Aquae destillatae 5 ml
M.f. solutio
D.S. 2 – 3 tomchidan har bir ko‘zga tomizilsin.
#
2 usul: Rp.: Solutionis Pilocarpini hydrochloridi ex 0,1 – 5 ml
D.S. 2 – 3 tomchidan har bir ko‘zga tomizilsin.
#
Hisob: 5 ml – 0,1 x = 100 x 0,1 = 2%
100 ml – x 5
3 usul: Rp.: Solutionis Pilocarpini hydrochloridi 2% - 5 ml
D.S. 2 – 3 tomchidan har bir ko‘zga tomizilsin.
#
Og‘ir metall tuzlari eritmalari ko‘z tomchilari holda faqat foizli usulda (0,25 – 0,5% li) yoziladi.
Ko‘z tomchilaridan tashqari quloqqa va burunga tomiziladigan tomchilar ham mavjud. Burunga va quloqqa eritmalar 3 – 4 tomchidan tomiziladi.
Misol. Efedrin gidroxloridining 2% li 10 ml eritmasi burunga 3 – 4 tomchidan tomizish uchun retsept yozilsin.
Rp.: Solutionis Ephedrini hydrochloridi 2% - 10 ml
D.S. 3 – 4 tomchidan burunga tomizilsin.
Misol. 20 ml vodorod peroksidining suyultirilgan eritmasiga retsept yozilsin va 2 – 3 tomchidan quloqqa tomizish buyurilsin.
Rp.: Solutionis Hydrogenii peroxydi diluti 20 ml
D.S. 2 – 3 tomchidan quloqqa tomizilsin.
Dorivor xo‘qnalar dorilarning umumiy va mahalliy ta’sirini yuzaga chiqarish uchun ishlatiladi. Dorivor xuqnalar to‘g‘ri ichakning shilliq pardasidagi kasalliklarni, ularning atrofidagi infiltratlarni, yo‘g‘on ichakning pastki qismidagi shilliq pardalarning zararlanganida ishlatiladi. Xuqna qilinganda dorivor moddalar so‘rilgach jigarni chetlab, pastki kovak venaga tushadi. Shu sababli ichak, jigar kasalliklarida dorivor xo‘qnalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Dorivor xuqnalar tozalovchi xuqnalardan keyin quyiladi, va uning miqdori 50 ml dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Dorivor xuqnalar retseptda to‘liq yoziladi.
Misol. Xloralgidrat (td = 1,0) shilimshiq qo‘shilgan xolda 1 ta xo‘qna uchun buyurilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |