Ii bob. Mashina detallari yuzalariga ishlov berish sifati
-rasm. Detal yuzalarining me’yordan og‘ishlari turlari
Download 369.57 Kb.
|
ишлов бериш сифати
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.7-rasm. Qirqish tezligini yuza g‘adir-budirligiga ta’siri.
- 1.8-rasm. Keskich burchaklarining g‘adir-budirlikka ta’siri.
1.6-rasm. Detal yuzalarining me’yordan og‘ishlari turlari.
Zagotovkalar va mashina detallari yuzalari sifatiga zagotovkani olish usuli ham ta’sir qiladi. Zagotovkani olsh usuli yuzaning g’adir-budirligini xarakterlaydi, masalan, quyuv “po‘stlog‘i”, po‘lat zagotovkalardagi uglerodsizlantirilgan zona va boshqalar. Shuningdek, yuzaning g’adir-budirligi tanlangan ishlov berish usuliga ham bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ishlov berish yo‘nalaishiga va yuzaning o‘lchamiga. Qirqish rejimlari yuzada g‘adir-budirlikni hosil bo‘lishiga ta’sir qiladi. Qirqish tezligi 20 m/minda 40 m/min/gacha bo’lganida, tig’li asbob cho‘qqisiga qirindi yopishib qolishi sababli, yuzaning g‘adir-budirligi eng katta bo‘ladi (18.7-rasm). 1.7-rasm. Qirqish tezligini yuza g‘adir-budirligiga ta’siri. Kesish tezligi 60-70 m/mingacha ortganida, tig‘ning cho‘qqisiga yopishib qolgan qirindi tushib ketadi va g‘adir-budirlik kamayadi. Burchagi = 45º ga teng bo‘lgan standart keskich bilan zagotovkaga ishlov berishda surish (uzatish) qiymati ham g‘adir-budirlikka ta’sir ko‘rsatadi. Keng qirquvchi qirrali keskich bilan kesishda surish qiymati g‘adir-budirlikka deyarli ta’sir qilmaydi. “Dastgoh-moslama-asbob-detal” tizimi etarli darajada bikr bo‘lsa, kesish chuqurligi g‘adir-budirlikning ortishiga deyarli ta’sir qilmaydi. 1.8-rasm. Keskich burchaklarining g‘adir-budirlikka ta’siri. 1- = 45º burchakka ega standart keskich bilan qirqish; 2-keng qirquvchi qirrali keskich bilan yo‘nish; 3-parmalash va zenkerlash; Shuningdek, yuzaning g’adir-budirligiga materialning fizik-mexanik xossalari ham ta’sir ko’rsatadi. Kam uglerodli po‘latlarga ishlov berishda yuqori uglerodli po‘latga nisbatan g‘adir-budirlik ko‘proq bo‘ladi. Tarkibiga oltingugurt yoki qo‘rg‘oshin qo‘shilgan po‘latlarga ishlov berishda g‘adir-budirlik kamroq bo‘ladi. Tarkibi mayda donachali po‘latlarga ishlov berishda yirik donachali po‘latlarga nisbatan g‘adir-budirlik kamroq bo‘ladi. Covutish-moylash suyuqliklari qo‘llanganida yuzaning g‘adir-budirligi 30-40 foizga kamayadi hamda qirquvchi asbobning o‘lchamli yeyilishi kamayadi. “Dastgoh-moslama-asbob-detal” tizimining bikrligi hamda zagotovkani dastgoh patroniga o‘rnatish va mahkamlash usuli g‘adir-budirlikning ortishiga ta’sir qiladi. Zagotovka patronga konsol usulida o‘rnatilganida, zagotovkaning bo‘sh uchida g‘adir-budirlik ortadi. Zagotovkani markazlarda qisib ishlov berishda g‘adir-budirlikning qiymati zagotovkaning o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi. 1.9-rasmda val uzunligini uning diametriga har xil nisbatlarida va mahkamlash usullarida g‘adir-budirlikning Rzmin dan Rzmax gacha o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Download 369.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling