Ii bob. Korxona strategiyasini tanlash


Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?


Download 104.47 Kb.
bet5/16
Sana24.12.2022
Hajmi104.47 Kb.
#1062428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ii bob. Korxona strategiyasini tanlash

Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?

Kuch ‑ bu shunday xususiyatki, kompaniyaga qo’shimcha imkoniyatlar beradi. Bu kuch maxoratda, sezilarli tajribada, qimmatli tashkiliy resurslarda yoki aniq imkoniyatlarda, Korxonaga bozorda ustunlik yaratib beruvchi yutuqlarda bo’lishi mumkin. Kuch shuningdek, bozorda raqobatchilikni kuchaytirish tajribasiga ega bo’lgan boshqa bir kompaniya bilan qo’shilishi yoki sherikchilik qilish yo’li bilan xam yaratilishi mumkin.


Zaiflik ‑ bu kompaniya faoliyati uchun zarur bo’lgan nimaningdir yetishmasligi, kompaniya qila olmaydigan qandaydir ish yoki kompaniyani noqulay vaziyatga solib qo’yadigan sharoit. Kompaniyaning kuchli va zaif jixatlari aniqlangach, xar ikkala ro’yxat o’rganilishi va baholanishi lozim4. Buning uchun SWOT tizimi qo’llaniladi (tahlil, xarajatlar tahlili, imkoniyatlar va boshqalar tahlili). Bunda kuch va zaiflik balansi to’ziladi. Kompaniyaning eng muxim yutugi - bu raqiblariga nisbatan kompaniya yaxshi bajara oladigan ishdir.


Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?

Kompaniya axvoli tahlilining muxim qismi - bu Korxona xarajatlarining raqobatga bardoshliligini aniqlashdir. Baholardagi farqlarning kelib chiqish sabablari xilma‑xil bo’lishi mumkin. Ularning eng muximlari quyidagilar:



  1. xom ashyolar, butlovchi qismlar, quvvatlar va boshqa tovarlar narxlaridagi farq;

  2. texnologiyaning turliligi va jixozlar yoshining turliligi;

  3. ishlab chiqarish xarajatlarining turliligi;

  4. raqiblarning inflyatsiyaga va xorijiy valyutalar almashtiruv kurslarining o’zgarishiga bogliqlik darajasining turliligi;

  5. marketing xarajatlarining turliligi;

  6. transportirovka xarajatlarining turliligi ;

7)sotish shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarning turliligi.
Raqobatga bardoshli bo’lish uchun kompaniyaning xarajatlari raqiblar xarajatlariga teng yoki undan past bo’lishi lozim. Buning uchun kompaniya qiymatlar zanjirining xar bir bo’ginida tahlil o’tkaziladi. Qiymat yaratuvchi zanjir quyidagilardan iborat bo’ladi.
Asosiy faoliyat doirasida:

  1. moddiy‑texnika ta’minoti;

  2. tayyorlash;

  3. tovarlarni istemolchilarga yetkazish;

  4. sotish va marketing;

  5. xizmat ko’rsatish;

Qo’shimcha faoliyat doirasida:

  1. tadqiqotlar va ishlanmalar, texnologiyalar va tizimlarni rivojlantirish;

  2. inson resurslarini boshqarish;

  3. umumiy boshqarish;

Xarajatlarni to’gri baholash uchun menedjer 4 ta ishni bajarishi lozim:

  1. Korxonaning qiymatlar zanjirini to’zish;

  2. zanjir ichida turli uchastkalar o’rtasidagi aloqani o’rganish;

  3. bozorda muvaffaqiyat keltiruvchi faoliyat turlarini aniqlash;

  4. solishtirma baholash o’tkazish;




Download 104.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling