Ii. Asosiy qism Me’yordan og’ishlik tiplari


Download 416.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana05.05.2023
Hajmi416.49 Kb.
#1432689
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Meyor va meyordan og\'ishlik ijtimoiy pedagogik muammo sifatida

Ruhiy nuqsonlarga insonning ruhiy rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik 
kamchilik kiradi. Bularga nutq va miya faoliyatining, shuningdek, aqliy 
rivojlanishning buzilishlari xosdir. 


~ 20 ~ 
Murakkab nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan jismoniy va ruhiy 
kamchiliklarni o’zida mujassam etadi. 
Og`ir nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan shunday nuqsonki, bu nuqson 
mavjud bo’lgan holatda davlat ta`lim standartlariga mos ravishda ta`lim olishning iloji 
umuman bo’lmaydi. 
Bola jismoniy rivojlanishidagi og`ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish 
qobiliyatlarining buzilishlari kiradi.
Ruhiy og`ishlar, avvalambor, bolaning aqliy rivojlanishi hamda ruhiy 
nuqsonlariga bog`liqdir. Bu turdagi og`ishlarga ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi 
va oqibatda, bolalarning aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab 
tizimining tug`ma nuqsonlari yoki jarohati asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy 
qoloqlik turli darajada engil aqliy zaiflikdan, chuqur — tentaklikkacha namoyon 
bo’ladi. 
Ruhiy og`ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy 
og`ishlarning yana bir turi emotsional-irodaviy sohadagi faoliyatning buzilishidir. Bu 
og`ish turining eng og`ir shakllari deb autizm (yunoncha aytos — o’zim) — muloqotga 
ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish) kabilarni keltirish mumkin. 
Bolalarning iqgidorliligi alohida og`ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni 
muvaffaqiyatli bajarilishini ta`minlab beruvchi qobiliyatlarning o’ziga xos 
uyg`unligidir. Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab, balki faoliyat 
mahsullari tavsifga qarab ham belgilanadi. 
3.Me’yordan og’ish nazariyasi
Pedagogik og`ishlar tushunchasi pedagogika va ijtimoiy pedagogikada hozircha 
kam qo’llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik faoliyatda pedagogik 
maqsadlarni amalga oshirish, shaxe rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun 
ta`lim olayotganlar faoliyatini tartibga solishda turli me`yorlar qo’llanilmoqda. 
Avvalambor, bu ta`lim darajasini belgilaydigan standartlarga, shuningdek, o’quvchi 
intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga qo’shimcha qilib, ta`lim olishda yuqori 
natijalarni ta`minlab beruvchi bola rivojlanishining me`yorlarini ham kiritsak bo’ladi. 


~ 21 ~ 
Ta`lim olinishi yoki olinmasligi me`yorlari haqida nihoyatda, aniqpik bilan 
gapirsa bo’ladi. Turli sabablarga ko’ra ta`lim ololmagan bolalar ham mavjud bo’lib, 
me`yordan bunday ogishlarni “pedagogik og`ish” desak bo’ladi. Umumiy ta`lim 
olmagan, maktabga bormaydigan, faqatgina boshlang`ich maktabni tugatgan, umumiy 
o’rta ta`lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bunday holatlarni yuzaga 
kelishining sabablari talaygina: dars qoldirish o’qishga intilishni susaytiradi, oiladagi 
notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko’chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy 
kataklizmalar bolalar ota-onalaridan judo bo’lishlariga olib keladi. Daydilikka 
moyilligi bo’lgan bolalar soni ham ko’paymoqtsa. Bolalar maktablarda tahsil 
olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirish mumkin. 
Ruhiy va jismoniy rivojlanishda og`ishga ega bo’lgan bolalarning ta`lim 
olishlaridagi katta qiyinchiliklarini ham ta`kiddab o’tish joiz. YUqorida aytilganidek, 
bunday bolalar uchun alohida maktablar bo’lib, u erda ular etuk mutaxassislar qo’l 
ostida ta`lim olishadi. Biroq ko’p narsa bola qaerda yashashiga (qishloq yoki shaharda) 
va qanday oiladan ekanligiga bog`liq. Ba`zi sog`lig`ida muammosi bor bolalar uchun 
ta`lim 
uyda 
individual 
tarzda 
beriladi. 
Bu 
bolalarning 
jamiyatga 
integratsiyalashuvining asosiy muammosi ularning keyinchalik kasbiy ta`lim olishlari 
bilan bog`liq. 
Ijtimoiy rivojlanishlarining buzilib bo’lganligi sababli, biror-bir kasbiy faoliyatni 
tanlay olmaydigan bolalarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Bunday 
bolalarni biror-bir ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat sohesida o’zlarini sinab ko’rish 
xohishlarining yo’qligi birlashtiradi. Bu holatdagi og`ishni engib o’tish uchun 
mutaxassisning ijtimoiy pedagogik yordamiga muhtoj bolalar ham paydo bo’ladilar. 

Download 416.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling