ladi? Eritmalar qaysi yo‘l bilan qo‘llaniladi? Eritmalarni retseptda yozishni nechta turi ma’lum? Ichish uchun eritmalar qanday taqsimlanadi? Mustaqil retsept yozish uchun misollar: td = 0,02 bo‘lgan papaverin gidroxlorid (Papaverini hydrochloridum) ni choy koshiqda ichishga suvli eritmasiga retsept yozing. td = 0,5 bo‘lgan kaliy bromid (Kalii bromidum) ni suvli eritmasini osh koshiqda ichish uchun kengaytirilgan va qisqartirilgan shakllarda retsept yozing. td = 1,0 bo‘lgan kaliy xlorid (Kalii chloridum) ni 6 yoshli bolaga ichish uchun suvli eritmasiga barcha shakllarda retsept yozing. DAMLAMA, QAYNATMADamlama bosh kelishik birlik sonda - Infusum, qaratqich kelishik birlik sonda - Infusi. Qaynatma bosh kelishik birlik sonda - Decoctum, qaratqich kelishik birlik sonda - Decocti. Damlama va qaynatmalar o‘simlik xom ashyosining qaynoq (100ºS) suv bilan olingan ajratmalaridir. Ular ichish uchun mo‘ljallangan. Damlamalar ko‘pincha o‘simliklarning bargi – folium, guli - flos, o‘tidan - herba tayyorlanadi. Qaynatmalar odatda usimliklarning po‘stlog‘i - cortex, ildizi - radix, ildizpoyasidan - rhizoma tayyorlanadi. Damlamalar 15 daqiqa qaynatilib, batomom sovigandan keyin filtrlanadi. Qaynatmalar esa 30 daqiqa qaynatilib qaynoq holda filtrlanadi. Damlama va qaynatmalar tez buzilib qoladigan bo‘lgani uchun ko‘pi bilan 3-4 kunga kerakli mikdorda dorixonada tayyorlanadi. Ular ko‘pincha qoshiqlarda ichish uchun tavsiya etiladi. Retseptda faqatgina qisqartirilgan shaklda yoziladi. Damlama va qaynatmalarni tayyorlash uchun o‘simliklarni quyidagi standart kontsentratsiyalari qabul qilingan: Kuchsiz ta’sir ko‘rsatadigan o‘simliklar uchun 1:10 Kuchli ta’sir ko‘rsatadigan o‘simliklar uchun 1:30 Zaharli ta’sir ko‘rsatadigan o‘simliklar uchun 1:300 ZAHARLI TA’SIR KO‘RSATUVCHI O‘SIMLIKLAR (DIT)folium Digitalis - angishvonagul bargi radix Ipecacuanhae - ipekakuana ildizi herba Thermopsidis - termopsis o‘ti Md = 0,1, td = 0,05. 0,05 x 12 = 0,6 15 ml x 12 = 180 ml ex 0,6 – 180 ml (1 : 300) KUCHLI TA’SIR KO‘RSATUVCHI O‘SIMLIKLAR (CVASS)herba Convallariae - marvarid gul o‘ti radix Valerianae - valeriana ildizpoyasi herba Adonidis vernalis - bahorgi adonis o‘ti radix Senegae - istod ildizi Secale cornutum - qora mug‘ Md = 1,0, td = 0,5. 0,5 x 12 = 6,0 15 ml x 12 = 180 ml ex 6,0 – 180 ml (1 : 30) Retseptga misol. Termopsis o‘tidan 1 : 300 nisbatda 180 ml damlama yozib berilsin. 1 osh qoshiqdan ichishga buyurilsin. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling