Ii bob. Leksikologiyani o‘qitishda samarali usullardan foydalanish
Download 196.48 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob Leksikalogiya . 1.1
- II bob. Leksikologiyani o‘qitishda samarali usullardan foydalanish 2.1
MUNDARIJA
KIRISH Ushbu uslubiy qo`llanma kasb – hunar maktablari o‘quvchilarining ona tili darslarida egallashi zarur bo‘lgan nazariy bilimlarni va fan bo‘yicha egallashlari kerak bo‘lgan umumiy tushunchalar haqida fikrlar berilgan va ona tilini o‘qitishda zamonaviy usullarning qo‘llanishi orqali talabalarni darsga jalb etish hamda qiziqtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Zamon shiddat bilan rivojlanib, yuksalib bormoqda. Hozirgi yosh avlod fan – tehnika davrida yashamoqda. Shunday ekan har bir o‘qituvchi ham zamon bilan hamnafas bo‘lishi, undan orqada qolmasligi kerak. Bu esa bizdan o‘z ustimizda tinmay ishlashimizni, bilimimiz va malakamizni oshirib borishimizni talab etadi. O‘zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga , avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millat ruhidir. Davlat tilini o‘rganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglangan majburiyatga aylanib bormoqda.O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to‘g‘risida tinmay g’amxo‘rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh va o‘quvchi o‘z ona tilidagi so‘z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So‘z fikr qurolidir. Kishi qanchalik ko‘p so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi. Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha, jumladan, ijtimoiy - iqtisodiy sohalarda, shuningdek, ta´lim tizimida ham keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bugungi kunda xorijiy davlatlarda samarali qo‘llanilayotgan “Keys-study”, “Loyiha”, hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari, “T-sxema”, “Blits-so‘rov” va boshqa interfaol usullar haqida ma'lumot, hamda ularni dars jarayoniga tatbiq etish mexanizmini yoritib berishga harakat qilinmoqda. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba (yoki o‘quvchi) larni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib kelingan edi. Bunday usul talaba (yoki o‘quvchi) larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi. Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Download 196.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling