Ii bob. Diplomatika fanining tarixni o’rganishdagi o’rni


Download 34.98 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi34.98 Kb.
#1584568
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diplomatika ilmiy fan sifatida


KIRISH
I BOB. Diplomatika ilmiy fan sifatida.
1.1. Diplomatika ilmiy, nazariy va amaliy fan sohasi sifatida.
1.2. Diplomatika o‘quv fanining maqsadi, vazifalari metodologik asoslari.
II BOB. Diplomatika fanining tarixni o’rganishdagi o’rni.
2.1. Diplomatiya fanininng qadimgi kelib chiqishi.
2.2. Diplomatika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Ushbu fan Markaziy Osiyo xududida hujjatshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi davlatchilik tarixi bilan, kichik va katta davlat tashkilotlarining barpo qilinishi bilan bog‘liq. Markaziy Osiyoda yozuv paydo bo‘lishi bilan muhim voqea-hodisalarni qandaydir qattiq narsalarga – devor, tosh, sopol buyumlar, metal taxtacha, yog‘och va yog‘och taxtachalarga qayd qilib borish an’analari paydo bo‘ldi. Shunday qilib, muhim voqealar hujjatlashtirilib borilgan va hujjatlarni saqlash an’anasi paydo bo‘lgan. Zarafshon daryosining yuqori qismida so‘g‘d hujjatlarining ulkan arxivi topilgan. Tarix fanida bu arxiv “Mug‘ tog‘i sug‘d hujjatlari” nomi bilan ataladi. Arablar bosqinidan keyin devonxona ish yuritish va arxivlashtirish ishlari yanada rivojlandi va kengaydi. Ayniqsa, ma’muriy-xo‘jalik tizimi rivojlangan somoniylar davlatidagi davlat boshqaruvini alohida ko‘rsatish mumkin. O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlarda devonxona ish yuritishi va hujjatchiliki keng tarqalgan. Diplomatika-yordamchi tarixiy fan bo’lib, tarixiy aktlar asosan yuridik hujjatlarni o’rganadi. Mazkur fanning asosiy vazifasi muhim hujjatlarni bugungi kunga qadar saqlaydi. Markaziy Osiyo mintaqasi miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragidan, ya’ni ilk temir davridan boshlab xududiy davlatchilik jarayonlariga kirib kelgan. Manbalarda Xvarasmiya, Sug‘uda, Mauri (Marg‘iyona), Baxdi (Baqtriya), Sakastana (Seiston), Xarxusha (Oraxosiya) kabi davlat uyushmalari haqidagi ma’lumotlar xronologik jihatdan mil av. VII-VI asrlarga taalluqli siyosiy tuzilmalar to‘g‘risida tasavvur beradi. Jahon miqiyosida davlatchilik va davlat hujjatchiligi tarixi mil.av. IV ming yillik oxiri – III ming yillik birinchi choragidan boshlab kuzatiladi. Lekin u davr hujjatchiligida amal qilgan yozuv tasvir ifodali ierogliflardang iborat edi. Mesopotamiya xududlarida esa dastlabki bo‘g‘inli panasimon ieroglif tizimi yaratilgan edi. Markaziy Osiyo davlatchilik mahkamaviy ish yuritishi haqida gap ketganda, bu amaliyot yozuv madaniyatining yuqori saviyasini belgilovchi alifboli yozuv tizimlaridan foydalanilgan va bu davr miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalaridan boshlangan. Ma’lumki, Ahmoniylar saltanati O‘rta Osiyo va O‘rta Sharq mintaqasining katta qismini ham o‘z tasarrufiga olgan Bu mintaqada Ahmoniylar davlatida amal qilgan oromiy yozuvli hujjatchilik saqlanib qolmagan. Biroq saltanat doirasiga kirgan Parfiya, Xorazm, So‘g‘d va Baqtriya o‘lkalarida tez orada oromiy yozuvi asosida mahalliy tillarga muvofiqlashgan yangi alifbolar paydo bo‘lgan. Ayni shu alifbo tizimlarida yozilgan davlat hujjatlarini arxivlashtirish jarayoni miloddan avvalgi so‘nggi asrlarda va milodning I asridan boshlab ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Parfiya, Kushon, Xorazm, So‘g‘d arxivlari fikrimizning dalili bo‘la oladi. Ahmoniylar salatanatida amal qilgan oromiy yozuvli va oromiy tilli hujjatchilik arxivlari saltanatning g‘arbiy qismiga taalluqli bo‘lib, bizning mavzuimizdan tashqaridadir (bular Elefantin arxivi mil.avvalgi V asr, Suza arxivi mil av. VI asr, Persopol arxivi mil.av. V asr va boshqalar).1 Ahmoniylar davlatidagi davlat hujjatlarini arxivlashtirish an’analari Markaziy Osiyoga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Jumladan, Afg‘oniston shimolidagi Ravatak qishlog‘idan kushonlar davriga oid katta arxiv topilgan U yerdan 80 yillarda 100 dan ortiq baqtriya hujjatalri topilgan, ular teri, mato va taxtachalarga yozilgan. 1948 yilda M.E.Masson rahbarligidagi Janubiy Turmaniston arxeologik ekspedisiyasi vakillari Yangi Nisodan bir necha oromiy yozuvli sopol bo‘laklarini topishgan Eski Nisodagi vino omboridan yozuvlar bitilgan sopol bo‘laklari topilgan. Fanga Eski Niso arxivi nomi bilan kirgan parfiya arxiv hujjatlari qadimgi tariximizni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Markaziy Osiyo mintaqasi miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragidan, ya’ni ilk temir davridan boshlab xududiy davlatchilik jarayonlariga kirib kelgan. Manbalarda Xvarasmiya, Sug‘uda, Mauri (Marg‘iyona), Baxdi (Baqtriya), Sakastana (Seiston), Xarxusha (Oraxosiya) kabi davlat uyushmalari haqidagi ma’lumotlar xronologik jihatdan mil av. VII-VI asrlarga taalluqli siyosiy tuzilmalar to‘g‘risida tasavvur beradi. Jahon miqiyosida davlatchilik va davlat hujjatchiligi tarixi mil.av. IV ming yillik oxiri – III ming yillik birinchi choragidan boshlab kuzatiladi. Lekin u davr hujjatchiligida amal qilgan yozuv tasvir ifodali ierogliflardang iborat edi. Mesopotamiya xududlarida esa dastlabki bo‘g‘inli panasimon ieroglif tizimi yaratilgan edi. Markaziy Osiyo davlatchilik mahkamaviy ish yuritishi haqida gap ketganda, bu amaliyot yozuv madaniyatining yuqori saviyasini belgilovchi alifboli yozuv tizimlaridan foydalanilgan va bu davr miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalaridan boshlangan. Ma’lumki, Ahmoniylar saltanati O‘rta Osiyo va O‘rta Sharq mintaqasining katta qismini ham o‘z tasarrufiga olgan Bu mintaqada Ahmoniylar davlatida amal qilgan oromiy yozuvli hujjatchilik saqlanib qolmagan. Biroq saltanat doirasiga kirgan Parfiya, Xorazm, So‘g‘d va Baqtriya o‘lkalarida tez orada oromiy yozuvi asosida mahalliy tillarga muvofiqlashgan yangi alifbolar paydo bo‘lgan. Ayni shu alifbo tizimlarida yozilgan davlat hujjatlarini arxivlashtirish jarayoni miloddan avvalgi so‘nggi asrlarda va milodning I asridan boshlab ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Parfiya, Kushon, Xorazm, So‘g‘d arxivlari fikrimizning dalili bo‘la oladi. Ahmoniylar salatanatida amal qilgan oromiy yozuvli va oromiy tilli hujjatchilik arxivlari saltanatning g‘arbiy qismiga taalluqli bo‘lib, bizning mavzuimizdan tashqaridadir (bular Elefantin arxivi mil.avvalgi V asr, Suza arxivi mil av. VI asr, Persopol arxivi mil.av. V asr va boshqalar).1 Ahmoniylar davlatidagi davlat hujjatlarini arxivlashtirish an’analari Markaziy Osiyoga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Jumladan, Afg‘oniston shimolidagi Ravatak qishlog‘idan kushonlar davriga oid katta arxiv topilgan U yerdan 80 yillarda 100 dan ortiq baqtriya hujjatalri topilgan, ular teri, mato va taxtachalarga yozilgan. 1948 yilda M.E.Masson rahbarligidagi Janubiy Turmaniston arxeologik ekspedisiyasi vakillari Yangi Nisodan bir necha oromiy yozuvli sopol bo‘laklarini topishgan Eski Nisodagi vino omboridan yozuvlar bitilgan sopol bo‘laklari topilgan. Fanga Eski Niso arxivi nomi bilan kirgan parfiya arxiv hujjatlari qadimgi tariximizni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.


Download 34.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling