Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari
Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi turli mamlakatlardagi jumladan Amerkadagi J.Xopkins universiteti professori R.Slavin, Minnesota universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson, Kaliforniya universiteti professori J.Aronson, Izroildagi Tel-Aviv universiteti professori SH.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan.
Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi didaktikada 1970-yillarda paydo bolgan.
Hamkorlikda o‘qitish texnalogiyasining bir nechta metodlari mavjud:
Komandada o‘qitish; Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish;
Hamkorlikda o‘qitishning zigzag yoki arra metodi
Guruhlarda hamkorlik o‘qitishda bitta mavzuni oladigan bo‘lsak , masalan, leksikologiya mavzusini o‘tganda o‘quvchilar mavzuni tinglagandan so‘ng komandalar so‘zlarning turlari haqida fikrlarini jamlashadi va qaysi komanda ko‘proq ma’lumot yig‘adi, shulariga ham e’tibor beramiz. Bu metoddan foydalanishda o‘quvchilar o‘z ustida ishlaydilar, bir-birini eshitadilar, hamda o‘quvchi komandaga bilgan bilimi bilan qanchalik yordam berganini, mas’uliyatni his qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakani puxta o‘zlashtirishga intiladi.
Klаstеrni tuzish qоidаsi:
1. Аqlgа kеlgаn bаrchа fikrni yozish.
2. G’оyaning sifаtini muhоkаmа etmаslik.
3. Оrfоgrаfik vа bоshqа jihаtlаrgа e’tibоr bеrmаslik.
4. Аjrаtilgаn vаqt tugаmаgunchа yozuvni to‘хtаtmаslik.
5. G’оyalаr sоni vа o‘zаrо аlоqаdоrligigа e’tibоr bеrish.
“ Tushunchalar tahlili” metodi o‘quvchidan fikrlashni, o‘ylanishni talab etadi. Bunda ma’lum bir o‘tilgan dars yuzasidan olingan bilimlar jadvalda ko‘rsatilgan so‘zlarga qarab belgilanadi. Masalan, omonimlar,antonimlar, sinonimlar, paronimlar va ko‘p ma’noli so‘zlar o‘tib bo‘lingach, ularga xos so‘zlar qatori beriladi. Bu so‘zlar qaysi mavzuga taalluqli bo‘lsa o‘sh mavzu qatoriga ishora qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |