´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги


Download 1.17 Mb.
bet6/42
Sana21.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1373451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Kerakli

Rp.: Infusi herbae Thermopsidis ex 0,6 – 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
Qaynatmalarni tayyorlashda ko‘pincha 1 : 10 nisbatda ishlatiladi.
Misol. Toloknyanka bargidan 1 : 10 nisbatda 180 ml qaynatma yozib berilsin. 1 osh qoshiqdan ichishga buyurilsin.
Rp.: Decocti folii Uvae Ursi ex 18,0 – 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.

EMULSIYA


Emulsiya bosh kelishik birlik sonda - Emulsum, qaratqich kelishik birlik sonda - Emulsi.
Emulsiya suyuq dori shakli bo‘lib bir-birida erimaydigan yoki kam eriydigan va aralashmaydigan 2 fazali suyuqlik sistemasidir. Birinchi fazasi suv, ikkinchisi esa unda erimaydigan eritmalardan (efir moylari, yog‘lar, balzamlar) tashkil topgan. Tashqi ko‘rinishi jihatidan emulsiyalar sutni eslatadi. Tayyorlanishiga qarab emulsiyalar 2 ga bo‘linadi:
1. Moyli emulsiyalar – Emulsa oleosa
2. Mag‘izli emulsiyalar – Emulsa seminalia
Mag‘izli emulsiyalar bodom urug‘idan (semina Amygdali dulcis),
oshqovoq urug‘idan (semina Cucurbitae) va boshqalardan tayyorlanadi. Moyli emulsiyalar esa suyuq moylar kanakunjut moyi (oleum Ricini), bodom moyi (oleum Amygdalarum), baliq moyi (oleum jecoris Aselli) va boshqalardan tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda maxsus emulgatorlardan (moyni juda mayda zarrachalarga parchalash uchun) foydalaniladi. Emulgator sifatida arabiy yelimi (Gummi Armeniacae), jelatoza (Gelatosa) ishlatiladi. Yaxshi emulsiya xosil qilish uchun 2 qism suyuq moyga, 1 qism emulgator va 17 qism suv qo‘shiladi. Agar, retseptda yog‘ miqdori ko‘rsatilmasa emulsiya 1 : 10 nisbatda tayyorlanadi.
Ichishga mo‘ljallangan emulsiyalar qoshiqlarda beriladi. Emulsiyalar turg‘un bo‘lmaganliklari uchun 12 marta qabul qilish uchun yoziladi.
Moyli emulsiyalar kengaytirilgan va qisqartirilgan shaklda yoziladi.
Retseptga misol. Tarkibida 20 ml treska balig‘i moyini saqlovchi 200 ml emulsiya yozib berilsin. Kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilish buyurilsin.
Qisqartirilgan shakl:

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling