Ii. Asosiy qisim


Download 1.44 Mb.
bet1/9
Sana22.02.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1220146
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FIZIKANI MUAMMOLI O\'QITISH, DASTURIY O\'QITISH VA KOMPYUTERLARDA ISHLASH DASTURLARINI TUZISH


MAVZU: FIZIKANI MUAMMOLI O'QITISH, DASTURIY O'QITISH VA KOMPYUTERLARDA ISHLASH DASTURLARINI TUZISH

REJA:
I.KIRISH.
II.ASOSIY QISIM.
II.1.Fizika fanining mazmun mohiyati uning o`qitilish asosi
II.2. Fizika kursining tuzilishi.
II3. Fizika fanini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish.
II.4. Fizika fanini o’qitishda eng samarali dasturdan foydalanish.
III.XULOSA.
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Kirish.
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
SH.Mirziyoyev.
Mavzuning dolzarbligi. Davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoyev mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari professoro‘qituvchilari zimmasiga qator mas’uliyatli vazifalarni yukladi. Ya’ni, talabalarning puxta bilim olishi, amaliyot sirlarini mukammal o‘rganishi uchun zarur sharoitlar yaratish, shu asnoda yetuk kadrlar tayyorlash, yoshlarni chinakam vatanparvar qilib kamolga yetkazish davr taqozosidir. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan PQ-4358 sonli qarorining 2-komponentida – “Eng yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini joriy qilishning xalqaro amaliyotiga muvofiq ta’lim jarayonini rejalashtirish, chuqurlashtirish va sifatini yaxshilashni tashkil etishni takomillashtirish” belgilab berildi. [1]
Нozirda fan-texnika shunchalik tez rivojlanmoqdaki, bugungi yangilik ertaga eskirib qolmoqda. Shuning uchun, ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish maqsadida,bashariyat informatsion texnologiyalarni yaratdi. Kompyuter — bu oddiy va qulay tarzda ma’lumotlarga yetish vositasidir. Ma’lumotlar bilan ishlayotgan shaxs, ma’lumotlarning qayerda joylashishidan qat’iy nazar, xoh u shaharda, xoh jahonning boshqa nuqtasi bo‘lsin, uni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Masofaviy ta’limda o‘qituvchi funksiyasini o‘rgatuvchi va sinovchi vositalar (to‘la avtomatlashtirilgan, tugal dasturiy mahsulotlar) bajaradi, shuningdek, o‘qitishning avtomatlashtirilgan muhitini tashkil etuvchi video va elektron nashr etilgan uslubiy material bajaradi.
Elektron darslikning imkoniyatlarini multiplikatsiya va videotexnikaning zamonaviy vositalarini qo‘llagan holda kengaytirish mumkin. Bular o‘quv kursi bo‘yicha videoma’ruzalar, ishlab chiqarish jarayonlarining namoyishi, mashhur olimlarning chiqishlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Masofaviy ta’lim - bu o‘quv materialining yetkazib berilishida, mustaqil o‘rganishida, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida muloqot almashinuvida qo‘llaniladigan, an’anaviy va yangi axborot texnologiyalarni hamda ularning texnik vositalarini keng qamrovda ishlatilishidagi ta’limning sintetik, integral, ijtimoiy shaklidir.
Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blended learning masofaviy ta’lim (Distance learning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fake learning) va internet orqali ta’lim (Onlin learning)dan iborat. Bugun masofaviy ta’limning yana bir turi «webinar» (1998 yilda bu termin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya o‘qitishni web–texnologiya asosida interaktiv holda tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni etkazadi, seminar ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini bayon etish mumkin.
Fizika — tabiat haqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos. Turli va aniq moddiy tizimlarda materiya shakllarining murakkablashgan oʻzaro taʼsiriga tegishli maxsus krnuniyatlarni kimyo, geologiya, biologiya singari ayrim tabiiy fanlar oʻrganadi. Binobarin, fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bogʻlanish bor. Ular orasidagi chegaralar nisbiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turlicha oʻzgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy poydevorini tashkil qiladi. Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shartsharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir.
Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi. Amal i y fizika ham mavjud (mas, amaliy optika yoki amaliy akustika).
Oʻrganilayotgan obʼyektlar va materiallarning harakat shakllariga qarab, fizika fani bir-biri bilan oʻzaro chambarchas bogʻlangan elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, atom va molekulalar fizikasi, gaz va suyukliklar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi boʻlimlaridan tashkil topgan. Oʻrganilayotgan jarayonlarga va materiyaning harakat shakllariga qarab, fizika moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, termodinamika va statistik fizika, elektrodinamika, kvant mexanika, maydon kvant nazariyasini oʻz ichiga oladi.
Fizikaning tarixiy rivojlanishi. Fizika tarixini 3 davrga boʻlib oʻrganish mumkin:
1) qad. zamondan 17-asrgacha boʻlgan davr;
2) 17-asrdan 19-asr oxirigacha boʻlgan davr. Bu davrdagi fizika fani, odatda, klassik fizika nomi bilan yuritiladi;
3) 19-asr oxiridan hozirgi paytgacha boʻlgan davr. Hozirgi zamon fizikasi (yoki eng yangi fizika) shu davrga mansub.
Turli xodisalarni va ularning sababini oʻrganish qad. zamon olimlarining bizgacha yetib kelgan asarlarida aks etgan.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling