Ii bob. Mashina detallari yuzalariga ishlov berish sifati
-rasm. G‘adir-budirlikni chizmalarda belgilanishi
Download 369.57 Kb.
|
ишлов бериш сифати
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Mashina detallari yuzalari sifatining ahamiyati.
1.4-rasm. G‘adir-budirlikni chizmalarda belgilanishi.
G‘adir–budirlik detallarning chizmalarida konstruktor tomonidan o‘rnatilishi bizga ma’lum. G’adir–budirlikning strukturaviy tuzilishi, shartli belgilari va belgilanishi 1.4–rasmda ko‘rsatilgan. 1.4, a –rasmda 1–tokchada ma’lum tartibda g’adir–budirlik parametrlari ko‘rsatiladi (sonli belgilash misoli 1.4, b–rasmda ko‘rsatilgan), 2–tokchaga zarurat tug‘ilgan hollarda ishlov berishning ko‘rinishi va boshqa qo‘shimcha berilganlar, 3–tokchaga standartdan olingan baza uzunligi, 4–tokchaga - ishlov berishdagi shtrixlar yo‘nalishini shartli belgilari yoziladi. t50 80 belgi (1.4,b–rasmga qarang) profil kesimi darajasi r = 50% bo‘lganda nisbiy tayanch uzunligi 80% kabi talqin etiladi. 1.4–rasmdagi d, e, f, va g belgilashlarni ko‘rib chiqamiz: Sirt g‘adir–budirligini belgilashda, bu konstruktor tomonidan o‘rnatilmagan bo‘lsa d– belgi qabul qilinadi. Sirt g‘adir–budirligini belgilashda, u, material qatlamini olib tashlash bilan hosil bo’lsa; yo’nish, frezalash, parmalash, jilvirlash, silliqlash, kimiyoviy va shunga o’xshash, e–belgi qo‘llaniladi. Sirt g‘adir–budirligini belgilashda, u, material qatlamini olib tashlamasdan, masalan quyish, bolg‘alash, hajmiy shtamplash, prokatlash, cho‘zish va shunga o‘xshash usullar bilan hosil qilinsa f–belgi qabul qilinadi. g–da yuqorida keltirilgan sirt g‘adir-budirligi shartli belgilarining chizmalarda o‘rnatish misoli keltirilgan: 1–chizmada ko‘rsatilgan 3 ta sirtdan qolgan hamma sirtlar Rz = 40 mkm ni ta’minlagan holda ishlanadi; 2–chizmada barcha sirtlar Rz = 40 mkm da ishlov beriladi; 3–chizma bo‘yicha detal chizmasida ko‘rsatilgan uchta belgisi bor sirtdan tashqari bo‘ladi. 2.1. Mashina detallari yuzalari sifatining ahamiyati. Detal yuzasining sifati uni ishlash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, detalning yemirilishga chidamliligi uning yuzasini sifatiga bog‘liq. Sifat o‘z navbatida makrogeometriya, to‘lqinsimonlik va g‘adir-budirlik bilan xarakterlanadi. Agarda detal yuzasi makronotekis va to‘lqinsimon bo‘lsa, yemirilish ham notekis bo‘ladi. Bunday hollarda avval ko‘tarilib chiqqan yuzachalar yemiriladi. Agarda yuza g‘adir-budirligi katta bo‘lsa, yuqoridagi jarayon yanada intensivlashadi. Download 369.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling