Ii. Bob. Maktab amaliyotchi psixologining kasb hunarga yo’naltirish ishlari


“KASBIY MASLAHAT” O’YINI (SINF BILAN BIRGALIKDA BAJARILADI)


Download 332 Kb.
bet2/3
Sana10.03.2023
Hajmi332 Kb.
#1258001
1   2   3
Bog'liq
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika faku

“KASBIY MASLAHAT” O’YINI (SINF BILAN BIRGALIKDA BAJARILADI)
O’yin sinf bilan birgalikda amalga oshirishga mo’ljallargan. Buning uchun o’quvchilar “Inson. Mehnat. Kasb”ga doir kursni tinglashlari lozim. O’yin 40-45 daqiqaga mo’ljallangan. O’yin birn necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki tayyorlov bosqichi quyidagicha tashkil etiladi:
1O’yindan oldin ”Inson.Mehnat. Kasb” mavzusida suhbat o’tkaziladi.
2. O’yindan oldin sinf o’quvchilari bilan kelishgan holda yoki anonim tarzda “Menning bo’lg’usi kasbim” yoki “Mening kasbiy rejam” mavzusida yozma ish tayyorlanib, so’ngra sinfda muhokama qilinadi. Kasbiy rejaning har bir jihati 5 balli shkalada baholanadi va muhokama qilinadi.
3. Imkoni topilsa boshqa maktab o’quvchilari bilan anonim xatlar almashinuvini tashkil etish mumkin. Xatda familiyaning bosh harfi va imzo qo’yiladi. Xatda o’quvchilar o’zlarining kasb tanlashi bilan bog’liq muammolari, shaxsiy rejalari va o’zlari haqida ma’lumot beradilar. Javob xatida esa ular bir-birlariga maslahatlar berishi lozim. Tayyorlov bosqichini amalga oshirishda psixolog o’zining kasbiy etikaviy tamoyillari va qoidalariga alohida e’tibor qaratishi kerak. Bu ishni bajarish tartibi o’quvchilarning xohish-ixtiyoriga ko’ra amalga oshirishni talab etadi.
O’yinni amalga oshirish tartibi
 1-bosqich. Boshlovchi o’quvchilarni o’yinning shartlari bilan tanishtiradi:
Yo’riqnoma: "Hozir biz bir-birimizga kasb tanlashga yordam berishni o’rganamiz. Hamma juft-juft bo’lib o’tirib oladi (odatda sinfda o’quvchilar juft bo’lib o’tiradilar). Sizlardan biringiz kasb yuzasidan maslahat beruvchi mutaxassis (profkonsultant) bo’lasiz. Boshqa biringiz esa o’quvchi rolini bajaradi. Mashg’ulotni yarmi o’tgach sizlar rollaringizni almashasizlar".
 2-bosqich . Boshlovchi hamma o’quvchilardan qog’oz olib, unga imzo qo’yishlarini va o’yin bayonnomasini tayyorlashlarini taklif etadi. Har bir o’yinning o’ziga xos bayonnomasi bo’lishi mumkin
A. O’yinning birinchi ko’rinishdagi bayonnomasi

Men maslahat beraman /o’quvchining F.I.SH. va boshqa jihatlari ko’rsatiladi /

Men - o’quvchi

O’quvchining muammosiya:
Mening tavsiyalarim :
O’quvchining tavsiyalarimga munosabati:

Mening kasb tanlash bilan bog’oiq muammolarim
Maslahatchining tavsiyalariga munosabatim:

Har bir o’quvchi shu tarzda bayonnoma tuzib, “Men-o’quvchiman” ustunida rolini, kasb tanlash bilan bog’liq muammosini yozib qo’yadi. So’ngra o’yin boshlanadi. Maslahatchi o’zining varag’ida “Men maslahatchiman”, o’quvchi esa “Men-o’quvchiman” ustuniga o’z faoliyatini yozib boradi. Natijalar suhbatning oxirida va ishtirokchilar bir-biriga ko’rsatmasdan qayd etadilar.

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling