Ii bob. Leksikologiyani o‘qitishda samarali usullardan foydalanish
II bob. Leksikologiyani o ‘qitishda samarali usullardan foydalanish
Download 196.48 Kb.
|
II bob. Leksikologiyani o ‘qitishda samarali usullardan foydalanish
2.1 O‘qitishning an’anaviy va zamonaviy usullari Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar kelajakda mamlakatimizning intellektual imkoniyatlarini belgilab beruvchi va uni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblangan ta`lim tizimiga ham bog‘liq ekanligini hisobga olish kerak. Shu bilan birga intellektual salohiyatning o‘sishi, sifat darajasida rivojlantirish nafaqat ta`lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim takomillashuviga o‘zta‘sirini o‘tkazibgina qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning barcha sohalarini o‘sishiga ham sezilarli darajada ta’sir etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’limdagi strategik yo‘nalishlardan biri ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta`lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog`liq. Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining: maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga; ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; o‘quv-metodik ta`minotiga; tarbiyaviy ishlar tizimiga; o‘quv reja va o‘quv dasturlariga; o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga bog`liq. Yangilik xillari (tiplar) maktab tizimida turlicha asoslarga ko‘ra guruhlanadi: Birinchi klassifikatsiya (guruh) yangiliklarni kiritish, maktab tizimida sodir bo‘ladigan pedagogik jarayonga aloqadorligi bilan asoslanadi. Ushbu jarayonni tushunishga tayanib, quyidagi ko‘rinishdagi yangilik xillarini ajratish mumkin: ta’lim maqsadi va mazmuniga; pedagogik jarayon metodikasi, vazifalari, usullari, texnologiyalarga; ta’lim va tarbiyani tashkil etish shakllari va vositalari; rahbariyat, pedagog va o‘quvchilar faoliyatiga. Ta`lim tizimiga ikkinchi klassifikatsiya (guruh) yangilikni kiritish masshtabi (hajmi) belgisiga asoslanadi. Bu yerda quyidagi o‘zgarishlarni ajratish mumkin: bir-birlari bilan bog`liq bo‘lmagan lokal va alohida (bir tomonlamalilik); kompleks, o‘zaro bir-biri bilan bog`liq; butun maktab tizimini qamrab oluvchi, tizimli. Uchinchi klassifikatsiya (guruh) innovatsion imkoniyatlarga qarab amalga oshiriladi. Bu holatda e`tiborga olinadi: ta`lim dasturlari, o‘quv rejalar, tuzilmalarni takomillashtirish, ixtirochilik, ko‘rinishlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq ma`lum va qabul qilinganlarni modifikatsiyalash; kombinatorlikka (o‘zgartirishlar) xos yangilik kiritish; radikal o‘zgartirishlar. Yangilik kiritishning to‘rtinchi klassifikatsiyasi (guruh) oldingilariga nisbatanbelgilariga asoslanib, guruhlanadi. Bunday yondashuvda yangilik o‘rin almashuvchi, bekor qilinuvchi yoki ochib beruvchilarga qarab belgilanadi. Bu holatda maktab tizimda yangilanish manbai sifatida: mamlakat, region, shahar, tumanning ehtiyoji sifatidagi ijtimoiy buyurtmasi; ijtimoiy buyurtmani region va viloyat ahamiyatiga molik qonun va hujjatlarda aks etishi; inson to‘g`risidagi kompleks fanga erishish, ilg‘or pedagogik tajriba; xato va kamchiliklarni sinashda rahbar va pedagoglarning intuitsiyasi va ijodkorligi; tajriba-sinov ishlari; chet el tajribalari. Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta`lim oldiga muhim va mas`uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. 2006-yil iyul oyida Sankt-Peterburg shahrida “Sakkizlik guruhi” tomonidan Sammitda qabul qilingan “XXI asrda innovatsion jamiyat uchun ta`lim” to‘g`risidagi hujjat g`oyalarini yiriklashtirishni hisobga olishni va muammoning yechimini talab etadi. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya`ni ishlashidan qat‘iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo‘lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda. Hozirgi milliy loyihalar saytida “innovatsion ta`lim” iborasi paydo bo‘lmoqda va unda aytilishicha, innovatsion ta`lim o‘qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda Bildirilgan fikrlar “innovatsion ta`lim texnologiyalari” va “innovatsion ta`lim” tushunchalarini quyidagi tarzda ajratib, alohida qarab chiqishni talab etadi: innovatsion ta’lim texnologiyalari va dasturlari – bu barcha ta’lim texnologiyalari, yaratuvchi va ularni rivojlantiruvchi pedagog innovatsion faoliyatining natijasi hisoblanadi. innovatsion ta’lim – bu shunday innovatsion ta`lim texnologiyalari va dasturlariki, unda pedagog innovsion faoliyati natijasi bo‘lib, o‘qitilayotganlar innovatsion g‘oyalarini yaratuvchisi (generatsiya) hisoblanadi; ishlab chiqarishning monoinnovatsionligi (mutaxassislar innovatsiyasi) ta`limning monoinnovatsion - (pedagog innovatsiyasi) emasligiga to‘g‘ri keladi, uning innovatsiyaligi, pedagog innovatsiyaligi, ularning oqibati, o‘qitilayotganlarning innovatsiyasidir. Ta`lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta`lim natijasining sifat ko‘rsatkichlari, ta`lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta`limning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo‘naltirilishi kerak. Ta’lim jarayoniga tadbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari xoh ta`lim mazmuni, xoh o‘quv dasturi yoki darslik, xoh o‘qituvchi faoliyati orqali o‘tishidan qat`iy nazar, o‘quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o‘quvchining boshqa o‘quvchilar, dars materiallari hamda o‘qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta`minlaydi. Pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o‘quvchi shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat`iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o‘tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo‘lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o‘rinda ta`lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta`lim mazmuni insonparvarlikka yo‘naltirilgan gumanistik g‘oya va me`yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.Pedagogik niunosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, e`zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An`anaviy ta’limda o‘qituvchi (pedagog) ta’lim mazmunining subyekti, o‘quvchilar pedagogik jarayonning obyekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta`lim jarayonining ikkita subyekti hamkorlikda o‘quv-tarbiya vazifalarini hal etadi. Ushbu pedagogik texnologiyada ta`lim tizimi markazida barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g`oyasi muhim o‘rin tutadi. Bu g`oya qay darajada amalga oshirilganligi ta`lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining sifatiga berilgan baho asosida aniqlanadi. Maqsadga yetishda qo‘llanadigan usullar tizimi uslub deb ataladi. Usullarni ma`lum bir uslubda qo‘llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad ko‘rsatkichlariga bo‘ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi. Ta’lim uslubi — o‘qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchilar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalarni tizimiga soluvchi pedagogik tadbirdir. O‘qitish uslublari o‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. Uslublar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyga bo‘linadi. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning ta`lim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish — illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo‘llaniladi. Ta`limning og`zaki uslublariga: hikoya, ma‘ruza, suhbat va boshqalar kiradi. Bu uslublarni qo‘llashda o‘qituvchi (pedagog) so‘z vositasida o‘quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, o‘ quvchi esa tinglash, eslab qolish orqali uni faol qabul qiladi. Hikoya uslubida o‘quvchilarga beriladigan ta‘lim mazmunini og‘ zaki bayon qilish ko‘zda tutiladi. Bu uslubni qo‘llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faollashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jumlasidandir. Hikoya samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o‘ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, ko‘rgazmalarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish. Ma`ruza - bilimni so‘z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og`zaki bayon qilishni ko‘zda tutib, o‘z hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi. Ma`ruza davomida beriladigan bilimni og`zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o‘quvchilarning diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlarini faollashtirish, isbotlash, ta`rif berish, bir tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi. Suhbat uslubi atroflicha o‘ylangan savollar yordamida o‘ qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchilar orasidagi suhbatni ko‘zda tutib, u o‘quvchilarning fikrlash tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Suhbat uslubini qo‘llashda savollarni qo‘yish (asosiy, qo‘shimcha, yo‘llovchi va boshqalar), o‘quvchilarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. Ta`limning ko‘rgazmali uslubini shartli ravishda ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: ko‘rgazmali va namoyish qilish uslublari. Ko‘rgazmali uslub o‘quvchilarga namoyish etiladigan qo‘llanmalar, jumladan, xarita, plakat, doskadagi chizma va rasmlar, suratlar va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Namoyish qilish uslubi, odatda, qurilma. asboblar. tajribalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog`liq. Ta’limning ko‘rgazmali uslublarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular so‘z bilan ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg`unlashib ketadi. So‘z va ko‘rgazmalilikning chambarchas bog‘liqligi shundaki, ob’yektiv borliqdagi qonuniyatlar amaliyotda birgalikda qo‘llanishni taqazo etadi. Demak, so‘z va ko‘rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud.. Suhbat uslubi atroflicha o‘ylangan savollar yordamida o‘qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchilar orasidagi suhbatni ko‘zda tutib, u o‘quvchilarning fikrlash tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Suhbat uslubini qo‘llashda savollarni qo‘yish (asosiy, qo‘shimcha, yo‘llovchi va boshqalar), o‘quvchilarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. Ta`limning ko‘ rgazmali uslubini shartli ravishda ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: ko‘rgazmali va namoyish qilish uslublari. Ko‘rgazmali uslub o‘quvchilarga namoyish etiladigan qo‘llanmalar, jumladan, xarita, plakat, doskadagi chizma va rasmlar, suratlar va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Namoyish qilish uslubi, odatda, qurilma. asboblar. tajribalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog‘liq. Download 196.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling