Masalaning qo’yilishi. Kompyuterda «Tajriba sinov ma’lumotlar» ni qayta ishlash va ulardan amaliy xulosalar hosil qilish uchun «Ehtimollar nazariyasi va statistika» va «Tizimli tahlil» usullaridan keng foydalaniladi. Kurs ishda ushbu usullarda qo’llaniladigan matematik amallarni dasturiy vositasini yaratish va undan amalda foydalanish jarayonini Maple tizimi yordamida ko’rsatiladi.
Ishning maqsadi. Kursishida «Ehtimollar nazariyasi va statistika» va «Tizimli tahlil» usullarida qo’llaniladigan: Ommaviy hodisalar ma’lumotlarini statistik qayta ishlash hamda natijalarni turli ko’rinishda aks ettirish, Statistik analiz masalalarida gipotezalar ishonchliligini tekshirish, dinamik qatorlar tahlili, ma’lumotlarni regression tahlil qilish elementlari uchun dasturiy vosita yaratish va ularni qo’llanilishiga doir tipik masalalarni yechib ko’rsatish hamda yechish jarayonini namoyish qiladigan elektron kurs yaratishdan iborat.
Mavzunig dolzarbligi. Kompyuter algebrasi injener uchun juda kuchli va foydali qurol bo’lib shakllandi. Maple paketi ushbu talablarga javob beradi. Maple paketi ommalashishida faqatgina matematik masalalarni yechish emas, aniq fanlarning metodika va metodologiyasini o’qitishda va turli tipdagi matematik masalalarni yechish uchun ShKdan foydalaniladi.
Mazkur kurs ishida, Maple matematik paketidan foydalanib, amaliy masalalardagi ma’lumotlarni statistik qayta ishlash hamda natijalarni turli ko’rinishda aks ettirish vositalari va dasturiy ta’minoti keltirilgan. Maple paketi muhitida dasturlash yetarlicha foydali hisoblanadi, shuning uchun asosiy funksiya va proseduralar to’plami amaliy va ko’rgazmali ma’lumotlar sifatida ushbu ishda taqdim qilingan. Paket orqali Statistik masalalarni modellashtirish va yechish jarayoni qiziqarli misollar yordamida tasvirlangan. Maple paketini har bir turdagi masalani yechishga qo’llanilishi ketma-ket tarzda keltirilgan, ya’ni masalani yechish quyidagicha tavsiflangan: hisoblash formulasi, analitik va sonli yechimi, shuningdek, natijaning grafik diagramma va gistogramma ko’rinishdagi ifodasi keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |