Ii bob. Leksikologiyani o‘qitishda samarali usullardan foydalanish


Download 196.48 Kb.
bet2/17
Sana17.06.2023
Hajmi196.48 Kb.
#1544807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Uslubiy qo`llanmaning obyekti: Uslubiy qo`llanmaning obyekti leksikologiyani o‘rgatish masalasi, o‘zbek tilining leksik qatlamini to‘laligicha o‘rgatishdan iborat.O‘quvchilar bilan ishlashda mavzudan kelib chiqqan holatda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanish. O‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga undash va hokazo.
Uslubiy qo`llanmaning predmeti: Professional ta’limda ona tili fanini o‘qitishda darslarni to‘g‘ri tashkil etish va olib borishda foydalaniladigan samarali o‘quv-metodik vositalar va interfaol metodlardan unumli qo‘llash va foydalanish.
Mavzuning o‘rganilish darajasi: Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o‘rganayotgan ba’zi o‘qituvchilar, tatqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya - faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan o‘qitishning texnik vositalari, kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik vositalar bilan bog`liq. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o‘qituvchi yoki talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog‘liq. O‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi yoki talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erishsa, o‘quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa bularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlitlik bo‘lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Uslubiy qo`llanmaning maqsadi va vazifalari: Bu uslubiy qo`llanmani yozishdan maqsad leksikologiya bo‘limini o‘qitishda yangi innovatsion metodlardan foydalanib, o‘quvchilar bilimini oshirish va yangi usullardan unumli foydalanishdir. o‘qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo‘lib, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film(yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborat texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bo‘lar. Bularning hammasi o‘qituvchi va talabalarga bog`liq.

Download 196.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling