Ii bob. Leksikologiyani o‘qitishda samarali usullardan foydalanish
Download 196.48 Kb.
|
Pedagogik texnologiya- atamasi ta’lim jarayoniga yangicha, o’ziga xos belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan tizimli yondashuvga asoslanadi. Bu ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuv demakdir. Yangi ta’limni tashkil etishda jahon pedagogikasi amaliyotida qo’llaniladigan ilg’or metod va usullar, texnika vositalari, o’qitishning shakllarini ta’lim jarayoniga har bir o’quvchi shaxsi, ruhiy o’ziga xosligi, intellektual imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olgan holda olib kirish demakdir.
Yangi pedagogik texnologiya o’quvchiga ta’lim jarayonining sub’yektiv ya’ni faol ishtirokchisi, o’qituvchiga esa shu jarayonning tashkilotchisi, boshqaruvchisi sifatida qarashni taqazo etadi. Darsda o’quvchi faol ishlovchi shaxs bo’lib, u butun mashg’ulot jarayonida egallagan bilimlarini xotirada tiklaydi.Uni qisman yangi sharoitlarda qo’llaydi. Aqliy faoliyat usullarini bajarib, ma’lumdan noma’lumga qarab boradi. Yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim olishga qiziqish va ehtiyoj uyg’otish, unga kashf etish lazzatini his ettirish demakdir. Pedagogik texnologiya ta’limda o’quvchilarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq o’zlashtirishga erishish, o’quvchilarning o’z fikrlarini bayon etishiga imkoniyat yaratishdir. Pedagogik texnologiya jarayonida dars o’tishda eng asosiy talab o’quvchining hayotiy tajribasi, avval o’zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko’zda tutadi. Yangi pedagogik texnologiya bo’yicha o’qitishda quyidagilar ta’limning asosiy parametrlari hisoblanadi: 1. Butun o’quv vaziyatni boshqarish ob’yekti sanaladi. 2.Ta’limni boshqarish samarali bo’lib, o’quvchining mohiyati, ma’naviy va ruhiy kuchlarini rivojlantirishni ko’zda tutadi. 3. Ta’lim jarayoni demokratik, rag’batlantiruvchi uslubda bajariladi. 4.Ta’lim jarayonining zaruriy sharti o’quvchining shaxsiy tashabbusini qo’llab-quvvatlash, o’qituvchining shaxsini ochiqligini, ularning hamkorligi, o’zaro ishonchli munosabatlarni yuzaga keltirishdir Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo`layotgan o`zgarishlar kelajakda mamlakatimizning intellektual imkoniyatlarini belgilab beruvchi va uni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblangan ta`lim tizimiga ham bog`liq ekanligini hisobga olish kerak. Shu bilan birga intellektual salohiyatning o`sishi, sifat darajasida rivojlantirish nafaqat ta`lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim takomillashuviga o`z ta`sirini o`tkazibgina qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning barcha sohalarini o`sishiga ham sezilarli darajada ta`sir etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta`limdagi strategik yo`nalishlardan biri ta`lim muassasalarining innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti. Ta`lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta`lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo`shilishini taqazo etmoqda, o`zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko`rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o`zlashtirishdan iborat. Bu holat bugungi kunda o`ta dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, ushbu jarayon (innovatsion jarayon) ta`lim muassasalarini yashash sharti, kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasining aloqalarini ijtimoiy himoyalash sharti bo`lib ham xizmat qiladi. Hayot ta`lim muassasalari oldiga yangi, mumkin bo`lmagandek tuyulgan vazifalarni, ya`ni eskichasiga ishlab turib, aniq yangiliklarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni talab qilib qo`ymoqda. Bugungi kunda ta`lim tizimidagi an`anaviy va ommaviy ko`rinishdagi ta`lim va tarbiya jarayonlari o`rniga ta`lim muassasalari rivojlanishida o`ziga xos yangilik bo`lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma`noni anglatadi. “Innovatsion ta`lim” deganda odatda o`quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta`lim tizimida innovatsiya o`zgartirish bilan bevosita bog`liq. Bunday o`zgartirishlar ta`lim tizimining: maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; pedagogik faoliyatdagi o`ziga xoslik va o`quv-bilish jarayonini tashkil etishga; ta`lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; o`quv-metodik ta`minotiga; tarbiyaviy ishlar tizimiga; o`quv reja va o`quv dasturlariga; o`quvchi va o`qituvchi faoliyatiga bog`liq. Yangilik xillari (tiplar) maktab tizimida turlicha asoslarga ko`ra guruhlanadi: Birinchi klassifikatsiya (guruh) yangiliklarni kiritish, maktab tizimida sodir bo`ladigan pedagogik jarayonga aloqadorligi bilan asoslanadi. Ushbu jarayonni tushunishga tayanib, quyidagi ko`rinishdagi yangilik xillarini ajratish mumkin: ta`lim maqsadi va mazmuniga; pedagogik jarayon metodikasi, vazifalari, usullari, texnologiyalarga; ta`lim va tarbiyani tashkil etish shakllari va vositalari; rahbariyat, pedagog va o`quvchilar faoliyatiga. Ta`lim tizimiga ikkinchi klassifikatsiya (guruh) yangilikni kiritish masshtabi (hajmi) belgisiga asoslanadi. Bu yerda quyidagi o`zgarishlarni ajratish mumkin: bir-birlari bilan bog`liq bo`lmagan lokal va alohida (bir tomonlamalilik); kompleks, o`zaro bir-biri bilan bog`liq; butun maktab tizimini qamrab oluvchi, tizimli. Uchinchi klassifikatsiya (guruh) innovatsion imkoniyatlarga qarab amalga oshiriladi. Bu holatda e`tiborga olinadi: ta`lim dasturlari, o`quv rejalar, tuzilmalarni takomillashtirish, ixtirochilik, ko`rinishlarni o`zgartirish bilan bog`liq ma`lum va qabul qilinganlarni modifikatsiyalash; kombinatorlikka (o`zgartirishlar) xos yangilik kiritish; radikal o`zgartirishlar. Yangilik kiritishning to`rtinchi klassifikatsiyasi (guruh) oldingilariga nisbatan belgilariga asoslanib, guruhlanadi. Bunday yondashuvda yangilik o`rin almashuvchi, bekor qilinuvchi yoki ochib beruvchilarga qarab belgilanadi. Bu holatda maktab tizimda yangilanish manbai sifatida: mamlakat, region, shahar, tumanning ehtiyoji sifatidagi ijtimoiy buyurtmasi; ijtimoiy buyurtmani region va viloyat ahamiyatiga molik qonun va hujjatlarda aks etishi; inson to`g`risidagi kompleks fanga erishish, ilg`or pedagogik tajriba; xato va kamchiliklarni sinashda rahbar va pedagoglarning intuitsiyasi va ijodkorligi; tajriba-sinov ishlari; chet el tajribalari. Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta`lim oldiga muhim va mas`uliyatli vazifalarni qo`ymoqda. 2006-yil iyul oyida Sankt-Peterburg shahrida “Sakkizlik guruhi” tomonidan Sammitda qabul qilingan “XXI asrda innovatsion jamiyat uchun ta`lim” to`g`risidagi hujjat g`oyalarini yiriklashtirishni hisobga olishni va muammoning yechimini talab etadi. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya`ni ishlashidan qat`iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo`lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda. Hozirgi milliy loyihalar saytida “innovatsion ta`lim” iborasi paydo bo`lmoqda va unda aytilishicha, innovatsion ta`lim o`qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa bugungi kunda mavjud “Innovatsion ta`lim texnologiyalari” tushunchasi bilan yangi “innovatsion ta`lim” tushunchalarini bir-biridan ajratishni talab etmoqda. Yuqorida sanab o`tilgan ta`lim texnologiyalari uchun innovatorlar faqat pedagoglar edi va ularning innovatsiyalari o`quvchilarda zaruriy sifatlarni shakllanishiga yo`naltirilgan bo`lib, innovatsion tafakkur va qobiliyatni innovatsion faoliyatiga yo`naltirishga e`tibor qaratilmagan. Bildirilgan fikrlar “innovatsion ta`lim texnologiyalari” va “innovatsion ta`lim” tushunchalarini quyidagi tarzda ajratib, alohida qarab chiqishni talab etadi: innovatsion ta`lim texnologiyalari va dasturlari – bu barcha ta`lim texnologiyalari, yaratuvchi va ularni rivojlantiruvchi pedagog innovatsion faoliyatining natijasi hisoblanadi. innovatsion ta`lim – bu shunday innovatsion ta`lim texnologiyalari va dasturlariki, unda pedagog innovsion faoliyati natijasi bo`lib, o`qitilayotganlar innovatsion g`oyalarini yaratuvchisi (generatsiya) hisoblanadi; ishlab chiqarishning monoinnovatsionligi (mutaxassislar innovatsiyasi) ta`limning monoinnovatsion - (pedagog innovatsiyasi) emasligiga to`g`ri keladi, uning innovatsiyaligi, pedagog innovatsiyaligi, ularning oqibati, o`qitilayotganlarning innovatsiyasidir. Bu o`rinda masalaning dolzarbligi mavjud: “mono”innovatsion ta`lim texnologiyalarini “bi”-innovatsion holatigacha rivojlantirishdan iborat. Bular bir qator chet el o`quvchilari misolida ular tomonidan yaratilgan tajribalar, ixtirolar misolida o`z amaliy isboti bilan tasdiqlangan. Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o`z zimmasiga olmog`i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta`lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta`limning o`rni va darajasini aniqlashga yo`naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta`lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta`lim jarayonini, uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta`lim natijalarining jamiyat hayotiga ko`rsatadigan ta`sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo`la oladi. Demak, shundagina o`quv-tarbiya jarayonini yangi tamoyillar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta`lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta`lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o`quv-metodik majmualar tajriba-sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta`lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta`lim natijasining sifat ko`rsatkichlari, ta`lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta`lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta`limning taraqqiyotiga to`sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo`naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O`tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog`liq tarzda o`quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo`llanmalar, didaktik ishlanmalar yaratilishi va tajriba-sinov jarayoniga taqdim etilishi zarur. Agar o`quv dasturi tajribadan o`tkazilayotgan bo`lsa, kuzatilayotgan ta`lim jarayonini, ya`ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko`rgazmali qurollar, o`quv qo`llanmalari bilan ta`minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e`tibor o`qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo`llaganligiga emas, balki o`quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o`quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi, tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko`lamli tajriba-sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshirilishi kerak. Ta`lim jarayoniga tatbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari xoh ta`lim mazmuni, xoh o`quv dasturi yoki darslik, xoh o`qituvchi faoliyati orqali o`tishidan qat`iy nazar, o`quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o`quvchining boshqa o`quvchilar, dars materiallari hamda o`qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta`minlaydi. Pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o`quvchi shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo`lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat`iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o`tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir. Uchinchi klassifikatsiya (guruh) innovatsion imkoniyatlarga qarab amalga oshiriladi. Bu holatda e`tiborga olinadi: ta`lim dasturlari, o‘quv rejalar, tuzilmalarni takomillashtirish, ixtirochilik, ko‘rinishlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq ma`lum va qabul qilinganlarni modifikatsiyalash; kombinatorlikka (o‘zgartirishlar) xos yangilik kiritish; radikal o‘zgartirishlar. Yangilik kiritishning to‘rtinchi klassifikatsiyasi (guruh) oldingilariga nisbatan belgilariga asoslanib, guruhlanadi. Bunday yondashuvda yangilik o‘rin almashuvchi, bekor qilinuvchi yoki ochib beruvchilarga qarab belgilanadi. Bu holatda maktab tizimda yangilanish manbai sifatida: mamlakat, region, shahar, tumanning ehtiyoji sifatidagi ijtimoiy buyurtmasi; ijtimoiy buyurtmani region va viloyat ahamiyatiga molik qonun va hujjatlarda aks etishi; inson to‘g`risidagi kompleks fanga erishish, ilg‘or pedagogik tajriba; xato va kamchiliklarni sinashda rahbar va pedagoglarning intuitsiyasi va ijodkorligi; tajriba-sinov ishlari; chet el tajribalari. Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta`lim oldiga muhim va mas`uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. 2006-yil iyul oyida Sankt-Peterburg shahrida “Sakkizlik guruhi” tomonidan Sammitda qabul qilingan “XXI asrda innovatsion jamiyat uchun ta`lim” to‘g`risidagi hujjat g`oyalarini yiriklashtirishni hisobga olishni va muammoning yechimini talab etadi. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya`ni ishlashidan qat‘iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo‘lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda. Hozirgi milliy loyihalar saytida “innovatsion ta`lim” iborasi paydo bo‘lmoqda va unda aytilishicha, innovatsion ta`lim o‘qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda Bildirilgan fikrlar “innovatsion ta`lim texnologiyalari” va “innovatsion ta`lim” tushunchalarini quyidagi tarzda ajratib, alohida qarab chiqishni talab etadi: innovatsion ta’lim texnologiyalari va dasturlari – bu barcha ta’lim texnologiyalari, yaratuvchi va ularni rivojlantiruvchi pedagog innovatsion faoliyatining natijasi hisoblanadi. innovatsion ta’lim – bu shunday innovatsion ta`lim texnologiyalari va dasturlariki, unda pedagog innovsion faoliyati natijasi bo‘lib, o‘qitilayotganlar innovatsion g‘oyalarini yaratuvchisi (generatsiya) hisoblanadi; ishlab chiqarishning monoinnovatsionligi (mutaxassislar innovatsiyasi) ta`limning monoinnovatsion - (pedagog innovatsiyasi) emasligiga to‘g‘ri keladi, uning innovatsiyaligi, pedagog innovatsiyaligi, ularning oqibati, o‘qitilayotganlarning innovatsiyasidir. Ta`lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta`lim natijasining sifat ko‘rsatkichlari, ta`lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta`limning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo‘naltirilishi kerak. Ta’lim jarayoniga tadbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari xoh ta`lim mazmuni, xoh o‘quv dasturi yoki darslik, xoh o‘qituvchi faoliyati orqali o‘tishidan qat`iy nazar, o‘quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o‘quvchining boshqa o‘quvchilar, dars materiallari hamda o‘qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta`minlaydi. Pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o‘quvchi shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat`iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o‘tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo‘lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o‘rinda ta`lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta`lim mazmuni insonparvarlikka yo‘naltirilgan gumanistik g‘oya va me`yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.Pedagogik niunosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, e`zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An`anaviy ta’limda o‘qituvchi (pedagog) ta’lim mazmunining subyekti, o‘quvchilar pedagogik jarayonning obyekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta`lim jarayonining ikkita subyekti hamkorlikda o‘quv-tarbiya vazifalarini hal etadi. Ushbu pedagogik texnologiyada ta`lim tizimi markazida barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g`oyasi muhim o‘rin tutadi. Bu g`oya qay darajada amalga oshirilganligi ta`lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining sifatiga berilgan baho asosida aniqlanadi. Maqsadga yetishda qo‘llanadigan usullar tizimi uslub deb ataladi. Usullarni ma`lum bir uslubda qo‘llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad ko‘rsatkichlariga bo‘ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi. Ta’lim uslubi — o‘qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchilar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalarni tizimiga soluvchi pedagogik tadbirdir. O‘qitish uslublari o‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. Uslublar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyga bo‘linadi. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning ta`lim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish — illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo‘llaniladi. Ta`limning og`zaki uslublariga: hikoya, ma‘ruza, suhbat va boshqalar kiradi. Bu uslublarni qo‘llashda o‘qituvchi (pedagog) so‘z vositasida o‘quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, o‘ quvchi esa tinglash, eslab qolish orqali uni faol qabul qiladi. Hikoya uslubida o‘quvchilarga beriladigan ta‘lim mazmunini og‘ zaki bayon qilish ko‘zda tutiladi. Bu uslubni qo‘llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faollashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jumlasidandir. Hikoya samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o‘ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, ko‘rgazmalarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish. Ma`ruza - bilimni so‘z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og`zaki bayon qilishni ko‘zda tutib, o‘z hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi. Ma`ruza davomida beriladigan bilimni og`zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o‘quvchilarning diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlarini faollashtirish, isbotlash, ta`rif berish, bir tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi. Suhbat uslubi atroflicha o‘ylangan savollar yordamida o‘ qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchilar orasidagi suhbatni ko‘zda tutib, u o‘quvchilarning fikrlash tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Suhbat uslubini qo‘llashda savollarni qo‘yish (asosiy, qo‘shimcha, yo‘llovchi va boshqalar), o‘quvchilarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. Ta`limning ko‘rgazmali uslubini shartli ravishda ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: ko‘rgazmali va namoyish qilish uslublari. Ko‘rgazmali uslub o‘quvchilarga namoyish etiladigan qo‘llanmalar, jumladan, xarita, plakat, doskadagi chizma va rasmlar, suratlar va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Namoyish qilish uslubi, odatda, qurilma. asboblar. tajribalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog`liq. Ta’limning ko‘rgazmali uslublarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular so‘z bilan ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg`unlashib ketadi. So‘z va ko‘rgazmalilikning chambarchas bog‘liqligi shundaki, ob’yektiv borliqdagi qonuniyatlar amaliyotda birgalikda qo‘llanishni taqazo etadi. Demak, so‘z va ko‘rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Ta`lim vazifasining o‘ziga xos xususiyati, mavzuning mazmuni, mavjud ko‘rgazmali vositalaming xarakteri, o‘quvchilar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, aniq bir holatda ular oqilona uyg`unlashtiriladi. Download 196.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling