Ii. Asosiy qism: I. Bob. Furqat ijodining o`zbek adabiyotshunosligida o‘rganilishi
Download 71.15 Kb.
|
Furqat kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
Kurs ishining ahamiyati. Furqat hayoti va ijodini organish tarixi,Furqatning tarjimai holi bilan yaqindan tanishish.
Kurs ishining maqsadi va predmeti Furqat ijodining badiiy xususiyatlari, shoir sanatkorligini o`rgatish doirasidagi ahamiyati Kurs ishining vazifalari: Furqat hayoti va ijodini organish . Furqatning tarjimai holi bilan tanishish . Furqat lirik shoir sifatida o‘rnanish. Furqat publitsistikasi, ijodining badiiy xususiyatlari, shoir sanatkorligi bilan yaqindan tanishish . Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 6 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat 1 Karimov I. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat.2008.-173 bet Bob Furqat ijodining o‘zbek adabiyotshunosligida o‘rganilishi. I.1Furqat-armon va ayriliq shoiriZokirjon Xolmuhammad o‘g‘li 1859-yilda Qo‘qon shahrida mayda savdogar oilasida tug‘ildi. Zokirjonning otasi Xolmuhammad zamonasining ziyoli kishilaridan bo`lgan, shuning uchun ham farzandining o‘qishiga jiddiy e’tibor qaratadi. Zokirjon 7 yoshga to‘lganda, otasi uni Muhammad Olim ismli maktabdorga shogirdlikka beradi. Talabchan ota farzandini yaxshi o‘qitishini talab qilib “Zokirjon maktabga kelmasa yo kelib darsni o‘qimasa tanbeh qilg‘aysiz, eti sizniki, ustaxoni meniki”,- deydi. Zehni o‘tkir Zokirjon tez kunda mayda suralarni yod olib, so‘ng “taxtaga” (alifbe o‘rganishga) tushadi. Olti oy ichida haftiyakni tamomlab, Qur’onga tushadi, Qur’oni karim hatmidan so‘ng “Chor kitob” mutolaasi bilan mashg`ul bo`ladi, hatlar mashq qiladi. 8 yoshida buyuk shoir Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini 6 oy ichida o‘qib tamomlaydi va undan keyin Mirzo Bedil va Hofiz devonlarini o‘qiy boshlaydi.3 9 yoshida Zokirjon Navoiyning “Chor devon”ini mutolaa qiladi. U ustozning asarlarini shu qadar berilib, sevib o‘qiydiki, hatto Navoiyni tushida ham ko‘radi. Tushida Navoiy va uning davrasidagi “aziz”lardan oq fotiha oladi. Ko‘p o‘tmay, tush ta’biri haqiqatga aylanib, 9 yoshli Zokirjonning yuragini allanechuk hayajon bosadi va quyidagi bayt paydo bo`ladi: Mening maktab aro buldur murodim Xatimdek chiqsa imlo-u savodim. Shundan keyin Mulla Qambarali degan xushxat kishidan xattotlik sirlarini o‘rganadi. 11 yoshida Ashur Muhammad qori xizmatiga borib, Qur’on qiroati 3 Jabborov A. Furqat va jadidchilik. To‘plamda: “O`zbekistonning yangi tarixi. Kontseptual-metodologik muammalar” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. –T.: Akademiya. 1998.-180-183-betlar. bo‘yicha ta’lim oladi. 12 yoshida Poshshaxo‘ja ismli mudarrisga shogird tushib, arab tili va uning grammatikasi (sarf va nahvi)ga oid “Bidon”, “Avomil”, “Harokot”, “Kifoya” kitoblaridan tahsil oladi. 14 yoshida “savodi takmil uchun” madrasaga o‘qishga kirdi. Ammo zamon nosozliklari uni o‘qishini davom ettirishga imkon bermadi. Qo‘qon xonligi tugatiladi, madrasalar yopiladi, bo‘lajak shoir tirikchilik ishlariga mashg‘ul bo‘lishga majbur bo`ladi. Zokirjonning bir tog‘asi Yangi Marg‘ilon shahrida do`kon ochib, savdo ishlari bilan shug`ullanar edi. Shu do`kondor tog`asining taklifi bilan 1878-yilda 19 yoshida Yangi Marg‘ilonga borib, bir qancha muddat savdo ishlari bilan band bo‘ladi. Bu yerda ham tahsil va ijodni davom ettiradi. Marg‘ilonning Furqat Hoji domla, Qarshiy domla kabi ilg‘or ma’rifatparvarlari bilan tanishib, ilmiy-adabiy anjumanlarda ishtirok etadi. YAna o`zi xususiy darslar ham beradi, mehnatkashlarning arizalarini yozib berib ularning hojatlarini chiqaradi, bir so`z bilan aytganda, hattotlik ham qiladi. Bu yillarda u “Furqat” (“hijron”,“ayriliq” ma’nosini bildiradi) taxallusli she’rlari bilan butun Farg‘ona vodiysiga tanilgan edi.4 Furqat 1880-yilda otasining xohishi bilan Qo‘qonga qaytib keladi, oila quradi, qalb istagidagi o`z davrasini topadi. Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlarning muhitida shoir Furqat yanada jo‘shib ijod qiladi. Do‘stlar davrasi, she’r shukuhidan ilhomlangan Furqat shunday yozadi: “...Va asr shuarolarikim, chunonchi, mavlono Muhyi va mavlono Zavqiy va mavlono Nisbatdurlar, hamisha majlis bunyod aylab, zodai tab’larimizdin mushoara qilur erduk. Va ba’zi vaqt ishq tavsifi va husn ta’rifida g`azal mashq aylab va gohi qadimiy shuarolar devonlaridin bir sho`h g`azalni topib, anga har qaysimiz alohida muhammas bog‘lar erduk...”. Ayni shu davrlarda Furqat faqat she’rlargina emas, balki “Hammomi hayol” deb 4 Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Hammualliflar: Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizayev, Sunnat Ahmedov. –T.: “Ma’naviyat”. 2004. –105-145- betlar. Furqat va Muqimiy haqida maqolalar. –T.: O‘zbekiston Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1958. –180 b. nomlangan risola ham yozadi. “Nuh manzar”, “Chor darvesh” degan asarlarni fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qiladi.5 Ma’lumotlarga qaraganda, Furqat 1886-87-yillarda yana Marg‘ilonga kelgan va Jome’ masjididan bir hujra olib, shu erda istiqomat qilgan. Muhammad Sharif degan bir savdogar do‘stining ko‘magida do‘kon ham ochgan. Bu yerda bir qancha shoirlar bilan do‘stlashadi, adabiy aloqa o‘rnatadi. Shoir Furqatning 1889-1891-yillar Toshkentdagi hayoti uning taqdirida ayricha rol o‘ynaydi. Furqat sayohat orzusida Marg‘ilondan o‘z yurtiga qaytib, u yerda bir kun turgach, Xo‘jandga yo‘l oladi. Ho‘jandda u shoir Toshxo‘ja Asiriy bilan uchrashadi. Bu yerda biroz betob ham bo‘lib qoladi. Shunday bo‘lsa-da safarni davom ettirib, 1889-yilning iyun oyida Toshkentga keladi. Bu yerda Hoji A’zam degan g‘oyibona do‘sti bilan topishadi, uning ko‘magida “Ko‘kaldosh” madrasasiga joylashadi. 9 oy shu madrasada yashaydi. Ho‘janddan kasallanib kelgan shoir hali batamom tuzalmagan edi. Bu vaqt ichida Hoji A’zam uning issiq- sovug‘idan xabar olib, mehribonchilik ko‘rsatib turdi. Bu kishining yordami bilan Toshkentning ilg`or ziyolilari – Sattorxon Abdug`afforov, Saidrasul Saidazimov, Sharifxo‘ja Poshshoxo‘ja o‘g‘li, Muhiddinxo‘ja Hakimxo‘ja o‘g‘li kabilar bilan tanishadi. Hatto Sharifxo`ja suhbatlarning birida shoirga tahallusini o`zgartirishi haqida maslahat ham beradi. Shoir Sharifxo‘janing taklifiga ko‘ra bir muddat “Furqat” (“ayriliq”, “judolik”) emas, “Farhat” (“shodlik”, “xursandlik”) taxallusi bilan she’rlar ham yozgan.6 5 Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Hammualliflar: Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizayev, Sunnat Ahmedov. –T.: “Ma’naviyat”. 2004. –105-145-betlar. 6 Furqat va Muqimiy haqida maqolalar. –T.: O‘zbekiston Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1958. –180 b. Furqat Toshkentning madaniy hayoti bilan doimo qiziqib yashadi. Teatrlarga bordi va tomosho qildi, gimnaziya darshonalarini ko‘zdan kechirdi va taassurotlarini “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati”, “Vistavka xususida”, “Suvorov haqida doston” , “Nag`ma bazmi xususida” kabi asarlarida bayon qildi. Yirik furqatshunos olim Sharif Yusupov shoirning Toshkentda yashagan yillarida yozilgan ma’rifatparvarlik yo`nalishidagi bunday she’riy asarlari ichida eng yirigi sifatida “Bal xususida” sarlavhali manzumasi ekanligini alohida qayd etadilar.7 Hajmi kattagina bo`lgan mazkur manzumada ma’rifatparvarlikka xos bo`lgan jihatlar ko‘zga tashlanadi. Shu bilan bir qatorda manzuma mazmunidan shoirning nafis amaliy san’at turlari - me’morchilik va naqqoshlikdan ham xabardor ekanligini payqash mumkin. Hatto, ma’rifatparvar shoirning qishlik bog‘ haqidagi ajabtovur chizgilari o‘quvchini hayratga soladi: ...Ajoyib bulki, bir oyina xona Berur qish fasli gulshandin nishona. Ochilg‘on toza gullar anda bisyor, Agar uzsa, tikandin etmas ozor… Sovuq kunda bo‘lurmu bog‘ hechdin? Etar issig‘ ani ostig‘a pechdin. Bo‘lib azbaski ul kecha charog‘on, Misoli ro‘zi ravshan ul guliston. Furqatning “Turkiston viloyati gazeti” muharriri, Toshkent Erlar gimnaziyasining direktori N.P. Ostroumov bilan tanishuvi uni shu gazet bilan doimiy bog`ladi. Ma’lum muddat mazkur gazetaning tarjimoni bo`lib ham ishladi. Yuqoridagi she’rlari ham, keyingi yillardagi va safar taassurotlari ham “Turkiston viloyati gazeti”da batafsil berib borildi. Shuningdek, “Ho‘qandlik Zokirjon Furqatning ahvoloti, o‘zi yozg‘onlari” deb atalgan tarjimai holi ham aynan shu Qayumov A. Shoir Furqat. Sharq yulduzi. 1986, 4-5, 1989, –5-6-sonlar. gazetaning 1891-yildagi bir necha sonlarida bosilib chiqdi. Mutaxassislar esa uni “Furqatnoma”, “Sarguzashtnoma”, “Ahvolot” nomlari bilan ataydilar. Shoir 1891-yilning mayida Toshkentdan chiqib, Samarqandga bordi. Bu yerda xat orqali tanishgan g‘oyibona do‘sti Mirzo Buxoriy bilan uchrashdi. Bir necha kun shu yerda yashadi, iyulning o‘rtalarida Buxoroga yo‘l oladi, oyning oxirlarida Buxoroning Kogon temir yo‘l vokzalidan poyezdga o‘tirib, Marv, Ashhobod, Boku, Botum orqali ikki oycha yo‘l bosib, sentyabrning oxirlarida Istanbulga yetib keldi. Kuz va qishni shu shaharda o‘tkazadi. Bu yerda shoir toshkentlik qadrdonlarini sog‘inib, ularga maktub tarzida 280 misrali “Sabog‘a hitob” masnaviysini bitadi. She’rda shoirning Vatanidan chiqib ketganiga hali bir yil bo‘lmasdan, yurtini, do`stlarini, ma’shuqasini sog‘ingani, ularni qo‘msayotgani, o‘zini juda g‘arib va musofir his qilayotgani aks etgan. Uning sog‘inchlari samimiy. U Istanbul “mardum” (kishi)larining sayr-u sayohat qilib yurganini ko‘rar ekan, o`zining yor-u do‘stlari yodiga tushadi va ularni entikib sog‘inadi. Shayhontohurlik do‘sti Mahmudxo‘jani orziqib sog‘inar ekan, uni “oshno” emas, “ag‘o”dek bo`lib qolganini, unga qilgan ko‘p “mehru shafqat”, “ehson-u muruvvat”larini bot-bot eslaydi: Muhabbatlik menga bir oshnodur, Na tanho oshno, balkim ag`odur. Manga ko`p aylagan ul mehru shafqat, Qilib haqqimda eh`sonu muruvvat. Furqat Istanbuldan Yunoniston (Gretsiya)ga o‘tdi, Bulg‘oriya (Bolgariya)da bo‘ldi. 1892-yilning may-iyun oylarida Arabistonga borib haj ziyoratini o`taydi. Shu yilning 25-avgustida Hindistonda bo‘ldi, 10 sentyabrda Bombeyga yetib keldi. U Bombeydan Toshkentdagi qadrdonlariga yozgan she’riy nomalarida shahar taassurotlarini shunday bayon etadi: Yer yuzuda ko‘rmadim Bombay kabi shahri azim, Garchi kezdim, Misr ila Istambulu Bulg`orlar. Bu yerda 6 oy chamasi yashaydi. 1893-yilning 20-martida Kashmirga keladi, undan Tibet va Xo‘tan orqali Yorkentga o‘tadi va shu erda umrining ohirigacha yashab qoladi. Shoirning ikki yarim yillik safari Yorkentda yakunlanadi. Shoir Qashqardagi Rusiya Musulmon idorasida kotib bo`lib ishlaydi, ilmi nujum (astronomiya) va tabobat bilan shug`ullanadi. Ra’nohon degan qizga uylanadi. Nozimjon va Hakimjon ismli farzandlar ko`radi. Zokirjon Furqat 1909-yili 50 yoshida Yorkentda vafot etdi.8 Ko‘rinib turibdiki, Furqat hayoti vatan judolikda kechdi. Uning chet elga ketish va qolib ketishi shoir ihtiyori bilan sodir bo‘lmagan. Adabiyotshunos olim Sh. Yusupov “Furqat yo`llarida” monografiyasida Furqat yirik shaxs ekanligi, uni yurtda yashab, ijod qilishligi rus davlatining “qudratini” uzoq saqlanishligiga g‘ov bo‘lishi mumkin degan hadikda qolgan N.P. Ostroumovning tazyiqi va ta’qibiga ko‘ra Vatandan chiqib ketishga majbur bo‘lganligini arxiv hujjatlari hamda ishonchli manbalar asosida e’tiborli, ilmiy mulohazasini bayon qilgan. Qadim Sharq she’riyatining ruh va haqiqat olamiga e’tibor qaratilsa, vasl va visol ishtiyoqi, ayriliq va hijron azobi unda yerdan ko‘kka qadar yuksalgani, ya’ni eng buyuk armon Alloh diydoriga yetishish, eng so‘ngsiz judolik Allohdan yiroqlik ekani daf’atan ravshanlashadi. Shunga qaramasdan, ona vatandan qondosh va jondosh eldan ajralish hazilakam firoq va judolikdan ham og’ir bo’lishiga Olloh taoloning o’zi bandasini iqror aylab, o’zi uni sabrga undagan. Chunki bu hijron holati yonib-kuyib so’nish, samandarday yana tirilib, fig’on-u faryod chekishni zuhurlantiradi. “Hijron qafasida” “jon qushi” bo’g’ilib ketgan shoh va shoir Bobur Mirzo yozadi: Ko‘pdin berikim yor-u diyorim yo‘qtur, Bir lahzau bir nafas qarorim yo’qtur. Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla, 8 Qayumov A. Shoir Furqat. Sharq yulduzi. 1986, 4-5, 1989, –5-6-sonlar. Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur. Chorasizlikka chora, ixtiyorsizlikka ixtiyor o’laroq ko’nikish odamni aql bovar qilmas g‘ussa va qiynoq chohiga qulatadi. Bunday ahvolga mahkum bo‘lgan ijodkorning adabiy shaxsiyati ham azob va hasrat olovmda yonadi, shakllanadi. Qo’qon farzandi Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat shulardan biri edi. Furqatning she’rga qiziqishi ancha erta boshlangan. “Chun tab’imda she’rdin asar ko‘rub, – deydi shoir, – hatto bir-ikki g‘azal manzurlari o‘lub, taxallusidin birmuncha so’z arog‘a tushti. Furqat iboratikim, ma’nisi judolig‘dir, xosiyat boisidin marg‘ub ko‘runmamish…” Badiiy ijodga endi qadam tashlayotgan ijodkor uchun mutolaaning ta’siri ham, ahamiyati ham katta bo‘lishini Furqat tajribasi ham to‘la tasdiqlaydi. U tarjimai holidan bahs yuritgan asarida Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoni, Xoja Hofiz devonini qiziqish ila o‘qiganini ta’kidlab yana: “Abulmaoniy Mirzo Abdulqodir Bedil devoni g‘azaliyotiga dil bog‘lanib… Bedil dilbandi bo‘ldim”, – deydi. Furqat adabiy shaxsiyati va she’riyatiga kuchli ta’sir o’tkazgan ustozlarning ustodi, albatta, Alisher Navoiy edi. “Chun umrum shohidi, – deydi u, – to‘qquzlarda orqasadin chehra ko‘rguzdi. Alisherning turkiy devonlarikim Navoiy laqabdur, zabonim qushi ul xirmondur donachin o‘ldi…” Abdurahmon Jomiy, Muhammad Fuzuliy, So‘fi Olloyor – bular ham Furqatning sevimli salaflari, xayol musohiblari edi. Uning ma’nan ilgarilashi va shoirlik sirlarini o‘zlashtirishini u mansub adabiy muhit va ijodiy jarayondan ajratish mumkin emas. Mana bu so‘zlar shu nuqtai nazardan e’tiborga molikdir: “… Xo‘qand viloyatidagi fozil va rasotab’ kishilar birla ittihod aylab, alarning suhbatidin ko’p bahralar topdim va asr shuarolarikim, chunonchi, Mavlono Muhyi va Mavlono Muqimiy va Mavlono Zavqiy va Mavlono Nisbatdurlar, hamisha majlis bunyod aylab, zoda’i tab’larimizdin mushoira qilur erduk va bir g‘azalda tatabbu’ ko’rguzub, bir mazmun har nav’ ifoda topar erdi”. Jamiyat va turmushdan topmagan ma’naviy tenglik va erkinlikni ijod ahli ana shunaqa yig‘in, davra hamda gurunglardan topishgan. Bu esa did va saviyani charxlagan. Bunday qaralganda, shoir hissiyot va taasssurot kishisi. Tuyg’u va taassurot imkoni unda qancha kengaysa, ijodida yangilanish ham o’shancha ortadi. Buni Furqatning safar va sayohat mavzuidagi she’rlari ham to‘la tasdiqlaydi. Dunyo kezish, ayniqsa, Turkiya, Yunoniston, Bulg‘oriya, Misr, Arabiston va Hindiston mamlakatlaridagi sayohatlar shoirning dunyoqarashi, hayotning oqu qorasi, balandu pastini farqlashiga alohida ta’sir o’tkazgan. U she’riy maktublaridan birida: Yer yuzida ko‘rmadim Bo’mbay kabi shahri azim, Garchi kezdim Misr ila Istanbulu Bulg’orlar, – deydi. Qaysi o’lka yo shaharda bo’lmasin, shoir kindik qoni tomgan yurti, qadrdon do’st va aqrobolarni orziqib xotirlaydi. Xotirlab vatanidan madad tilaydi. Taqdir taqozosi va davr o’yinlari bois Yorkentga muqim o’rnashgach, u adashish bilan ajralish, unutish bilan ko’nikish oralig’idagi bir qayg’u, chek-chegarasi ko’rinmas armon og’ushida kun kechiradi. Shoir o’zini bo’stonidan ajragan bulbul, oshyonidan judo bo’lgan “murg’i vahshiy”dan ham battar ahvolda tasavvur qiladi: Kishi holimni bilmas – mehribonidin adashganman, Vatan ovoradurmen, do’stonidin adashganman, Vatansiz benavodurmen, makonidin adashganman, G’aribi ko’yi g‘urbat xonumonidin adashganman, Va yo bir murg’i vahshiy oshyonidin adashganman. Shoirning ma’naviy uyg‘onishi, hayot qiyinchiliklari-yu, turmush tashvishlariga taslim bo‘lmay fikran ilgarilashi, dard darajasi va iztirob miqyosiga bevosita daxldordir. Shoh Mashrab bejiz “Kimning dardi yo‘q, aning imoni yo‘q”, – demagan. Furqatning hayot va ijod yo‘lini yoritgan iztirob nuri esa erk hissiyoti va hurlikka sidq-u sadoqat edi. Mahzun yurakda Alloh ravnaq bag‘ishlaydigan bu noyob tuyg‘u turli ohanglarda uning o‘nlab she’rlarida tasvirlangan. Mana u bir g‘azalida nima deydi: Biz istig‘no eli, qichqirmagan ma’vog‘a bormasmiz, Agarchandiki xirmon aylasa, dunyog‘a bormasmiz… Biz ellar, faqr elimiz, parcha nong‘a sabr aylarmiz, G‘araz dunyo uchun Iskandar-u Dorog‘a bormasmiz. Ushbu so’zlar qone’likka chorlovdan ko‘ra, erishilgan ruhiy erkinlik muhofazasiga bag‘ishlangan durdona kalimalardir. Ularni chin shoirning axloq va e’tiqod dasturi, deyish joiz. Yigirmanchi asr o‘zbek adabiyotining asosiy bir tolesizligi mana shunday hurriyat, ma’naviy-axloqiy qanoat va ijodiy g’ururdan judo bo‘lganligidir. Bu ayanchli ahvolning tarixi esa jiddiy o‘ylashga loyiqdir. Furqat Qo’qondan Toshkentga kelganida o‘ttizdan qirqqa qarab endi qadam tashlagan yigit bo’lgan. Shoir kishining kuch-quvvati bilan birga hissiyot va ehtirosi ham bu yoshda jo’sh urishi muqarrar. Tasavvufiy hayot va nafs tarbiyasi to‘g‘risida Furqat ma’lum bir tasavvurga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, nafs-u havoni mag‘lub aylash uchun biror murshid dargohida ranj-u riyozat chekmagan edi. So‘fiylarning kuzatishlari bo‘yicha, odam bolasi o‘zini uch olovdan asrashi yoki qutqazishi bag‘oyat mushkuldir. Ulardan birinchisi – shahvat olovi, ikkinchisi – shon-shuhrat olovi, uchinchisi – ziyofat olovi. Bulardan keyingi ikkisi Furqatning taqdiriga katta ziyon yetkazgandi. Furqat Toshkentga kelgach, Fon Kaufman, Abramov, Ostroumov kabi chor amaldorlari bilan uchrashgan. General-gubernator unga ehtirom ko‘rsatib, mehmonga chaqirgan. “Toshkent shahriga kelib, – deydi u, – ikki marotaba janob general-gubernator uyiga mehmon bo‘lib borib, anda har xil tomoshalar ko‘rdim”. Shoir general-gubernatorga bag‘ishlab yozgan qasidasida esa uni “adolat dastgohi”, deya ta’riflaydi. Xullas, o‘zi bilib-bilmay, istab-istamay erki, xohish-irodasini Furqat rus mustamlakachi mansabdorlarning qo‘liga topshirgan edi. Ular esa har turli siyosiy nayrang va o‘yinlar bilan uni chalg‘itish, iste’dodidan o‘zlarining ichki maqsadlari uchun foydalanishga erishgan edilar. Nainki xorijiy yurtlarda, balki turg‘un istiqomat qilgani Yorkent zaminida ham Furqatni qiynagan eng achchiq haqiqat ana shu edi.9 9 Jabborov A.Furqatning xorijga ketish sabablariga oid yangi hujjat. Adabiy meros. 1998. 3-4-sonlar, –69-70-betlar. 14 Shoir erk va ozodlikka sodiq bo‘lolmasa, erk va ozodlik hech payt unga tayanch bo‘lolmaydi. Badiiy ijoddagi har qanday buzilish, tanazzul va yuzsizlik mana shunday boshlanishini chuqur fahmlagan shoirlarimizdan biri ham Furqatdir. Uning mashhur “Sayding qo‘yaber, sayyod”ini mohiyatan ozodlik gimni, “Uch xarobotiy” deb nomlangan tarje’band-musaddasini hurriyat qo‘shig‘i, deyilsa g‘alat bo‘lmaydi. Ustod Maqsud Shayxzoda ushbu she’rni Furqat lirikasining “shoh asari” deyishga loyiq, deb baholagandi. Unda so‘fiyona mazmundagi asarlarda tatbiq qilinadigan so‘z, ibora va istilohlar anchagina. Biroq ular irfoniy maqsadga xizmat etadi. Shoir “uch qalandarmiz, qalandarxonada hamxonamiz» yoki «xonaqoh kunjig‘a borib toat ayladuk”, deganda ham botiniy hurlikni sharaflaydi. Bu xususan, “uch navoiymiz” deb boshlanadigan oltilikda ochiq-oydin anglashiladi: Uch navoiymiz, kelinglar, azmi gulshan aylali, Andalibg‘a qo‘shilib, ul yerni maskan aylali, Kuydurub gul shox-u yafrog‘ini gulxan aylali, Chiltanni na etarmiz, o‘zni chortan aylali, Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizning jononimiz, Ushbu davron birla o‘tsak, yo‘q erur armonimiz. Umuman olganda, musaddasda “uch alamkash”, “uch birodar”, “uch musofir”, “uch adoyi”, “uch g’aribiy”, “uch vafoiy”, “uch balokash” nuqtai nazari va kayfiyati asosida erksevarlik g’oyasi hech bir shoirnikiga o‘xshamaydigan usulda juda chiroyli tasvirlab berilgan. Darveshlik, faqirlik va qalandarlikni yoqlagan holda Furqat rindlikni, ya’ni rind ma’naviyati va erkinlik imkoniyatini ulardan yuqori qo‘ygan. Haqiqiy san’atkorlik – dardli, armonli yurakning bir parchasini go‘yo uzib olib suvratlantirish yoki ezgin ruh holi va manzaralarini so‘z bilan chizib berishdir. Bundan boshqasi qog‘oz qoralash, ijodkorlik iddaosi ila o‘quvchini aldash hisoblanadi. Shu ma’noda o’zbek kitobxoni ko‘p aldangan. Bir paytlar xayoliy ishq, turg’un hijron va ayriliq hasratlariga ko’niktirilgan omma, ayni paytda yalang’och didaktika, kitobiy, hatto g’ayriilmiy g’oyalar bilan ovuntirilgan. Chor hukumati bosqini bilan ildiz yozib, mustamlakachilik siyosatidan sovet ilm-fani va adabiyotiga meros o‘tgan ijtimoiy, madaniy ma’rifatparvarlik tushunchalarini to‘g‘ri va xolis baholashga, albatta, imkon berilmagan. Negaki, millatsevarga millatchi, xalqparvarga xalq dushmani yoinki vatan xoini deb ayb qo‘yish uncha qiyin kechmagan. Ong va idroki o’sha mash’um qo‘rquv va xavf-xatardan butkul qutulmagan millatga haqiqat qadar ilhombaxsh, haqiqatchalik jur’at bag‘ishlovchi kuch-qudrat manbai topilmaydi. Mustaqillikka qadam qo‘yishdanoq buni jiddiy o‘ylash, har bir ishni shu mezonda baholash zarur edi. Afsuski, bunday bo‘lmadi va chala haqiqatchilik tamoyili oldingiga nisbatan ham kuchayib ketdi. Oqibat esa ma’lum. Ayni shu nuqtai nazardan Furqat shaxsi, dunyoqarashi, she’riy, xususan, nasriy merosiga qaralsa, furqatshunoslik milliy g‘oya va mafkura talablari bo‘yicha isloh etilib, ayrim qirralari butunlay yangilanishi lozimligiga shubha qolmaydi. Adabiyot badiiy matn hayoti va tarixidan ayri bir nima emas. Ammo matn mohiyatini mukammal kashf qilib, uning g‘oyaviy-badiiy tarkibidan so’z yuritish juda qiyindir. Chunki haqiqiy matn ma’no-mazmunini tushunib, taassurot yo’li bilan uning musiqasi, ya’ni ohang tovlanishlarini tinglash hamda rang va rangin manzaralaridan zavqlanish boshqa-boshqa narsalardir. Bir-biridan ularni farqlash nechog‘lik o‘tkir did, yuksak saviyani talab qilsa, bir butun tarzda tasavvurda jonlantirib, mushohada aylash uchun yanada keng bilim, ruhoniy zakovat zarur. Badiiy matn tahlili bir yonda qolib, har turli ilmiy, g‘ayriilmiy va nazariy fikr- qarashlarni qalashtirib tashlashdek nayrangbozlik, yanada aniqrog’i, hech vaqt yo’li to’silmas ilmbozlik harakati ana shunda har qalay susayadi. Zero, chetdan o’zlashtirilgan ko’p fikr, tushuncha va xulosalar tadqiqotchi kabi o’quvchining ham taassurot, tasavvur va xayol yo‘liga to‘siq bo‘lganidek, bevosita adabiy matndan tug‘iladigan mushohadaga asos bo’lolmaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan tadqiqotchining mustaqil fikrdan mahrumligi va ma’naviy-ma’rifiy qiyofasizligini oshkor etadi. Adabiy matnni tekshirish, birinchi navbatda, uning ma’ni, hol, ruh va go‘zallik jozibasini his qila bilishdir. Ana shunda adabiyotga zarar yetmaganiday, behuda urinish, zo‘rma-zo‘raki chiranishlar adabiyotshunoslikda ham kamayib boradi. Uzoqqa bormasdan sho‘ro davlati davrida Sharq mumtoz adabiyotini o‘rganish va adabiy matnlarni turli-tuman maqsadlarda izohlash hamda talqin qilish tajribasini olaylik. Ayniqsa, diniy, tasavvufiy, falsafiy mazmundagi matnlarni noto’g’ri va xohlagancha buzib izohlash umumiy bir urf tusini olgan. Chunki markscha-lenincha ta’limotni dastak kilib, partiyaviylik, sinfiylik, zamonaviylik ko‘rsatmalariga sidqi dildan inongan adabiyotshunoslikdan, uning dongdor vakillaridan boshqa bir nima kutish tasavvurga ham kelmagan, albatta. Ushbu holat va haqiqatni tan olish naqadar qiyin kechgan bo‘lsa, uni yangilash ehtiyoji hanuz o‘zini ko‘rsata bilgani yo‘q. Adabiyot haqida ham, hayot yo‘li va taqdiri murakkab ijodkorlar to‘g‘risida ham biz erkin fikrlash va to‘g‘risini so‘zlash imkoniga erishdik. Bundan qanchalik keng va faol foydalansak, kechagi qo‘rquv, ehtiyot, hiyla va soxtakorliklardan o‘shancha ko‘proq xalos bo‘lamiz, haqiqat tuyg‘usi ko‘ngilga o‘shancha ortiqroq kuch va g‘ayrat bag’ishlaydi. Demoqchimizki, qalami qilich yo nayzaday xizmat qilgan shoir va adibga hech vaqt erkinlik berilmagan. Yuz yillarda dunyoga bir keladigan iste’dod sohibini demasa, adabiy jarayonda doimo o‘rtamiyonachi, sulhparast va shijoatsizlarning oshig‘i olchi bo‘lgan. To‘g‘riso’z, haqparast san’atkorni o‘tmish yoki kelajak emas, balki ovzi mansub zamon qiynab, turli-tuman jazoga giriftor qilgan. Shu bois ulardan ayrimlari bir umr ta’qib va nazoratda yashasa, ba’zilariga juda og‘ir jazo berilib, Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriyga ovxshab qatl etilgan. Xullas, boshqa adabiyotlar kabi bizning adabiyot ham davr, zamon, davlat va jamiyatga uzluksiz qurbonlik berib kelgan. Turklarning zo‘r shoirlaridan bo‘lgan Tavfiq Fikrat bir she’rida: Jami olam edik, parishon bo‘ldik, Oh, bir zolimning nafsiga qurbon bo‘ldik, – deydi. Bunday qurbonlik zolim hukmdor, jallod va qonxo‘r zamondan yog‘ilgan kulfat-u musibatni, ayniqsa, turkiy adabiyot ko‘p boshdan o‘tkazgan. Adolatsizlik, nohaqlik, jaholat, zo‘ravonlik tufayli bu adabiyot bergan qurbonlik, hasratu yo’qotishlarni sanab sanog’iga, aytib adog’iga yetib bo’lmaydi. Shu ma’noda o’lmas shoir Abdulla Oripov: “Tosh otmay ilojim yo’qdur, Furqatni badarg’a qilgan zamonga”, deb yozganida mutlaqo haq edi. Dog’uli davron, beshafqat zamon Furqatni goh avrab, goh aldagan, ba’zan esa shoirligiga qarshi borishga ham majbur etgan. Shunda u o‘zi istamagan ishlarga bosh qo‘shib, zohiriy zaruriyat yuzasidan qalam ham tebratgan. Bular bo’lgan, goho ayrimi imo-ishoratlar orqali aytilgan voqealar. Hozirgi asosiy vazifa esa hech bir tadqiqotchining beg‘araz, halol va xolis mehnatini sira kamsitmay furqatshunoslik ilmini yangilash hamda taraqqiy toptirishdir. Furqat taqdiri, adabiy merosidan chiqariladigan to‘g‘ri xulosa va saboqlar, ayniqsa, hozir uchun har qachongidan ham muhim. Buni keng tushunib, masalaning eng nozik tomonlari ham qancha ochiq va aniq so‘zlansa, o‘shancha yaxshi. 1890 yilda butun Rossiyada Aleksandr Vasilevich Suvorov tugilganiga 160 yil tolishi munosabati bilan tantanalar otkazilgan edi. Gazetalarda A.V.Suvorov va uningbiy galabalari xaqida materiallar elon qiilinb, bir qator saxna asarlari maydonga kelgan edi. V.Bogatiryovning arxiv materiallari asosida tekshirishlariga kora, Furqat 1890 yil, 5 oktyabr Toshkent saxnasidan N.Kulikovning Suvorov qishloqda, Milanda va yaxshi ayollar orasida komediyasini korgan va uning mazmunida oz asarini yaratgan. Spektaklda mashxur sarkarda xayoti va faoliyatining unga katta bolmagan bir davri tasvirlanadi. Shuning uchun xam shoir spektakl mazmunidan chetga chiqib, ozbek gazetaxonlariga, avvalo Suvorovning kimligi, qanday xizmatlari bilan mashxur bolmaganligi xaqida malumotlar berishni shart deb biladi. Shoir qisqa, ravon misralarda A.V.Suvorovga xaqqoniy umumiy xarakteristika bera olgan. Suvorovning emish bir katta odam, Baxodirlik bila mashxuri olam. Emish rusiyaga sardori lashkar, Yurib amri bila bisyor askar. Sipoxilik ishiga moxir erkan Kop ishlar dogi andin zoxir erkin. Furqat poemasida yaratilgan Suvorov obrazi tarixiy Suvorovdagi asosiy xususiyatlarni, umuman, togri aks ettiriladi. Furqat dostonida Suvorov, dastavval, rus erining butunligi va xavfsizligi uchun kuch va gayratini ayamaydigan vatanparvar sarkarda sifatida gavdalanadi. Podshox Pavel 1 va saroy doiralaridagi reaktsionarlar bilan kelisha olmay, ishni tark etib, qarilik choglarini oz qishlogi Kongonskoeda otkazayotgan Suvorov vatanning birinchi chaqirigi bilanoq frantsuzlarning tajovuzkorligiga qarshi otlanib, sarkardalikni qabul qildi va oz yurtini chet el bosqichlari xujumidan ximoya qilishda butun bilim va qobiliyatini ishga soldi. Suvorovning bu xarakati uning xaqiqiy rus vatanparvari ekanligini yaqqol korsatib turadi. Garchi ilgari podsho unga: Dedikim:-Nav zanunlar birla qonun, Senga malum emas bolsa ozing bil! Ketib mundin bolak ishni topib qil!-deb, ulug sarkardani xaqoratlab vazifasidan ozod qilgan bolsa-da, A.V.Suvorov vatan va xalq boshiga ogir kunlar tushganda kek saqlamadi, uning ximoyasi uchun bel bogladi. Suvorov rus xalqining zor irodasiga, rus soldatining qaxramonlik kuchiga, jasurligiga, kuchli sabr-matonatiga astoydil ishonar edi, chunki ozida xam shunday xususiyatlar bor edi. Uning rus soldatlarini zor muxabbat bilan sevishi va ular kuchiga cheksiz ishonishining boisi xam shunda edi. Tarixiy shaxs Suvorov bilan Furqat poemasidagi Suvorov obrazi ortasida tola uygunlik, moslik mavjud. Furqat dostonida Suvorov buyuk sarkarda sifatidagina emas, balki olijanob odam sifatida xam tasvirlanadi. Kamtarlik, soddalik, samimiyat va xaqgoylik Suvorovga xos insoniy fazilatlardir. Tarixiy shaxs Suvorovga xos bolgan bu olijanob xislatlar dostonda togri va xaqqoniy aks ettirilgan. Suvorov Konganskoe qishlogida yashagan davrida ozini kamtar tutadi, dexqonlar bilan samimiy va dostona muomalada boladi: Na ish bolsa va lekin qayonda, Bilur erdi turubon ul makonda. Yurar erdi bolib bir rasmi odam, Oshal qishloq xalqi birla boxam. Xushchaqchoq tabiatli, ochiq kongilli Suvorov qishloq bolalarini toplab, ulardan qoshin tuzadi, ularga yogoch miltiq, chopdon qilich berib, xarbiy ish nizomini orgatadi. Bu mashqlar orqali Suvorov qishloq bolalarini vatanparvarlik ruxida tarbiyalaydi, oz vaqtini xam chog otkazadi: Yigib yosh bolalarni bazi ovqat, Yagoch miltiq berib aylardi sallot. Alarga ozini saraskar aylab, Qilich chordin oziga darbar aylab. Berib miltiq otarni xam urushni Furqatning Suvorov xaqida dostoni katta marifiy va tarbiyaviy axamiyatga molik bolishi bilan birga, muxim tarixiy axamiyatga xam egadir. Shoirning ozbek adabiyoti tarixi oldidagi unutilmas xizmati shuki, u ozbek adabiyotida birinchi bolib rus tarixi va madaniyatining mashxur arbobi Suvorov obrazini yaratdi. Furqat bu bilan ozbek kitobxonlari ortasida rus xayotiga, tarixiga va madaniyatiga xurmat xislarini uygotdi, rus xalqining asl farzandlariga, ilgor namoyandalariga nisbatan muxabbat tuygularini tarbiyaladi. Binobarin, mashxur marifatparvar shoir Furqat xaqiqiy novatordir. U ozining ajoyib ijodiy faoliyati bilan adabiyotimizga yangi goyalar, yangi obrazlar olib kirdi. Download 71.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling