´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги
IN’YEKTSIYALAR UCHUN QO‘LLANILADIGAN ERITMALAR
Download 1.17 Mb.
|
Kerakli
IN’YEKTSIYALAR UCHUN QO‘LLANILADIGAN ERITMALARIn’yektsiya uchun ishlatiladigan dori moddalari teri ostiga, mushaklar orasiga, vena, arteriya, yurak, bo‘g‘in ichiga, subaraxnoidal va boshqa yo‘llar bilan yuboriladi. In’yektsiya uchun ko‘pincha suvli va yog‘li eritmalar, suspenziyalar, emulsiyalar ishlatiladi. Erituvchi sifatida quyidagilar olinadi: In’yektsiya uchun suv – Aqua pro injectionibus Shaftoli moyi – Oleum Persicorum Bodom moyi – Oleum Amygdalarum Izotonik eritma – Solutio Natrii chloridi isotonica 0,9% In’yektsiya uchun qo‘llaniladigan eritmalar quyidagi talablarga javob berishlari kerak: sterillangan bo‘lishi; apirogen bo‘lishi (qo‘llanganda tana haroratini oshirmasligi); anafilaktik reaktsiya bermasligi; ba’zi xollarda izotonik bo‘lishi lozim. Teri ostiga kiritiladigan eritma miqdori 1-2 ml, mushak ichiga kiritiladigan 1 ml dan to 10 ml gacha, vena ichiga kiritiladigan 1 ml dan to 500 ml gacha bo‘lishi mumkin. Dorilarni in’yektsiya qilib kiritishning quyidagi ustunligi mavjud: ta’sir tez boshlanadi (ayniksa venaga yoki arteriyaga kiritilganda), dorilar jigar orqali o‘tmaydi, shu sababli dori parchalanmasdan a’zoga yetib boradi, dorini kiritilishi kerak bo‘lgan miqdori aniq amalga oshiriladi. Dorilarning eritmasi turg‘un bo‘lmasa, ularning steril sochmalari (poroshok) kiritilishidan oldin erituvchida eritilib darxol (ex tempore) in’yektsiya qilinadi. Ko‘pgina in’yektsiya uchun dori vositalari flakonlarda chiqariladi, chunki ular ko‘p jixatdan qulaydir: aseptik sharoitda aynan kiritishdan oldin (ex tempore) dorilar eritmasini xosil qilish; flakon ichidagi eritmani bir necha marta sterilligi saqlangan xolda qo‘llash mumkinligi. Retseptda dori flakonlarda berilishi ko‘rsatilmaydi. Retseptlarda in’yektsiya uchun eritmalar 2 xil ko‘rinishda yoziladi: Taqsimlangan (yoki ampulalarda); Taqsimlanmagan (yoki flakonlarda). Har ikkala holatda ham kengaytirilgan, qisqartirilgan va foizli shakllarda retsept yoziladi. Misol. Atropin sulfati (td - 0,001) taqsimlangan va taqsimlanmagan shakllarda 1 ml dan teri ostiga yuborish uchun retsept yozib berish buyurilsin. Hisob. Har bir in’yektsiya uchun 1 ml dan 5 ta in’yektsiyaga yozib beriladi. 1 martalik atropinning dozasi 0,001. Taqsimlanmagan ko‘rinishda (flakonlarda): 1-usul: Rp.: Atropini sulfatis 0,005 (0,001 x 5) Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling