Ii bob. Leksikologiyani o‘qitishda samarali usullardan foydalanish


Download 196.48 Kb.
bet15/17
Sana17.06.2023
Hajmi196.48 Kb.
#1544807
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
V

+

-

?

Omonimlar













Sinonimlar













Antonimlar













Paronimlar













Ko‘p ma’noli so‘zlar















1.2.Leksikologiyani o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish
Professional ta’limda leksikologiya bo‘limini oqitishga o‘n soat ajratilgan. Bu ajratilgan vaqt davomida o‘quvchilarga ko‘p ma’noli so‘zlar, omonimlar, antonimlar, sinonimlar, paronimlar, eskirgan so‘zlar, yangi so‘zlar, varvar va vulgar so‘zlar, shevaga xos so‘zlar, tasviriy ifoda kabi mavzular o‘tiladi. Bu mavzular o‘quvchilar uchun ancha tanish bo‘lsa-da, ularga bu so‘zlardan nutq jarayonida to‘g‘ri foydalanish,ularnin nutq uslublarining qaysi turida ishlatilishi, uslubiy me’yorga rioya qilish qonuniyatlari o‘rgatiladi. Yuqorida aytib mavzularni o‘tishda “Onta dalil metodini qo‘llash mumkin.
O‘nta dalil” metodi.Bu metodda o‘tilgan mavzu yuzasidan o‘nta ma’lumot keltiriladi.O‘nta ma’lumot topgan o‘quvchi “5” baho, undan keyingisi “4” baho, uchinchi o‘quvchi esa “3” baho bilan baholanadi.Masalan, shunday topshiriq berish mumkin: O‘tilgan mavzuga oid o‘nta so‘z toping; omonimlarga birinchi qatordagi o‘quvchilar o‘nta, ikkinchi qatordagilar antonimlarga,uchinchi qatordagilar esa sinonimlarga so‘z topingdeb topshiriq berish mumkin.Bu metod asosida topilgan so‘zlar yordamida drsimizni kasb bilan bog‘lashimiz mumkin. Masalan: O‘quvchilarga shunday topshiriq berish mumkin: Omonim so‘zlar ichida o‘z kasbimizga tegishlisini toping. O‘quvchi o‘z yo‘nalishiga aloqador so‘zlarni qidiradi. Buni avtomobil yo‘nalishida ko‘rsak, disk, shina, tepki, gaz, ballon, naycha, o‘q kabi omonim so‘zlar; mashina, avtomobil, ulov; piyoda,yo‘lovchi; haydovchi-shofyor; kabi sinonimlar; yoqilg‘i-yonilgi; ballon-balon; bak-bok kabi paronimlar ;passajir – piyoda, uzoq-yaqin, tez-sekin kabi antonimlar o‘quvchilar tomonidan topiladi va bu so‘zlar o‘qituvchi yordamida izohlanadi. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va kasbga oid so‘zlaning ma’nolarini boshqa so‘zlar bilan qiyoslab o‘rganish mavzuni tushunarli va qiziqarli o‘tishiga yordam beradi.
Musobaqa” metodi. Bu metod eng ko‘p qo‘llanadigan samarali metodlardan biridir Musobaqa yakka tartibda bo‘lishi mumkin, kichik guruhlar o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin, qatorlar o‘rtasida, sinflar o‘rtasida bo‘lishi mumkin. Dars davomida ko‘proq kichik guruhlar, qatorlar va yakka tartibdagi musobaqalar ko‘proq o‘tkaziladi.Bunda o‘quvchilarga o‘tilgan mavzu yuzasidan yoki yangi mavzu yuzasidan turli topshiriqlar berish va oldin bajargan o‘quvchi yoki guruh rag‘batlantirilishi mumkin. Bu metodda o‘quvchilarga omonimlar qatnashgan gaplar berilishi va omonimlar ma’nosini izohlash talab qilinishi mumkin. Tasviriy ifodalarga eng ko‘p misol topish, berilgan she’riy parchadagi sinonimlarni toping degan topshiriqlar berish mumkin.
Kim chaqqon” metodi. Bu metod ham juda samarali va qiziqarli metodlardan bo‘lib, unda uch o‘quvchi doskada ishlaydi. O‘quvchilarga quyidagi topshiriqlar beriladi: birinchi o‘quvchi ko‘p ma’noli so‘zlarga , ikkinchi o‘quvchi omonim so‘zlarga, uchinchi o‘quvchi, antonim so‘zlarga misol yozadi.Ular uchun vaqt belgilanadi va ko‘p yozgan o‘quvchi baholanadi.
So‘zlar zanjiri metodi. Bu metodni ona tili darslarida so‘z turkumlaridan atoqli otlar, joy nomlari, so‘z turkumlari, maqollar,iboralar, tasviriy ifodalar kabi mavzularni o‘tishda unumli foydalanish mumkin. Bunda bir so‘z aytiladi va uning oxirgi harfi bilan boshlanuvchi so‘z aytish bilan davom ettiriladi.So‘z zanjirini uzgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Oxiri qolgan uch o‘quvchi baholanadi.
Ortiqchasini top” metodi. Ushbu metod o‘quvchilarni o‘ylanishga,fikrlashga undaydi, topqirlik salohiyatini oshiradi. Bunda mavzuga oid so‘zlar biror ibratli fikr orasiga yashiriladi. Masalan, “Do‘st boshga kulfat kelganda sinaladi”. Gapdagi so‘z bo‘g‘inlari orasiga ot so‘z turkumiga oid so‘zlar kiritiladi.

Download 196.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling