Ii bob bozor munosabatlarida huquqiy madaniyat tarbiyani amalga oshirishda va yuksaltirishda olib boriladigan islohatlar


II BOB bozor munosabatlarida huquqiy madaniyat tarbiyani amalga oshirishda va yuksaltirishda olib boriladigan islohatlar


Download 468.04 Kb.
bet4/6
Sana28.01.2023
Hajmi468.04 Kb.
#1135849
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOZOR MUNOSABATLARIDA HUQUQIY MADANIYAT VA HUQUQIY TARBIYANING O\'RNI

II BOB bozor munosabatlarida huquqiy madaniyat tarbiyani amalga oshirishda va yuksaltirishda olib boriladigan islohatlar
O’quvchilarda baynamlinallik tuyg’usini shakllantirishda ta’lim muassasalari qoshida faoliyat yurituvchi «Do’stlik klubi»ning ta’siri kattadir. Binobarin, turli millatlarga mansub bolalar o’rtasida do’stlik aloqalarining bog’lanishi ularda bir-birlariga nisbatan hurmatni qaror toptiribgina qolmay, o’zga millat yoki elatlarning urf-odatlari, an’analari, tili, madaniyati va qadriyatlarini puxta o’rganishga ko’maklashadi. Bu boradagi bilimlar esa ularda shovinistik (millatchilik) kayfiyatining shakllanishiga to’sqinlik qiladi. SHuningdek, o’quvchilarni Respublika Baynalminal markazi yoki joylardagi Milliy-madaniy Markazlarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va elat vakillarini birlashtiruvchi 138 ta Milliy-madaiy markazlar faoliyat yuritayotgani to’g’risida ma’lumotlar berib, ular tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarga o’quvchilarni faol jalb etish ham ijobiy natijalarni beradi.
Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi. 1993 yil mart oyida e’lon qilingan "Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi"da qayd etilganidek: "Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so’zsiz rioya etish, adliyaviy bilimlarni egallashga ehtiyoj sezish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati haqida o’quvchilarning umumiy tasavvurlarini shaklantirishdan iboratdir1. Biz turkustonliklar vz vatanimizni jonimizdan ortiq suydig’imiz kabi. Arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho’llarini, eskumular shamol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerdlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi»1.
Inson o’zi tug’ilib o’sgan vatanda orzu-umidlari, niyatlari, hayotiy intilishlari bilan o’ziga yaqin bo’lgan kishilar davrasida bo’ladi, o’zi ko’nikkan turmush tarzi bo’yicha kun kechiradi, bolalikdan o’zi ko’nikkan ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etadi, hayotining bir qismiga aylangan tilda- 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi" g’oyalari jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni
rivojlantirish borasida qimmatli nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.Huquqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda
dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Zero, huquqiy ta’lim o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar
hayotdagi ahamiyatini to’g’ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo’lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qarortoptirish, har qanday ko’rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashnitashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi. SHaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta'minlashga o'zining jiddiy salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda.
Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi olatlarining vujudga kelishiga sabab bo'lmoqda.
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to'sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. Xususan: birinchidan, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishlari tizimli va uzviy tashkil etilmayapti. Jamiyatda, oilada, mahallada, ta'lim muassasalarida va tashkilotlarda huquqiy axborotlarni yetkazishning ta'sirchan mexanizmi mavjud emas. Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash g'oyalari aholi, ayniqsa, davlat xizmatchilari ongiga yetarli darajada singdirilmayapti;
ikkinchidan, uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim jarayonlari huquqiy tarbiya bilan uyg'un olib borilmayapti, aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishda o'zbek xalqining tarixi, dini, urf-odatlari, milliy qadriyatlariga tayanilmayapti;
uchinchidan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbirlarni tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik tizimi yaratilmagan, ijtimoiy sheriklik prinsipi asosida ishlar tashkil etilmagan;
to'rtinchidan, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishning aniq maqsadli chora-tadbirlari belgilanmagan;
beshinchidan, jamiyatda manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil etishda va amalga oshirishda davlat organlari va boshqa sohaviy xizmatlarning faol ishtiroki ta'minlanmayapti, bu borada yuqori natijadorlik va samaradorlik ko'zga tashlanmayapti;
oltinchidan, huquqiy tadbirlar hamon an'anaviy usullarda, oddiy uchrashuvlarni o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilmoqda, bu borada targ'ibotning innovatsion usullaridan, shu jumladan, veb-texnologiyalardan foydalanilmayapti, huquqiy yo'nalishdagi veb-saytlar yetarli emas; yettinchidan, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalarni rag'batlantirishning huquqiy mexanizmlari mavjud emas, bu borada tadbirlar nomigagina tashkil etilmoqda, huquqiy bilimlarni yuksaltirish bo'yicha huquqiy adabiyotlarni chop etish va tarqatish, ilmiy izlanishlarni olib borish ishlari samarasiz amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallamokda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo'lmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma'naviy o'zgartirish sohasida keng ko'lamli islohotlar o'tkazilmoqda. O'tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.
Huquqiy madaniyatning mohiyati, mazmuni, tarkibiy tuzilishi va namoyon bo'lishining falsafiy, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va yuridik muammolarini tadqiq etish, uni shakllantirish va yanada yuksaltirish usullarini aniqlashga ilmiy izlanishlarning ustuvor yo'nalishi deb qaralmog'i lozim.
Shaxs umumiy va huquqiy madaniyatining o'zaro bog'liqligi; huquqiy madaniyat va huquqiy fe'l-atvor; ijtimoiy ongni shakllantirishda huquqning o'rni; huquqiy tarbiya va aholining ijtimoiy faolligi; huquqiy ongga ta'sir etish shakllari va usullari; huquqiy ongning psixologik jihatlari; huquqiy ongdagi ijtimoiy buzilish va salbiy o'zgarishlar; aholining turli qatlam va ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyati kabi dolzarb muammolar bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazilishi ayniqsa dolzarbdir.
Huquqiy madaniyat muammolarini tadqiq etishning sotsiologik negizini rivojlantirish, umuman jamiyatdagi huquqiy madaniyat va aholining turli qatlamlari huquqiy madaniyati holatining haqiqiy manzarasini aniqlash uchun so'rovlar o'tkazish va huquq, uning ijtimoiy qadri hamda tartibga soluvchanlik vazifasi to'g'risida jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa usullarini qo'llanish zarur. Huquqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik muammolarini tadqiq etishga alohida e'tibor qaratilmog'i lozim. Xalq ta'limi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari manfaatdor tashkilotlarning ishtirokida yoshlarni huquqiy tarbiyalashning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqishlari kerak. O'zbekiston Respublikasining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, xorijiy davlatlardagi huquqiy madaniyatni oshirishga doir ilmiy tadqiqotlarning natijalarini nashr etish va ulardan foydalanishni kengaytirish, bu sohada ilmiy axborot ayirboshlashni yo'lga qo'yish muhimdir.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyalari fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, huquqiy madaniyatini qaror toptirish – fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosiy talabi sanaladi.

2.1 Respublikamizning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy islohotlarning borishi va mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma'lumotnoma


Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimiz davlatchiligi tarixi, milliy qadriyatlar va jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan isloh qilish va rivojlantirish milliy modeliga ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning beshta asosiy tamoyili asos qilib olindi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillari

Birinchi tamoyil: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, bu shuni anglatadiki, iqtisodiy islohotlar har qanday aqidalar va eskirgan andozalardan holi bo‘lishi va qandaydir mafkuraga bo‘ysunmasligi lozim.
Ikkinchi tamoyil: Davlat – bosh islohotchi, u islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilab berishi va ularni hayotga izchil tatbiq etishi shart.
Uchinchi tamoyil: Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi. Demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga istisnosiz barcha rioya qilishi shart.
To‘rtinchi tamoyil: kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtning o‘zida aholining, ayniqsa kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning, pensiya yoshidagi insonlarning ishonchli ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni qo‘llash zarur.
Beshinchi tamoyil: Bozor munosabatlariga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonuniyatlarni hisobga olgan holda, izchil, chuqur o‘ylab, bosqichma-bosqich evolyutsion yo‘l bilan amalga oshiriladi.

Rivojlanishning «o‘zbek modeli» deb nom olgan jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash modelining amalga oshirilishi tarixan qisqa muddatlarda iqtisodiyotning tarkibini tubdan o‘zgartirish, makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini berdi.
YAIMning o‘sish sur’atlari (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)

O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgan vaqtdan buyon mamlakat YAIMining hajmi xarid qilish qobiliyatining pariteti bo‘yicha qariyb 4,5 marta oshdi, shu bilan birga, so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kamida 8 foizni tashkil qilmoqda.
Inflyatsiya darajasi (o‘tgan yil dekabr oyiga nisbatan foiz hisobida)

Byudjet saldosi (YAIMga nisbatan foiz hisobida)

1991-2013 yillarda sanoat ishlab chiqarish hajmi 3,7 marta oshdi va oxirgi 10 yilda sanoat o‘sishining o‘rtacha yillik sur’atlari YAIMning o‘sish sur’atlariga qaraganda ilgarilab, 9,4 foizni tashkil qilmoqda.
Sanoat mahsulotlarining o‘sish sur'atlari (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)

2000-2013 yillarda YAIM tarkibida sanoatning ulushi 14,2 foizdan 24,2 foizgacha o‘sdi, bunda sanoatning tarkibi sezilarli darajada diversifikatsiya qilindi, bu sanoatda xomashyoga yo‘naltirilishdan ichki va tashqi bozorda talab etilgan tayyor tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi hisoblanadi. 
Shu bilan birga, ushbu davrda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘sishining yuqori sur’atlari (har yili o‘rtacha 6,1%) saqlab qolingan holda YAIM tarkibida qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 17,6 foizgacha kamaydi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarkibi, foiz hisobida

2013 yilda sanoatning tarmoq tarkibi, foiz hisobida

O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi.
Asaka va Pitnak shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga tushirildi.
Neft-gaz-kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.
Shu bilan birga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishlar samaradorligini oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda, ular natijasida 2000-2013 yillarda mehnat unumdorligi 2,1 marta oshib, iqtisodiyotning energiya sarfi 3,2 martaga qisqardi.



Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targʻibotning ilgʻor va taʼsirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida:
1. Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirishdemokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy gʻoyanimustahkamlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini keng targʻib qilish;
yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;
aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan uygʻun holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;
davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirish borasidagi oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish;
ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan taʼminlashdagi rolini oshirish, huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish;
yuridik taʼlimni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.


Download 468.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling