´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги


DORI MODDALARINI SAQLASH QOIDALARI


Download 1.17 Mb.
bet3/42
Sana21.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1373451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Kerakli

DORI MODDALARINI SAQLASH QOIDALARI


Dorixonalarda bo‘ladigan dorilar asosan zaharli – A ro‘yxatga kiradigan va kuchli ta’sir qilishga ega bo‘lgan moddalar – B ro‘yxatga kiritiladigan va boshqa moddalar bo‘ladi.
Zaharli moddalar – Venena deb ataladi, kuchli ta’sirga ega moddalar - Heroica deb ataladi.
Dorixonalarda A ruyxatga kiradigan moddalar Venena deb yozib qo‘yilgan metall yaщiklarda yoki seyflarda qulfog‘lik holda saqlanishi kerak. Yaщikning ichki tomoniga shu yerda joylashgan zaharli moddalarning bir martalik va sutkalik eng katta dozalari ko‘rsatilgan ro‘yxat yopish tirib qo‘yiladi.
B ro‘yxatga kiradigan dori moddalari esa Heroica deb yozilgan alohida shkaflarda saqlanadi. Hamda bir martalik va sutkalik eng katta dozalari ko‘rsatiladi, shuningdek idish og‘irligi ham ko‘rsatiladi.
Davolash muassasalarining bo‘limlari va xonalarida ham zaharli va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan dori moddalarini saqlash shu qoidalarga asoslanadi. Bundan tashqari tarkibida zaharli va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan moddalar bo‘lgan dorilarni ishlatish usuliga qarab (ichish uchun, sirtga ishlatish uchun, parenteral yo‘l bilan yuboriladigan) turli tokchalarga joylashtirish ko‘zda tutiladi. Bunday javon (shkaf)lar va seyflar uchun ma’lum mutaxassislar javobgar bo‘ladi.


DOZALAR VA O‘LCHOV BIRLIKLARI


Doza – bu dorivor moddalarining ma’lum farmakologik ta’sir chaqiruvchi miqdori.
Dozaning quyidagi turlari mavjud:

  • O‘lim chaqiradigan (Dosis letalis)

  • Zaharli yoki toksik (Dosis toxica)

  • Maksimal yoki yuqori (Dosis maxima - Md)

  • Terapevtik yoki o‘rtacha (Dosis terapevtica - td)

  • Bir martalik (Dosis pro dosi)

  • Sutkalik (Dosis pro die)

  • Kursli (Dosis pro curso)

Terapevtik doza – bu balog‘at yoshiga (24 yosh) yetgan shaxsga bir marta
qabul kilish uchun beriladigan dori miqdori bo‘lib u maksimal dozani 2 yoki 3 ga bo‘lish orqali topiladi.
Bolalar uchun terapevtik doza ularni yoshini inobatga olib hisoblanadi:
td bol. = td kat. yosh x bola yoshiga
24
Qari bemorlarga kattalarga berladigan dori miqdorini 3/4 yoki 1/2 qismi beriladi.
O‘lchov birligi qilib 1 gramm qabul qilingan, ya’ni 1 smh distillangan suvning 4ºS dagi og‘irligi.
Retseptda gramm va grammning ulushlari quyidagicha yoziladi:
1,0 - 1 gramm
0,1 - 1 detsigramm
0,01 - 1 santigramm
0,001 - 1 milligramm
0,0001 - 1 detsimilligramm
0,00001 - 1 santimilligramm
0,000001 - 1 mikrogramm yoki gamma
Agar dori moddasi tomchilarda berilsa, tomchilar soni rim
raqamida ko‘rsatiladi. M-n: gtts V ( besh tomchi). Agar dori moddalari ta’sir birligida hisoblansa, unda dorining ta’sir birlikdagi miqdori ko‘rsatiladi. M-n: 250 000 TB.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling