9
I BOB. MODELLASHTIRISH MASALALARI VA ULARNI YARATISH
TEXNOLOGIYASI
1.1. Model tushunchasi va modellashtirish o„quv modellari
“Model”
so„zi
lotincha
modelus
so„zidan
olingan
bo„lib,o„lchov,me‟yor,obraz,aksi(in‟ikosi)ma‟nolarini anglatadi. Model so‗zi
zamanaviy ta‘dqiqot usullaridan xisoblangan modellashtirishda keng qo‗llaniladi
(modellashtirishning asosi xisoblanadi).
Modellashtirish deb ta‘dqiqot ostiga olingan obektni bevosita emas,balki
bilvosita, ya‘ni bazi bir yordamchi obektlarni analiz qilish yo‗li bilan o‗rganishga
aytiladi. Bunday yordamchi obektlarga model deyiladi.
Modellarni sinflarga
ajratishga asos qilib, modelni orginaldan abstraksiyalash
(mavxumlash) darajasi olingan. Dastlab xamma modellarni
ikki guruxga ajiratish
mumkin. Moddiy (fizik) va abstrakt (matematik).
Fizik model deb orginalga ekvivalent yoki o‗xshash bo‗lgan tizimlar tushiniladi.
Boshqacha aytganda ishlash jarayoni orginaliga o‗xshash bo‗lgan u yoki bu fizik
tabiatga ega bo‗lgan tizimlarga aytiladi. Fizik modellarni quyidagi turlarini ko‗rsatish
mumkin:
naturaviy, kvazinaturaviy, masshtab va analog modellar.
Naturaviy modullar – bu real tadqiq etilayotgan tizimlardir. Ularni maketlar
yoki tajriba ko‗rinishi deyiladi. Bunday modellar tizim-orginallarga to‗la adektiv
bo‗ladi va natijada modellashtirish natijalarini yuqori aniqligini
va ishonchliligini
ta‘minlaydi. Xisoblash tizimlarini loyixalash jarayoni tajriba ko‗rinishlarini sinash
bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: