49
ustida, vinchester rusumidagi diskda va videoprotsessor ustida ventilyator borligining
o‗zi kompyuterning qizib ketishi xavfi qanchalik kattaligini ko‗rsatib turibdi.
Ayniqsa, respublikamiz sharoitida bahor va yoz oylarida
ob-havoning keskin isib
ketishi bu xavfni yanada oshiradi. To‗g‗ri, kompyuter uskunalarining qizib ketishi
ko‗proq ularning ishdan
chiqishiga olib kelsa-da, kuygan uskunalar elektr ta‘minoti
tizimida qisqa tutashuvga va yong‗inga sabab bo‗lishi mumkin. Kompyuter qizib
ketishining oldini olish uchun ularning korpusidagi ventilyasion
teshiklar berkilib
qolishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak. Ularga havo oqimlarining bemalol bora olishi uchun
kompyuterni devorga taqab qo‗yish, ularni saqlash uchun mo‗ljallangan temir
qutilarda
turgan holida ishlatish, kompyuter va monitor ustiga qog‗oz varaqlari,
daftar va kitoblarni qo‗yish, kompyuter texnikasini ularni
changdan saqlash uchun
maxsus tikilgan g‗iloflarni yig‗ishtirmay ishlatish taqiqlanadi. Kompyuter
texnikasining ashaddiy dushmani havodagi chang bo‗lib, u havoni kompyuter ichiga
haydaydigan
ventilyatorlar
tufayli
kompyuter
ichida
yig‗ilib
qoladi,
ventilyatorlarning o‗zi to‗xtab qolishiga olib keladi, elektron uskunalar ustini qoplab,
ularning tashqi muhitga issiqlik uzatish
imkoniyatlarini kamaytirib, ularning
kuyishiga olib keladi. Havodagi chang miqdorini
kamaytirish uchun xonaning
devorlari, poli va shifti, eshik va derazalarni bo‗yashda faqat moyli bo‗yoqlar
ishlatilishi kerak va suvli bo‗yoqlardan bu maqsadda foydalanib bo‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: