5
Mustaqil oʼzlashtiriladigan mavzular boʼyicha talabalar o’quv dasturida tavsiya etilgan
qoʼshimcha adabiyotlarni oʼqish, o’zlashtirish, ularni tahlil qilish, berilgan mavzular
bo’yicha portfolio tayyorlash va ularni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
3. V. Ta’lim natijalari/Kasbiy kompetensiyalar
Talaba:
-
OАV va mediamatnlarning
grammatik tuzilishi, ularning leksik-semantik,
morfologik-sintaktik
xususiyatlari xususiyatlari, nemis adabiy til meʼyorlarini bilish
va
ulardan foydalana olishi;
-
til birliklarining OАVdagi ifodasi, nemis ommaviy
axborot vositalari tili va
uslubida yangilanish va oʼzgarishlar, til va uslub imkoniyatlaridan foydalangan holda
matbuot, radio va telematnlar tuzish texnologiyasi,
OАV materiallarida uslubiy
meʼyorlarning buzilishi va ularni tahlil qilishi,
-
matbuot matnlarini asl matndagi keltirilgan maʼlumotlar mazmunini toʼliq va
tushunarli yetkazib berishi;
-
ommaviy axborot vositalarida keltirilgan turli koʼrinishdagi maʼlumotlarni
tushunish va tarjima qila olishi;
-
turli kontekstda qoʼllangan
til birliklari, jamiyatning turli sohalariga
bagʼishlangan maqolalarni bir-biridan farqlay olish va matn ichida uchrashi mumkin
boʼlgan maʼno ottenkalarini ajrata bilishi;
-
ommaviy axborot vositalarida boshqa madaniyatlarga xos boʼlgan
turli
mazmundagi maʼlumotlarga duch kelganda zarur madaniyatlararo bilimlarga ega
boʼlgan holda sharoitga moslasha olishni oʼrganishi;
-
matbuot matnlarini oʼrganish va tahlil qilishda ularning mazmunini qiynalmasdan
qayta bayon qilishi kabi
malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: