Ii. Amaliy mashg‘ulot materiallari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1063635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1мавзу Семинар

Bioetika insonning turli tiriklik shakllariga, hayvonlarga munosabatini ko‘rib 
chiquvchi amaliy etika nuqtai nazaridan inson xulq-atvorining axloqiy 
jihatlariga taalluqli bo‘lgan falsafiy tushuncha deb, insonning o‘zini qurshagan 
muhit oldidagi mas’uliyati deb, insonning xulq-atvori va boshqa insonga 
munosabati deb tushuniladi.
Insonning xulq-atvori va boshqa insonga munosabati etika qoidalariga qay 
darajada muvofiqligini ko‘rib chiqish jatumanida bioetika tibbiyot etikasi – 
deontologiya bilan tutashadi. Dunyoqarash sifatida bioetika insonning butun 
dunyoga munosabatini, uning o‘zini qurshagan olam va undagi o‘z o‘rni 
haqidagi tasavvurini anglatadi.
«Bioetika» atamasini ilmiy muomalaga kiritgan V.R. Potter ba’zan 
insonparvarlikdan ancha uzoq bo‘lgan fan-texnika taraqqiyotiga qarshilik 
ko‘rsata oladigan ekologik etikaning alohida varianti zarurligiga e’tiborni 
qaratgan edi. «Bioetika» atamasi biotibbiyotning avvalambor patsientlarning 
huquqlari va qadr- qimmatini himoya qilish bilan bog‘liq axloqiy muammolarini 
fanlararo tadqiq qilishni belgilash uchun qo‘llaniladi. U amaliy etikaning bir 
qismi bo‘lib, kasbiy faoliyatni ichidan emas, balki sirtdan tartibga solishni 
nazarda tutadi. Tirik mavjudot sifatida faqat insongina qimmatli bo‘lib, jonli va 
jonsiz tabiatning istalgan ob’ektlaridan erkin foydalanish huquqiga ega, degan 


91 
qarash asrlar mobaynida hukm surib keldi (hayvonlarga etika qoidalaridan kelib 
chiqib munosabatda bo‘lish zarurligi to‘g‘risidagi masala nisbatan yaqinda uzil-
kesil hal qilindi).
Mazkur dunyoqarash antropotsentrizm degan nom oldi. Etika falsafiy 
tafakkurining, ayniqsa, XIX asr oxirida va XX asrda rivojlanishi, 
antropotsentrizmning bir yoqlamaliligiga qarshi insoniyat eng yaxshi 
vakillarining kurashi insoniyatning atrof muhitga nisbatan o‘z qarashlarini qayta 
ko‘rib chiqish zarurligini tuShunib etishiga olib keldi. Mazkur qarash 
biotsentrizmda o‘z aksini topdi. «Bioetika va ta’lim» (Sidney, Gamburg, 1990) 
kitobida J.R. Meyer insonning ma’naviy burchi g‘oyasini tuShunish bilan farq 
qiladigan dunyoqarashning har xil tiplari sxemasini keltiradi. Agar shaxsning 
ma’naviy burchi guruhning barcha a’zolariga nisbatan amal qilsa, ayni holda 
sotsiotsentrizm mavjud bo‘ladi. Agar inson er yuzidagi barcha aqlli 
mavjudotlarni himoya qilishi lozim bo‘lsa, bunday etika patotsentrizm deb 
ataladi.
Bordiyu inson va uning ehtiyojlari diqqat markazida turgan, faqat inson 
qimmatga ega, binobarin, inson faqat odamlar oldidagina ma’naviy burchlidir, 
deb e’tirof etilgan bo‘lsa, bunday falsafiy konsepsiya antropotsentrizm deb 
ataladi. Nihoyat, inson er yuzidagi barcha tirik mavjudotlar oldida ma’naviy 
burchli, barcha jonzotlar, hayvonlar va o‘simliklarni avaylab asrashi lozim, deb 
e’tirof etilgan bo‘lsa, bunday dunyoqarash biotsentrizm deb ataladi, ya’ni «bios» 
– hayot, tiriklik diqqat markazida turadi. 
Antropotsentrizm asrlar mobaynida insoniyatning etakchi dunyoqarashi 
bo‘lib keldi. Inson er yuzidagi boshqa barcha tirik mavjudotlarga qarshi qo‘yildi, 
faqat insonning manfaatlari va ehtiyojlarigina muhim, qolgan mavjudotlar 
mustaqil qimmatga ega emas, deb qaraldi. «Hamma narsa inson uchun» so‘zlari 
mazkur dunyoqarashning mohiyatini ifoda etadi. Antropotsentrizm dunyoqarash 
konsepsiyasi sifatida antik davrda yuzaga keldi. Qadimgi Gretsiyada bir nechta 
falsafiy maktablar mavjud bo‘lib, ulardan biri – Aristotel asos solgan maktab 
odamlar o‘rtasidagi tengsizlikning, jumladan, quldorlikning qonuniyligini e’tirof 
etar, odamlar bilan hayvonlar o‘rtasida katta farq mavjud deb qarar, hayvonlar 
insonning ravnaqi uchun yaratilgan deb hisoblar edi.
Insonni tabiatga qarshi qo‘ymaydigan yangicha dunyoqarashlar zarurligi 
insoniyatga ayon bo‘lib qoldi. Tiriklikka nisbatan axloqiy munosabatga 
asoslangan yangi bilim sohasi – bioetikaning paydo bo‘lishi, inson va yer 
yuzidagi boshqa jonzotlarning o‘zaro munosabatlari sohasida etika tafakkurining 
rivojlanishi yangi dunyoqarash konsepsiyasi – biotsentrizmning o‘z mavqeini 
mustahkamlashiga ko‘maklashdi.
Biotsentrizm bir tur yoki bir nechta tur emas, balki barcha jonzotlar 
yashash huquqiga ega ekanligini, faqat inson emas, balki butun bios diqqat 
markazida bo‘lishi kerakligini nazarda tutadi. Bios huquqlari qonun hujjatlari 
bilan himoya qilinishi lozim. Insonning tabiatdagi o‘rni va ahamiyatini 
tuShunishga nisbatan biotsentrik yondaShuv ekologik xususiyatga ega 
masalalarni ham to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Iste’mol qilishga bo‘lgan 


92 
munosabatni o‘zgartirish biotsentrizm prinsiplarini hayotga tatbiq etish 
shakllaridan biriga aylanishi lozim, chunki «hamma narsa inson uchun» 
konsepsiyasi o‘z kuchini yo‘qotmoqda. Boshqacha qilib aytganda, inson 
iste’molchi sifatida boshqa turlarning manfaatlarini ham e’tiborga olishi, 
jumladan: hayvonlarning yashash joylari va sharoitlarini saqlab qolishi, inson 
ehtiyojlarini qondirish uchun erdan ayovsiz foydalanishga, o‘rmonlarni kesib 
tashlashga chek qo‘yishi lozim. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling