Mustaqil retsept yozish uchun misollar:
100,0 polivitaminli choyni (Species polivitaminica) 1 osh qoshiqdan 1 stakan qaynagan suvga damlab, 2 marta ichishga retsept yozing.
Adonis o‘ti (herba Adonidis vernalis, Md = 1,0) damlamasidan, temisal (Themisalum, td = 0,3) va tamini yaxshilash uchun qiyomdan iborat aralashma retsept yozing, 1 osh qoshiqdan ichishni belgilang.
Arslon quyruq (herba Leonuri, Md = 1,0) damlamasi, kaliy bromid (Kalii bromidum, td = 0,5), barbital-natriy (Barbitalum-natrium, td = 0,2) dan iborat aralashmaga retsept yozing va 1 osh qoshiqdan ichishni belgilang.
Itshumurt po‘stlog‘idan (cortex Frangulae, td = 1,5) tayyorlangan qaynatma va natriy sulfat (Natrii sulfas, Md = 3,0) dan iborat aralashmaga retsept yozing va 1 osh qoshiqdan ichishni belgilang.
Kuchli va zaharli ta’sir kiluvchi dorivor moddalarni ichish uchun tomchilarda taqsimlanadigan eritmalar shaklida beriladi. 1 ml suvli eritma 20 tomchiga teng. Bir marta ichiladigan tomchilar soni tarkibida dorining 1 martalik terapevtik dozasi bo‘lishi kerak. Enteral yo‘l bilan qo‘llash uchun (ya’ni ichish uchun) dorilarning 1 ta terapevtik dozasi o‘rta hisobda 5 – 15 tomchida eritiladi va 20 marta qabul qilishga yozib beriladi. Ular kengaytirilgan, qisqartirilgan “ “ex” va qisqartirilgan foyz shaklida yoziladi.
Ichish uchun tomchilab beriladigan eritmalarga misol. td = 0,0005 bo‘lgan atropin sulfat eritmasini 10 tomchida ichishga berilsin.
Hisob: td x 20 marta = 0,0005 x 20 marta = 0,01
10 tomchi x 20 marta = 200 tomchi = 10 ml, chunki 20 tomchi = 1 ml,
200 tomchi = 10 ml
Retsept yozishning kengaytirilgan shakli:
Rp.: Atropini sulfatis 0,01
Aquae destillatae 10 ml
Do'stlaringiz bilan baham: |