Ii bob. Mashina detallari yuzalariga ishlov berish sifati


Qo‘zg‘almas birikmalarni sifati


Download 369.57 Kb.
bet4/6
Sana01.04.2023
Hajmi369.57 Kb.
#1317304
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ишлов бериш сифати

Qo‘zg‘almas birikmalarni sifati. Bu birikmalar sifatli ishlashi va yemirilishga chidamli bo‘lishi uchun ularning detallarini yuzalari yuqori tozalikka ega bo‘lishi kerak.
Detalning mustahkamligi. Yuzaning sifati detalning mustahkamligini bevosita belgilovchi omil. Yuza g‘adir-budirligi kichik bo‘lsa materiallarni toliqish mustahkamligini oshiradi va mikroyoriqchalar hosil bo‘lish jarayonini susaytiradi. Qoldiq kuchlanishlarning ta’sirini kamaytiradi.
Korroziyaga qarshilik. Detallarda korroziya turli gazlar, suyuqliklar va atmosfera ta’sirida sodir bo‘ladi. Detal yuzasi qancha g‘adir-budir bo‘lsa shu oraliqlarga yuqoridagi jinslar ko‘p miqdorda kirib olib, korroziyani tezlashtiradi.
Bundan tashqari, yuza sifati detalning boshqa xususiyatlarini ham belgilaydi. Masalan, tozalik, dekorativ ko‘rinish, birikmalarni mustahkam hosil qilish, o‘lchov asboblarini aniq ishlashini ta’minlash va shu kabilar.


Yuza g‘adir-budirligini belgilovchi ko‘rsatkichlar.
Mexanik ishlov berish natijasida hosil bo‘lgan g‘adir-budirlk deganda nisbatan kichik qadamlarda takrorlanuvchi va yuza rel’efini hosil qiluvchi notekisliklar yig‘indisi tushuniladi. Bu g‘adir-budirlik bazaviy uzunlik doirasida baholanib, uzunliknngi kattaligi yuzani turiga bog‘liq bo‘ladi. Bazaviy uzunlik S ning kattaligi 0,01 dan 25 mm gacha bo‘ladi. Texnologik mashina va jihozlarning detallarining yuzalarini g‘adir-budirligini o‘rganish uchun amaliyotda ikkita ko‘rsatkich “Ra” va “Rz” yetarli deb hisoblanadi. Ra- yuza profilining o‘rtacha arifmetik og‘ishi bo‘lib, og‘ishlar “h” ning absolyut miqdorini o‘rtacha arifmetik qiymatiga teng va bazaviy uzunlik chegarasida o‘lchanadi (1.5-rasm).


1.5-rasm. Yuza rel’efining tuzilishi.
Rz- o‘nta nuqta bo‘yicha notekisliklar bo‘lib, bu bazaviy uzunlik doirasida o‘lchanayotgan profilni beshta eng baland va beshta eng past nuqtalarini (H) o‘rtasidagi masofa hisoblanadi.

“Rmax”- bu notekislikning eng baland nuqtasi. Yuza g‘adir-budirligining boshqa ko‘rsatkichlari GOST 2789-73 keltirilgan.
Mashina detallari yuzalariga g‘adir–budirlik parametrlarini tayinlash bilan konstruktor mashinalar va ularning detallarini sifatli tayyorlashga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Rossiya standarti bo‘yicha g‘adir–budirlikning oltita parametri taklif etilgan.
G‘alir-budirlikka ta’sir qiluvchi faktorlarga: V–kesish tezligi, Ssurish va keskichning –oldingi va –orqa burchaklari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.




Download 369.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling