~ 19 ~
3.Meyordan ogʻish turlari va ular haqida umumiy tasnif
Og`ish turlari. Me`yordan chetga chiqishni shartli ravishda to’rt guruhga ajratsak
bo’ladi:
jismoniy, ruhiy, pedagogik va ijtimoiy. Quyida ularga batafsil to’xtalib
o’tamiz.
Me`yordan
jismoniy og`ish, avvalambor, inson sogligiga bog`liq. Sog`liqdagi
og`ish irsiy omillar yoki biror-bir tashqi holatlar og`ir ekologik vaziyat,
ichimlik
suvining sifatsizligi, oila hayoti darajasining pastligi
va boshqalar asosida yuzaga
kelishi mumkin.
Sog`ligida va rivojlanishida og`ishga moyillarning xilma- xil tasniflari mavjud.
Umumjahon sog`liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan imkoniyatlarning uch
bo’g`ini shkalasining britancha variantini qabul qildi:
1.
kasallik, xastalik — ruhiy yoki fiziologik funkiiyalar, anatomik struktura
unsurlarini har qanday yo’qotish yoki ularning anomaliyasi;
2.
cheklangan imkoniyat — inson uchun norma hisoblangan chegarada
biror-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yo’qotish yoki cheklab qo’yish;
3.
nogironlik yosh, jins yoki ijtimoiy
omillardan kelib chiqib, insonning
biron-bir faoliyatni bajarishini cheklovchi yoki unga to’sqinlik
qiluvchi cheklangan
imkoniyat.
G`arb davlatlarida “imkoniyatlari cheklangan shaxs” tushunchasi mavjud. Ularga
ta`lim standartlarini o’zlashtirishga to’sqinlik qiluvchi jismoniy yoki ruhiy
kamchiliklarga ega bo’lgan bolalar kiradi.
SHuningdek, '‘nuqson” tushunchasi ham
mavjud bo’lib, uning to’rt turi: ruhiy, jismoniy, murakkab va og`ir turlari mavjud.
Jismoniy nuqsonlarga inson organining faoliyat yurgizishiga yoki rivojlanishiga
halaqit beradigan doimiy
yoki vaqtinchalik kamchiliklar, shuningdek,
har qanday
somatik yoki yuqumli xastaliklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: