Ii. Bob. Jo’raqulovlarni bayonlariga ko’ra Markaziy Osiyoda Zarautsoy


Download 0.49 Mb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1220500
  1   2   3
Bog'liq
Antropologiyaning asosiy tadqiqot ob`ektlari


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI SIRTQI TA’LIM YO`NALISHI
III-BOSQICH 220-GURUH
TALABASI NOSIROV ABDUMALIKNING
TARIXIY O`LKASHUNOSLIK FANIDAN YOZGAN

KURS ISHI


Mavzu: Antropologiyaning asosiy tadqiqot ob`ektlari.

Termiz-2022


Mundarija
Kirish…………………………………………………………..3
Asosiy qism
I.BOB. Antropologiyaning asosiy tadqiqot ob`ekti ……..………….7
1.1 Antropologiyada siyosiy tizemlar va siyosat………..……12
1.2 Madaniy antropologiya…………………………….………18
II. BOB. Jo’raqulovlarni bayonlariga ko’ra Markaziy Osiyoda Zarautsoy…………………………………………………………….25
2.1 Funksionalizm………………………………30
2.2 Zamonaviy insonning shakllanish omillari va antropogenez
Xulosa………………………………………………………….36
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..37
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining moddiy va madaniy boyliklari tarixini o‘rganishda o‘lkashunoslik fanining tutgan o‘rni nihoyatda katta. Chunki o‘lkahunoshlikning arxeologiyaga oid shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari, yodgorlik hujjatlari elshunoslik va toponomikaga oid materiallardan o‘rinli foydalanish orqali o‘rganish amalga oshiriladi. Tarixiy yodgorliklarga insoniyat hayotidagi eng muhim voqealar, jamiyatning rivojlanish bosqichlari, inqilobiy harakatlar bo‘lib o‘tgan joylar, atoqli sarkardalar, yirik davlat fan va madaniyat arboblarining nomlari bilan bog‘liq voqea joylari, o‘tmishdan bizga meros bo‘lgan qo‘lyozma asarlar manbalari asosida o‘rganiladi. Jizzax vohasida yashab ijod qilgan Fozil shoir, Muhammad Rizo, Narzulla Umrzoq o‘g‘li, Shermat, Maxzun, Mulla Azim, Mahmur Koriziy, Muazzamxon, Alamkash singari o‘z davrining yetuk shoirlarini XX asrda ijod qilgan buyuk yozuvchi, davlat va jamoat arbobi Sh. Rashidov O‘zbekiston xalq shoiri H. Olimjon, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Nazir Safarov, bolalar shoiri Shukur Sa’dulla, shoir Nazirjon Barakayev, yozuvchi Keldi Qodirov, ikki marta Mehnat Qahramoni Hamroqul Nosirovlar Jizzax viloyati taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Jizzax, Sirdaryo viloyatlari arxeologik yodgorliklarga boy bo‘lib, unga ko‘hna shaharlar, qo‘rg‘onlar, qal’alar, qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, qadimiy yo‘llarning qoldiqlari, dafn joylari qoyalardagi bitik tasvirlar va boshqa juda ko‘p joylar kiradi. Shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari esa me’morchilik ansambllari, tarixiy markazlar, mavzelar, maydonlar, ko‘chalar, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarning qoldiqlari: harbiy, diniy, xalq me’morchiligi inshootlari, monumental, tasviriy, amaliy dekorativ va boshqa turdagi san’at yodgorliklari, markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat boshqaruv organlarining turli xil yozma, chizma, kino, foto hujjatlari, tovush yozuvlari, qadimiy qo‘lyozmalar, arxiv materiallari, folklor va musiqa yozuvlari nodir bosma namunalaridan tashkil topgan. Ma’lumki, etnografik va toponomik ma- 9 teriallar orqali esa xalq urf-odatlari moddiy va ma’naviy madaniyat, xalqlarning ertak, folklor, mifologiyasi hamda joy nomlarining ilmiy jihatdan kelib chiqishi o‘rganiladi. Yuqoridagi tarixiy yodgorliklardan tashqari, tarixiy, ilmiy jihatdan qimmatga ega bo‘lgan obyektlar, muzeylarda saqlanayotgan eksponatlar va ulardan o‘quv ta’lim-tarbiya ishlarida foydalanishga mo‘ljallangan uslubiy materiallar ma’naviyat dars rejalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu manbalarni o‘rganish va umumlashtirish, o‘lkashunoslik tadqiqotchilari, jamoat o‘lkashunosligi va yosh tarixchilarga zarur ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Tarixiy oʻlkashunoslik — mahalliy aholi tomonidan oʻz ona yurti hisoblangan muayyan oʻlka, viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama oʻrganilishi. Oʻlkashunoslik. tabiiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy va boshqalar tadqiqotlar majmuidan iborat. Oʻlkashunoslikda oʻlkaning tabiati, aholisi, xoʻjaligi, tarixi, madaniyati, arxeologiyasi, oʻlka namoyandalari oʻrganiladi. Oʻlkashunoslik kompleks va soha  boʻlinadi. Kompleks Oʻlkashunoslik. turli sohalarni bir-biri bilan bogʻliq holda, soha . geografiya, tarix, etnografiya, madaniyat, toponomika va boshqalar sohalarga oid masalalarni alohida oʻrganadi. Hozirgi vaqtda ekologik vaziyat va tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish masalalarini oʻrganuvchi Oʻlkashunoslik . rivojlanmoqda. Oʻlkashunoslikning asosiy maqsadi oʻz oʻlkasi tabiati, aholisi, etnografiyasi, xoʻjaligi, madaniyati, ekologik vaziyat va h.k. haqida ashyoviy dalillar, maʼlumotlar, namunalar toʻplab, ularni ommalashtirib, aholi bilimini oshirishdir. Oʻlkashunoslik juda katta ijtimoiy-siyosiy, madaniymaorifiy, oʻquvtarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyatlarni aniqlash va ommalashtirishda Oʻlkashunoslikning oʻrni juda katta.
O’zbekistn Respublikasi mustaqilligining o’tgan tarixan qisqa davr mobaynida Respublikamiz hayotining barcha barcha jabhalarida ijobiy tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Hozirgi davrda milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi tanilayotgan bir paytda ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilgan g`oyat ulkan, bebaho ma’naviy, madaniy merosimizning, o’tmish tariximizni, qolaversa o’lkamizni rivojlantirish borasidagi barcha chora – tadbirlar, o’zlikni anglash kabi masalalar, davlat siyosat darajasida yechilishi lozim bo’lshgan g`oyat muhim vazifa qilib belgilandi. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tarixchi olimlar va ziyolilar vakillari bilan uchrashuvdagi nutqida ham O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi fanlar akademyasi tarix instuti faoliyatini takomillashtirish to’g`risida”gi qarorida tarixchi olimlar oldiga, o’lkamiz tarixini, milliy davlatchilik va O’zbek xalqini kelib chiqish (etnogenez)ni holisona yoritish xalqimizning ko’p asrlar qadimiy an’analarini boy tarixiy – madaniy merosini o’rganish muhim vazifa qilib qo’yildi1.
Bugungi kunda o’z – o’zini anglab mustaqiligimiz mustahkamlanib borayotgan bir damda, ona yurtining har bir farzandi uchun o’z tug`ilib o’sgan Vatanini tarixini sevish, o’rganish, diliga jo etishdan ham muqaddasroq burch bo’lmasa kerak O’lkamizni, vatanimizni tarixini yoritishda o’lkashunoslikning salmog`i kattadir.Har bir xalq tarixini asrab avaylab keladi. Tarixi ne’matlar bo’lmish merosdan kelajak sari ildam qadam bosish uchun kuch – quvvat oladi. Xalq ozodligi, faravonligi uchun qurbon bo’lgan milliy qahramonlar jasorati, millat ravnaqi uchun janbozlik qilgan ilm va fan sohiblarining faoliyati esa har bir avlod uchun yo’lchi yulduz bo’lib xizmat qiladi . Zero, o’z tarixidan bexabar xalq mazlum xalq, tarixi yolg`on bilan yozilgan xalq mahkum xalq, tarixini asragan va bilgan xalq – qudratli va tenglar ichida teng xalqdir2 Demak o’lkamizning tarixini o’rganish va unga o’z hissalarini qo’shgan Turkistonlik o’lkashunoslar xizmatlarini alohida ta’kidlab o’tishimiz joiz. Ular o’z ona yurti hisoblangan muayan o’lka, shahar yoki qishloq va boshqa territoriyalarning har tomonlama o’rganish, o’z o’lkasini, tabiatini, aholisini xo’jaligini, moddiy va ma’naviy madaniyatini o’rganib, ilmiy monografiya, maqolalar va asarlarning yuzagan kelishiga sabab bo’ldi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling