Ii bob. Mashina detallari yuzalariga ishlov berish sifati


Download 369.57 Kb.
bet1/6
Sana01.04.2023
Hajmi369.57 Kb.
#1317304
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ишлов бериш сифати


II BOB. MASHINA DETALLARI YUZALARIGA ISHLOV BERISH SIFATI.
2.1. Detal yuzasining sifati to‘g‘risida tushuncha.
Mexanik ishlov berilgan detal yuzasining sifati quyidagi asosiy ikki xususiyati bilan xarakterlanadi:
a) mexanik ishlov berilgan metall sirtining fizik-mexanik xususiyatlari;
b) yuzaning g‘adir-budirlik darajasi (boshqacha qilib aytganda yuzaning tozaligi yoki tekisligi).
Detalning sirt qatlamini fizik-mexanik xususiyatlari mexanik ishlov berish usullari va metallning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Mexanik ishlov berish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik va kuchlar ta’sirida metallning sirt yuzasini xususiyatlari o‘zgaradi, ya’ni uning qattiqligi ortadi, qoldiq kuchlanishlar paydo bo‘ladi, zichlanish-“naklyop” hodisasi sodir bo‘ladi, bularning barchasi plastik deformasiya asosida vujudga keladi. Zishlanish darjasi va qoldiq kuchlanishlar kattaligi plastik deformasiyani qanchalik chuqurlikka ta’sir etishiga bog‘liq. Bu holat o‘z navbatida kesish ma’romlariga bog‘liq bo‘ladi. Geometrik nuqtai nazardan ishlov berilgan yuza quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
a) yuzaning makrogeometriyasi hosil bo‘lib, u to‘g‘ri geometrik shakldan og‘ish bilan ifodalanadi (ovallilik, konussimonlik, bochkasimonlik va shu kabilar);
b) yuzaning to‘lqinsimonligi bu davriy ravishda takrorlanuvchi taxminan bir xil to‘lqinsimon og‘ishlar;
v) yuzaning mikrogeometriyasi yoki yuzaning g‘adir-budirligi.
Yuzaning mikrogeometriyasi uning tozaligini ifodalaydi. Yuza to‘lqinsimon va bir vaqtda g‘adir-budir bo‘lishi mumkin. 1.1-rasmda turli xil yuzalar keltirilgan.
Yuzaning sifati quyidagi asosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi:
a) ishlov berilayotgan materialning turi va xususiyati;
b) ishlov berish usuli (yo‘nish, randalash, jilvirlash);
v) materialni kesib ishlash rejimlari (kesish tezligi, kesish chuqurligi, uzatishlar (surishlar) qiymati);
g) texnologik ishlov berish tizimining bikrligi;
d) kesuvchi asbobning geometrik parametrlari;
ye) kesuvchi asbob materiali;
j) kesish jarayonida sovutish-moylash suyuqliklarini qo‘llash.
1.1-rasmda yuzalarning turlari ko‘rsatilgan:
1- to‘lqinsimon va g‘adir-budir; 2- to‘lqinsimon va toza; 3 – tekis va g‘adir-budir; 4 - tekis va toza.


Download 369.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling