Ii. Asosiy qisim


-rasm. Dasturdan kimyo fanini o‘qitishda kеng foydalanish mumkin


Download 1.44 Mb.
bet8/9
Sana22.02.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1220146
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FIZIKANI MUAMMOLI O\'QITISH, DASTURIY O\'QITISH VA KOMPYUTERLARDA ISHLASH DASTURLARINI TUZISH

7-rasm. Dasturdan kimyo fanini o‘qitishda kеng foydalanish mumkin.

Dastur orqali ixtiyoriy shakldagi idishlardan foydalanib, turli rеaktivlarni o‘zaro aralashtirib kimyoviy rеaktsiyani ko‘zatish mumkin. Kimyoviy rеaktsiya vaqtida rеaktivlarning rangi, moddalar ulushini, kimyoviy rеaktsiya formulalarni maxsus oynada ko‘rish imkoniyati dasturning kuchli pеdagogik qurol sifatida foydalanish imkoniyatini bеradi. Crocodile Chemistry dasturining bunday imkoniyatlari kimyo fanini o‘qitishda inqilobiy o‘zgarishga sabab bo‘ldi.



8-rasm. Crocodile Chemistry dastur muhitida yaratilgan kimyoviy rеaktsiya jarayoni.

9-rasm. Crocodile Chemistry dastur muhitida yaratilgan kimyoviy rеaktsiya jarayoni sxemasi.
Crocodile ICT dasturi haqida. Crocodile ICT dasturi, Еvropa mamlakatlarida Informatika fanini o‘qitishda juda yaxshi samara bеrmoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytganda algoritmlash bo‘limini o‘quvchiga aniqroq еtkazib bеrish mumkin.

10-rasm. Informatikada dasturlash jarayonini.


III.XULOSA
Kasb-hunar kollejlarida fizika fanini o’qitishdan maqsad maktabda olgan bilimlarni yanada kengroq va chuquriroq o’rganishdir.Fizika o’qitish pedagogic jarayon bo’lib o’qituvchining raxbarligi boshqaruvida talim oluvchilarning fizika fani,asoslarini,chuqurroq,o’rganish.
Respublikamizda Oliy ta’limda ham, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida ham mavjud bo’lgan dolzarb muammolardan biri bu zamonaviy, zamon talabiga javob beradigan texnik-mutaxasisliklar bo’yicha adabiyotlar kamligi, zamonaviy emasligi, tushunish va o’zlashtirish darajasining pastligidir. Bundan tashqari bugungi kundagi texnik taraqqiyot yuqori saviyali, yetuk, kreativ fikrlay oladigan mutaxasislar tayyorlash talabini qo’ymoqda. Buning uchun esa fizika va elektronikani o’qitishni ertaroq boshlash va ommaviylashtirish talab qilinadi. Shuning uchun oliy ta’limda, o’rta maktab va kasb-hunar kollejlari, kasb-hunar markazlarida o’qitishda yangicha yondoshish vaqti keldi.
Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi – tadqiqotchilikka moyilligi bor, hayot bilan ta’limni bog’lab olib boruvchi chuqur fikrlaydigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Fizikani o’rganishda o’quv ishlari uslubi va shakli takomillashgan ta’limni modernizasiya qilish talabiga asoslanib, tadqiqiy jihatdan yondoshish zarur. Ta’limga tadqiqiy yondoshish o’quv jarayonining shunday tashkiliy qismiki, u o’zida darsda izlanish situasiyasini yaratadi. O’quvchilarda bilim ortirishga talab va qiziqishni uyg’otadi. Shuningdek, mustaqil bilim olishga va u asosida o’qish va ta’limning sosialma’noli motivlarini rivojlanishini tashkil qiladi. O’quvchilarga fizika sirlarini ochishda yordam berish kerak. U o’zida yorug’ olamning qiziqarligi va tabiatning mo’jizakorligini his etsin. Fizika darslarida loyiha usulidan foydalanish amaliy jihatdan samaraliroq bo’ladi.
Fizika o’qitishda ta’lim sifatini oshirish uchun ma’ruza, laboratoriya va amaliy dars jarayonlariga pedagogik texnologiyani qo’llash muhimdir. Pedagogik texnologiyani qo’llash orqali talabalarni fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish va ularda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.Buning uchun o’qituvchi tomonidan har bir darsga kreativ(ijodiy) yondashish talab etiladi. Bunda o’qituvchi talabalarni ijodiy faolligini oshirish uchun dars jarayonlariga mavzuga mos keladigan pedagogik texnologiyalarni qo’llash talab etiladi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta′lim tizimini yanada rivojlantirish, ta′limni barcha bosqichlarini, xususan oily ta′limni sifatini yaxshilash va xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh mutaxasislar tayorlash ishlariga gʻoyat katta e′tibor berilmoqda. Bu borada o’quv jarayonini takomillashtirish muhim hisoblanadi. Shular jumlasidan ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bog’liq qiyin va ko’p qirrali masalalarni yechishni talab etadi. Buning uchun muassasadagi tegishli ilmiymetodik, tashkiliy va pedagogik imkoniyatlarni tizimli yondashuv asosida ishga solish zaruriyati yuzaga keladi. Ularning tahlili orqali aniq bir maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayoni tashkil etishga erishiladi. Fikrimizga ko’ra, ushbu yondashuvning metodologiyasi va algortimi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Zamonaviy ta’lim mazmuni asosida oliy pedagogik ta’lim muassasasi axborot-ta’lim muhiti maqsadini belgilash, pedagogik faoliyatda ta’lim maqsadi tizimlashtiruvchi vazifani bajaradi.Aynan belgilangan maqsad ta’lim mazmuni, maqsadi va tashkiliy shakllarini tanlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limning maqsadi mutaxassis modeli talablariga mos ravishda shakllantiriladigan bilim, ko’nikma va malakalar tizimidan tarkib topib, u tegishli ta’lim standartlarida o’z ifodasiga ega bo’ladi. Bundan tashqari respublikamiz kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga ko’ra o’quvchi shaxsi pedagogik jarayon ob’ektigina bo’lib qolmasdan, uning sub’ektiga ham aylanib boradi. Hozirgi kunda ta’lim sohasini islox qilish yo`nalishlaridan biri fanlarini integrallab o`qitish sifatini oshirishga qaratilgan. Bu sohadagi muhim yo`nalishlardan biri - fizikaviy qonunlarning umumiyligini namoyish qilish va ularning tabiat qonunlari uchun to`g’riligini namoyish qilishda fanlararo bog’liqlikka yangicha yondoshishdan iborat.
Bunda asosiy e’tibor tabiatning tuzulishi va xossalariga nisbatan dunyoqarashimizni chuqurlashtiradigan va kengaytiradigan fizik qonunlarga qaratiladi. Bundan tashqari tabiatdagi fizikaviy hodisalarni o’rganish o’quvchilarning fizikadan olgan bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham tayanadi. Masalan, mexanika qonunlarini, tebranishlar va to’lqin hodisalarni o’rganish uchun matematika kursidan trigonometrik funksiyalarga murojaat qilamiz, elektroliz hodisasini o’rganishda yoki, atom va yadro fizikasini o’rganishda kimyo kursidan olgan bilimlarimizdan foydalanamiz, issiqlik va elektr haqidagi ta’limotlarni XIX asrdagi sanoat tarixi haqidagi olgan ma’lumotlar asosida takomillashtiramiz, atmosfera, konvensiya, Yer magnetizm hodisalarini o’rganishda esa geografiyadan olgan bilimlardan foydalanamiz.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling